Shajarai turk


II BOB. «Shajarai turk» asarining yaratilishi va unda



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
II BOB. «Shajarai turk» asarining yaratilishi va unda
aks ettirilgan tarixiy voqealar 
2.1
 
«Shajarai turk» asari, uning yozilish tarixi, 
o’rganilishi 
Abulg’ozixonning ikkinchi – yirik asari «Shajarayi turk» nomi bilan 
mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-1664 yillarda yozilgan. Asar 
Xorazm tarixining XVI-XVII asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy siyosiy tarixini 
bayon etishda nodir manbadir
57
. Abulg’ozi kelgusi avlodlarga tuhfa qilib 
qoldirajak asarini yaratishga kirishar ekan, uydirma va soxtaliklarga yo’l 
qo’ymaslikka, tarixdan chetga chiqmaslikka harakat qiladi. Abulg’ozi 
Bahodirxon mazkur asarni bitishda forsiy va turkiy tillarda yozilgan o’n 
sakkizta manbaga tayanadi. Bu haqda uning o’zi shunday deydi: «Eron birlan 
Turonda o’tgan Chingizxon o’g’illarining otlarini aytilgan tarixlardan ushbu 
zamon faqirning oldinda o’n sakkiz mujollik hozir turar». Abulg’ozi o’z ona 
tilini yaxshi bilganidek fors-tojik, shunishdek, mo’g’ul tillarini ham puxta 
egallagan edi. U o’z asarlarini ona tilida yozgan. Abulg’ozi Bahodirxon: «Bu 
tarixni yaxshi va yomon barchalari bilsin deb, turk tili bilan aytdim. Bir 
kalima chig’atoy turkiydan, forsiydan va arabiydan qo’shmayman, ravshan 
bo’lsin deb, turkiyni ham andoq aytibmanki, besh yashar o’g’lon tushunur»,— 
deb yozadi. 
Abulg’ozining asarlari Sharq tarixchi va olimlarinigina emas, balki rus va 
57
Абулғозийнинг ушбу асаридан 11 нусхаси Тошкентда (Ўз ФА ШИ) ва олтита нусхаси Санкт-Петербургда 
сақланади. Қаралсин: СВР. История. – С. 154-155; Ахмедов Б. Историко-географическая литература. – С. 
72-78; Шу муаллиф.Тарихдан сабоқлар. – Б. 217-223; Дмитриева Л.В., Мугинов А.М., Муратов С.Н. 
Описание тюркских рукописей Инстиута Народов Азии. I. История. – С. 93-94; Яна қаранг: Лекции И.Н. 
Березина, записанные студентом В. Игнатьевым в 1866 г., 4-я лекция. / Архив востоковедов ЛО ИНА АН 
СССР, разряд III, опись 1. – № 31. В «Ученых записках ИВ АН СССР». VI, 1953. – C. 41 ва кейингилари 
(№29); 
Яна 
асрнинг 
бошқа 
нусхалари 
ҳақида 
қаранг: 
PertschW. 
DieHandschriften-
VerzaeichnissederköniglichenBibliothekzuBerlin.Bd.VI. Verzeichniss der türkischen Handschriften, Berlin. 1889. 
B. 228. №204; Rieu Ch. Catalogue of rhe Turkish Manuscripts in the British Muzeum. London. 1888. 282a; Blochet 
E. Catalogue des manuscrits turcs de la bibliothèque Nationale de Paris. T. I. Paris. 1932. 232. №141; 
Таржималари: Desmaisons P. Aboul-Ghâzi Bèhâdour-Khan. Histoire de Mogols et de Tatares..., St.-Pbg. I, 1871 
(матни). II. 1874 (таржима); Абулгази. Шаджарайи турк. Перевод Тредъяковского. (Казань) 1770; 
Родословное древо тюрков. Сочинение Абуль-Гази хана хивинского. Перевод и предисловие Г.С. 
Саблукова. Казань, 1906. Ўзбек тилидаги нашрлари: 


27 
boshqa chet el olimlarining ham diqqat etiborini o’ziga torta boshladi. 
Jumladan, rus tarixiy adabiyotlarida xorijiy tillardan tarjima qilingan 
asarlar qatoriga 1770-yildan «Shajarayi turk» asari ham qo’shildi.
Muallifning «Shajarai turk» asari 1825-yilda Qozonda Rumyansev, 1854-
yilda G.S.Sablukov, 1871-yilda P.I.Demizonlar tomonidan, «Shajarai 
tarokima» asari esa 1898 va 1966-yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr 
etildi. «Shajarayi turk»ning rus tiliga tarjimasi Rossiya oliy o’quv zortlarida 
Sharq xalqlari tarixi va tilini o’qitish ishiga ham ijobiy ta’sir etdi. Masalan, 
Qozon Davlat dorilfununining professori I.N.Berezin turkiy xalqlar tarixini 
o’qitishda Abulg’ozining asarlariga ham tayangan: «Turk xrestomatiyasi» 
nomli kitobi va dorilfunun talabalariga o’qigan ma’ruzalarida «Shajarayi 
turk» tayanch manbai bo’lib xizmat qilganligini olimning o’zi ta’kidlaydi. 
Abulg’ozining «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk" asarlariga ular 
xususida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan Munis va Ogahiyning
«Firdavs-ul-iqbol»
58
asarida S.P.Tolstov «Qadimgi Xorazm madaniyatini 
izlab»
59
nomli kitobida, Ya.G’.G’ulomov «Xorazmning sug’orilish tarixi»
60

Bayoniy esa «Shajarai Xorazmshohiy» kitobida nihoyatda yaxshi fikrlar 
bildirganlar. Shuningdek, P.P.Ivanov va A.K.Borovkovlar «XVI-XIX asrlar 
turkman tarixining manbalari haqida mulohazalar» nomli asarida, B.V.Lunin 
«O’rta Osiyo tarixidan ocherklar»
61
risolasida, M.I.Yo’ldoshev «Xiva 
xonligida yer egaligi va davlat tuzilishi»
62
asarida, B. V. Bartold «Madaniy 
hayot tarixi», Q.Munirov «Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari»
63

B.A.Ahmedov «Ko’chmanchi o’zbeklar davlati»
64
kabi asarlarida ham 
Abulg’ozi Bahodirxonning ijodiga yuqori baho berganlar. 
G’arbiy Yevropada esa asar nemis, ingliz, fransuz tillarida, hatto 
Amerikada ham tarjima qilinib nashr ettirildi. Yevropa bu asar bilan o’tgan 
58
Шермуҳаммад Мунис. Муҳаммадризо Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол. Т.:2010. – 382б. 
59
С.П.Толстов. Қадимги Хоразм маданиятини излаб. Т.:1964. -437б. 
60
Я.Ғ.Ғуломов. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т.:1959. -323б. 
61
Лунин Б.В. Очерки по истории Срадней Азии. 
М.: 1958.
62
Йўлдошев М.И. Хива хонлигида ер эгалиги ва давлат тузилиши. 
63
Муниров Қ. Мунис, Огаҳий ва Баѐнийнинг тарихий асарлари. Т.: ЎзФА нашр., 1960. 
64
Аҳмедов Б. Кўчманчи ўзбеклар давлати. 


28 
asrning ikkinchi choragida tanishdi. Poltav yaqinidagi g’alabadan so’ng Sibirga 
jo’natilgan shved ofiserlari Tobolskda Abulg’ozixonning qo’lyozmasi va uning 
mundarijasi bilan tanishgach bu asar tarjimasi ustida ishlay boshladilar. Bu ilmiy 
tadqiqotning asosiy tashabbuskori Filipp Ioann Tabbert Shtralenberg edi. Rus tilini 
yaxshi bilgan buxorolik oxund Abulg’ozixon asarining tarjimasini rus 
yozuvchisiga bayon qilgan. O’z navbatida shved Shenstrem rus tilidagi tarjimadan 
foydalanib asarni nemis tiligf tarjima qilishga muvaffaq bo’ladi. Bu tarjima 1780-
yilda ―Abulgasi Bahadur Chan’S Geschlecht buchder Mungalischen Chanen, 
auseiner turkischen Handschrift udersetzt von Dr.D.G.Messerschmid, 1780‖
Messershmidt tahriri ostida chop etilgan. Asar nemis tiliga tarjima qilinishidan 
oldin fransuz tilida 1726-yil Bryusselda «Histoire genealogique des Tatars, traduite 
du manuscript tartare d’Abulgasi – Bahadur – Chan, et enrichie d’un grand nombre 
de remarques et tres curieusus sur le veritable estat present de l’Asie 
septentrionale, aves cartes geographiques necessaries. ParD.» nomi ostida nashr 
qilingan. Bu nashrga Bendik tomonidan izoh qilingan. Ushbu fransuz tilidagi 
tarjima o’z navbatida asarning ingliz tilidagi tarjimasi (1780) uchun ham asos 
bo’lib xizmat qildi. Rus olimi Trediakovskiy asarni fransuz tilidan rus tiliga 
«Родословная история о татарах, переведенная на французкий язык с 
рукописныя татарской книги, сочинения Абулгачи-Баядур-Хана… а с 
французкого на Российской в Академии наук» (1770) nomi bilan ikki tomda
nashr qildiriladi. 
Rus olimi G.Sablukovning qayd etishicha, asarning barcha tarjimalarini ham
ishonchli deb bo’lmaydi. Chunki ularning hech biri biror bir tarixiy muammoni 
aniq yoritib bera olmaydi. Abulg’ozixon asarining tilini bilgan olimlar ham 
bilmaganlari ham asarni qoniqarliroq tarjima qilishga harakat qilganlar. Asar 
matnidagi iboralarning aniqroq tushuntirilishi hamda tarixiy bilimlarning manbalar 
asosida to’ldirilish maqsadidan kansler graf N.P.Rumyansev Abulg’ozixon 


29 
asarining nashri uchun mablag’ ajratdi va asar Qozon universiteti tipografiyasida
chop etildi
65

Vengriya fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, mashhur sharqshunos 
olim G.Vamberi 1863 yilda Tehrondan chiqib Kaspiy dengizining sharqiy 
qirg’og’i bo’ylab sayohat qiladi. Ana shu sayohat davomida Abulg’ozining 
«Shajarai turk» kitobini qo’lga kiritadi va u bilan mukammal tanishadi. 
Kitob sharqshunos olimga kuchli ta’sir etadi. Shu boisdan ham u «Shajarai 
turk» asariga yuksak baho bergan edi. «O’rta Osiyo bo’ylab sayohat» 
(1865) nomli kitobida Abulg’ozining ijodi bilan 1870 yillardan boshlab 
qiziqib kelgan P.N.Demezon 1871-1874 yillar orasida «Shajarai turk»ni 
fransuz tiliga tarjima qiladi. «Shajarai turk» tarjimasi unga katta shuhrat 
keltiradi. 
Yuqoridagilardan 
shunday 
xulosa 
chiqarish 
mumkinki, 
Abulg’ozixonning «Shajarai turk» asari o’tmishda Sharq tarixchilari, rus va 
G’arbiy Yevropa sharqshunoslarining e’tiboriga sazovor bo’lgan noyob 
asarlardan bo’lib kelgan. U qariyb uch asrdan buyon turkiy xalqlar tarixi 
bo’yicha qimmatli manba sifatida o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
«Shajarai tarokima» va «Shajarai turk» asarlarining tarixshunoslik fanida 
tutgan o’rni va ahamiyati haqida bir qator ilmiy tekshirish ishlari olib 
borildi. 1938 yilda yaratilgan «XVI—XIX asrlar turkman tarixining 
manbalari haqida munozaralar» hamda 1958-yilda nashr etilgan «O’rta 
Osiyo tarixidan ocherklar» nomli kitoblar Abulg’ozining tarixchilik 
faoliyati to’g’risida ham bahs yuritgan asarlardandir. «Abulg’ozining 
asarlari yana shuning uchun ham muhimki, mazkur muallifdan ilgari bunday 
asarlar yaratilmagan edi, shuningdek, ular vujudga kelgan va keyingi 
XVIII—XIX asrlar uchun ham xarakterli bo’lib qolavergan Xiva — 
turkman munosabatlarini va turkmanlaring Buxoro na Eron bilan o’zaro 
aloqalarnnn tushunish uchun juda boy material beradi»
66

65
Абуль –Гази –Багадур –Хан. Родословное древо тюрков. Москва –Ташкент – Бишкек: 1996. – 6-9с.
66
И в а н о в П.П. Очерки по истории Средней Азии. М.: 1958.- 31б. 


30 
«Abulg’ozi Bahodirxon o’zining muarrixligi bilan mo’g’ul, turk 
tarixchilari orasida shuhrat qozonganva shu bilan bir vaqtda Xiva hukmroni 
(1643-1663) bo’lib, uning asarlari Rossiya va chet el tillarida ham tarjima 
qilingandir»
67
,— deb yozadi olim A.Semenov. Ayniqsa, O’zbekiston, 
Turkmaniston, Tojikiston xalqlari tarixini yorituvchi tarixshunoslar 
Abulg’oziy asarlariga tayanch manbai sifatida murojaat qilganlar
68

Abulg’ozi Bahodirxonniig faoliyati va tarixiy merosi K.Yusupov 
tomonidan alohida ilmiy tadqiqot obyekti qilib olingan. U 1950-yilda «XVII 
asrning birinchi yarmida Xiva xonligi va Abulg’ozi» mavzuida nomzodlik 
ishini yozib, himoya qildi. 
Shuningdek, akademik Ya.G’ulomov «Xorazmning sug’orilish tarixi» 
nomli monografiyasini yaratishda Abulg’ozi asarlariga ko’p murojaat 
qiladi. «Yangi Urganch barpo etish, Urganch kanalini qurish, Gurlandan 
shimolda Vazir istehkomini solish kabi tadbirlar xon Abulg’ozi davrida 
tugatiladi. Shunday qilib, uning davrida chap qirg’oq Xorazmning janubiy 
yerlarini ikkinchi marta o’zlashtirish boshlangan. Xorazmning bu ma’rifatli 
hukmroni o’z ota-bobolarining ko’chmanchilik odatlaridan voz kechib
shahar va dehqonchilik vohasining madaniyatini o’zlashtirdi. G’ozobod 
kanali va undagi istehkom (G’ozovot) ham Abulg’ozi nomi bilan 
bog’langandir»
69

Akademik M.I.Yo’ldoshev Xorazmdagi urug’larning tarkibi va 
tuzilishini o’rganishda Abulg’ozixonning tadbirkorligini bayon etib: 
«Abulg’ozixon tomonidan ko’rilgan tadbirlar to’g’risida Shermuhammad 
Munis asarida keltirilgan ma’lumotlar ham urug’larniig tarkibi va tuzilishini 
o’rganish uchun diqqatga sazovordir»
70
,— degan edi. 
XX asrning dastlabki yillaridan boshlab Abulg’ozi asarlari tilshunos 
olimlarni ham qiziqtirib kelmokda. Bir qancha atoqli turkshunoslar o’zbek 
67
С е м е н о в А. А. Собрание Восточных рукописей ,том I. Т.: 1952, 72- б. 
68
Худойназаров Ҳ. «Шажараи турк» ва унинг ўрганилиши. Т.:1993. -8б. 
69
Ғ у л о м о в Я. Хоразмнинг суғорилиши тарихи. Т.: 1959. – 303б. 
70
ЙўлдошевМ.И. Хива хонлигида ер эгалиги ва давлат тузилиши. Т.:1959. - 81б. 
 


31 
adabiy tili tarixiga bag’ishlangan ilmiy-nazariy ishlarida Abulg’ozi 
asarlaridan unumli foydalanganlar. 
1957-yilning 4—11 iyun kunlarida Toshkentda o’tkazilgan Butunittifoq 
sharqshunoslarining birinchi ilmiy-nazariy konferensiyasida «Xivalik 
Abulg’ozixon asarlari — o’zbek adabiyoti va tilining yodgorligi sifatida» 
degan mavzuda ma’ruza qilingan. Ma’ruzada Abulg’ozixon adabiy merosini 
to’plash, tizimlashtirish va ular ustida har tomonlama, chuqur ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borishga alohida e’tibor berildi. 1958 yilda esa, 
A.N.Kononov tomonidan Abulg’ozining «Shajarai tarokima» asari rus tiliga 
tarjima qilinib, tanqidiy matni nashr etildi. Bu asarga tarjimon qisqacha so’z 
boshi yozgan. 
A.M.Shcherbakning 
1959-yilda 
Moskvadagi 
Sharq 
adabiyoti 
nashriyotida «O’g’uznoma va muhabbatnoma» nomli kitobi bosilib chiqadi. 
Bu kitob qadimgi uyg’ur va eski o’zbek yozuvlari yodgorliklariga 
bag’ishlangan bo’lib, unda O’g’uznoma munosabati bilan Abulg’ozining 
«Shajarai turk» asariga ham anchagina o’rin ajratilgan. Bu ikki asar 
tadqiqotchi tomonidan taqqoslanadi va ulardan ilmiy-nazariy xulosalar 
chiqariladi. A.M.Shcherbak O’g’uzxonning afsonaviy tarixini yorituvchi 
qo’lyozmalarning turli xil variantlarni bir- biriga qiyoslab ko’rib, shular 
orasidagi eng ko’p tarqalgani, ahamiyatlisi va qadimgisi Abulg’ozining 
«Shajarai turk»da keltirilgan varianti, degan xulosaga keladi. U uyg’ur 
varianti bilan «Shajarai turk»dagi ayrim detallarni, ya’ni yoy va oltin 
o’qlarni qo’llash o’rinlarini qiyoslash orqali ham Abulg’ozining qo’lida 
bizgacha yetib kelmagan «O’g’uznoma»ning qadimiyroq nusxasi bo’lgan, 
deb hukm chiqaradi. Ba’zi bir tarixchilarning Abulg’ozixon O’g’uzxon 
haqidagi dalillarni Rashididdinning «Jome at-tavorix» asaridan olgan degan 
bir tomonlama fikrlariga qarshi chiqib, olim bunday deb yozadi:«Umuman, 
Abulg’ozining qo’lida O’g’uz haqida bizgacha yetib kelmagan ishonchli, 
qadimiy nusxaning bo’lishi haqiqatdir... Rashididdinning «Jome at-
tavorix»idan o’zlashtirilgan bir qancha faktlarni Abulg’ozi Eronda bo’lgan 


32 
vaqtida boshqa fors yozuvchilarining tarixiy xronikalaridan ham o’qib 
o’rgangan. Darvoqe, Rizo Nurning «Abulg’ozi O’g’uz haqidagi afsonani 
butunicha Rashididdindan O’zlashtirgan»degan asosli emas. Abulg’ozining 
O’g’uz haqidagi bayoniga va umumant «Shajarai turk»ka til nuqtai 
nazaridan turli xil belgilarning aralash ishlatilish i xarakterli xususiyatdir. 
G’arbiy va janubiy til qatlamlarining mavjudligi hamda muallifning 
ijtimoiy kelib chiqishi uning Xiva shevasiga yaqinligidan dalolat beradi. 
«Ug’uznoma va muhabbatnoma» nomli kitobda «Ug’uznoma variantlari», 
«O’g’uznomaning mazmuni haqida», «Afsonaning tili va yozilgan joyi», 
«Afsonaning tili va qadimgi o’zbek qarluq-uyg’ur tillarining o’zaro 
aloqadorlik muammosi» nomli bo’limlarda ham Abulg’ozining «Shajarai 
turk» asari tiliga oid qimmatli mulohazalar bayon etilgan. 
Taniqli turkshunos S.I.Ivanov Abulg’ozixonniтg «Shajarai turk» asari 
bo’yicha ko’p yillar davomida tadqiqot ishi olib borib, samarali 
mehnatining mahsuli sifatida «Abulg’ozixonning «Shajarai turk» asari 
(«Rodoslovnoye drevo tyurok» Abulgazixana») nomli monografiyasnii 
yozdi. Monografiya 1969 yilda Toshkentda nashr etilgan. Tilshuios olim 
1970 yilda «Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarida fe’l va 
nom» mavzuida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 
«Shajarai turk» haqidagi monografiyada asar tilining grammatik 
qurilishi hozirgi zamon tilshunoslik fanining yutuqlari hisobga olingan 
holda yangicha metod asosida tahlil qilingai. Ko’rinib turibdiki, 
tilshunosligimizda ham tarixshunosligimizdagidek, Abulg’ozining «Shajarai 
turk» 
asari 
har 
tomonlama 
va 
keng 
o’rganilmoqda. 
Biroq, 
adabiyotshunosligimizda bu yodgorlik keng va atroflicha o’rganilgani, 
uning badiiy qimmati yoritilgani hamda, adabiyot darsliklarida badiiy 
nasrning namunasi sifatida joy olgani yo’q. Zahiriddin Muxammad 
Boburning «Boburnoma»si esa 30- yillardan boshlab olimlarimiz tomonidai 
abadiyotshunoslik nuqtai iazaridan keng o’rganila boshlandi. Bir qator 
ilmiy nazariy ishlarda «Boburnoma»ning o’zbek klassik adabiyotida tutgan 


33 
o’rni yetarli tahlil etilgan. «Lekin ana shu tipdagi asar bo’lgan 
Abulgozining «Shajarai turk» asari adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan 
atroflicha o’rganilgani yo’q. Vaholanki, Vengriya Fanlar Akademiyasi 
a’zosi A.G.Vamberi «Abulg’ozining ko’pchilik ishlari Boburni xotiraga 
tushiradi, jahon uning «Shajarai turk»i uchun minnatdordir»
71
degan edi. 
Shuningdek, adabiyotshunosligimizda hozirgacha «Shajarai turk»ni badiiy 
nasrimizning namunasi sifatida tadqiq etib, Abulg’ozi va uning bu asarining 
o’zbek adabiyotida tutgan o’rni belgilangani yo’q. 
Ayni chog’da, 40-yillarda «Shajarai turk» ni o’rganishga kirishgan, 
«O’zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi»ni urushgacha tayyorlab 
nashriyotga topshirgan adabiyotshunos Olim Sharofiddinov (urushda halok 
bo’lgan) 
1945 
yilda 
nashr 
etilgan 
«O’zbek 
adabiyoti 
tarixi 
xrestomatiyasi»ning ikkinchi kitobida «Shajarai turk» kitobi haqida 
qisqacha ma’lumot va undan ayrim namunalar berib: «Abdulg’ozi 
Bahodirxon binni Arabmuhammad o’zbek xonlari ichida Boburdan keyingi 
muhim shaxsdir. Uning madaniyat tarixida qilgan ishlari ulug’»
72
,— deb 
adibga juda to’g’ri baho beradi. A.P.Abrajeyev 1944-yilda, «Abulg’ozi 
Bahodirxon «Shajarai turk» asarining adabiy ahamiyati» mavzuida 
nomzodlik dissertasiyasini yozdi va himoya qildi. A.P.Abrajeyev o’z 
tadqiqotida birinchi bo’lib «Shajarai turk»ning adabiy ahamiyatini 
o’rganishga kirishdi, asarning qurilishi, unga kiritilgai qo’shimcha 
epizodlar, ishtnrok etuvchilar ta’rifi, voqealar tasviridagi badiiylik, til va 
uslubi hamda she’rlarnnng badiiy qimmatini yoritishga intildi va qisman 
muvaffaqiyatlarga erishdi. Tadqiqotchi Abulg’ozi siymosini asarning bosh 
qahramoni, xuddi badiiy obraz sifatida talqin etishga berilib ketadi. Lekin 
«Shajarai turk»niig kompozision tuzilishi, badiiy qimmati, turli-tuman 
badiiy tasvir vositalari, peyzaj, portret tasviri, xalq urf- odatlari, folklor 
unsurlari kabi juda ko’plab jihatlarini mukammal tadqiq etmaydi. 
71
Вамбери Г.А. История Бухары или Моварауннахра. М.: 1964. – 115б. 
72
Ўзбек адабиѐти тарихи. I жилд. Т.: 1988, 531- бет. 


34 
Mazkur asarni o’rganish borasida keyingi yillarda ham ayrim ishlar 
qilindi. M.Yunusovning «XIX asr shoiri Komil Xorazmiy ijodiyoti» 
mavzuida yoqlagan iomzodlik dissertasiyasida, V.A.Abdullayevning 
«XVII—XVIII asrlarda Xorazm o’zbek adabiyoti» mavzuida yoqlagan 
doktorlik dissertasiyasida va H.Ko’ro’g’lining 1969-yilda Moskvada 
«O’g’uzlarning qahramonlik eposi» degan mavzuda yoqlagan doktorlik 
dissertasiyasida ham Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va 
«Shajarai tarokima» nomli asarlari tayanch manbalaridan biri bo’lib xizmat 
qilgan. E.Rustamov ham o’zining «XV asrning birinchi yarmida o’zbek 
she’riyatiga bag’ishlangan monografiyasida o’q va yoy ta’rifi, tavsifida 
boshqa manbalar qatori Abulg’ozining «Shajarai turk» va «Shajarai 
tarokima» asarlariga murojaat etgan. 
Oltmishinchi yillarga kelib, oliy o’quv yurtlari uchun o’zbek adabiyoti 
tarixidan darsliklar yaratilishi munosabati bilan Abulg’ozi Bahodirxon 
faoliyati va ijodi oliy o’quv yurtlari uchun yaratilgan «O’zbek adabiyoti 
tarixi» darsligining ikkinchi kitobida muallif V.A.Abdullayev Abulg’ozi 
faoliyatiga «XVII asr tarix asarlari va tazkiralar» bo’limida birmuncha 
o’rin ajratgan
73
. Kitobxonlar, talabalar darslik orqali Abulg’ozi va uning 
merosining adabiy qimmati haqida ham ma’lum darajada tasavvur hosil 
qiladilar. 
«Shajarai turk» tarixiy manba sifatida ham, badiiy-adabiy, siyosiy 
yodgorlik sifatida ham Abulg’ozi ijodida mumtoz o’rin tutadi va o’zbek 
adabiy prozasining yetakchi xususiyatlarini o’zida ifoda etadi. «Shajarai 
turk»da XVI-XVII asr Xorazm tarixini tasvirlovchi tarixiy voqealar mavjud. 
«Shajarai turk»da esdalik tarzida bayon qilingan nasriy parchalar, rivoyatlar 
hamda, muallifning o’z sarguzashtlari va azob-uqubatlari shu qadar jonli aks 
ettirilganki, u badiiy asarday o’qiladi. Abulg’ozi asarlarining turkiy xalqlar 
tarixiga, Xorazm tarixiga oid ma’lumotlari muhim ahamiyatga molikdir. 
73
Абдуллаев В. А. Ўзбек адабиѐти тарихи, Тошкент, 1964, 14- бет



35 
Shuningdek, xalq og’zaki ijodi bilan yaxshi tanish bo’lgan Abulg’ozi mazkur 
asarlarida ko’plab afsona va rivoyatlarni ham keltiradi. 
Abulg’ozining yoshlik yillari ziddiyatlarga to’la murakkab sharoitga 
to’g’ri keldi. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab, Xorazm o’zbek va 
turkman feodallari o’rtasida yer uchun, suv uchun kurash maydoni bo’lib 
qolganligini Abulgozi o’z ko’zi bilan ko’rdi, ana shu tarixiy voqealarning 
ishtirokchisi bo’ldi. Katta akasi Asfandiyorxon bilan birgalikda, Abulgozi 
ham toj-taxtni egallash uchun kurashdi. 
Abulgozi asarlarida o’zi yashagan davr, feodalizm davridagi 
ziddiyatlar va ularga qarshi fikrlar xolis turib yozilganligi, hukmron sifatida 
uning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishga 
intilganligi Abulgozining o’z xalqi oldidagi xizmatlaridan dalolat beradi. 
Abulg’ozi izdan chiqqan savdo-sotiq ishlarini yo’lga qo’yishga, chet ellar 
bilan madaniy aloqaga ham e’tibor berdi. U o’zining elchisi Davlatmand 
orqali rus podshosita Rossiya bilan Xiva o’rtasida savdo munosabatlarini 
mustahkamlashni va ikki o’rtada savdo munosabatlari o’rnatishni taklif qildi. 
Abulg’ozi Bahodirxon Xiva va Hindiston davlatlari o’rtasida diplomatik va 
savdo munosabatlarini mustahkamlash uchun Shohbobo va Shohjonlarni elchi 
qilib Hindistonga yuboradi. Abulgozi 1648 yilda Eron shohiga elchi 
yuborgach, ular o’rtasida ham savdo munosabatlari yaxshilanadi
74

Abulg’ozining asarni yaratishidan asl maqsadi Chingizxon avlodining 
tarixini yaratish emas, balki o’zidan oldin o’tgan ota-bobolarining Xorazmda 
hukmronlik qilgan davrlari tarixini, ya’ni o’z ajdodlarining beparvoligi tufayli 
yozilmay qolgan tarixni yozib, avlodlarga qoldirish edi: «Ammo bizning ota-
aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufligi, bu ikki sababdin 
bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Shayboniy Abdullaxon II (1583-1598 
yy.)) otalari (Abulxayrxon (1528-1568 yy.)) birlan bizning otalarimizning 
(Shayboniy Yodgorxon (XV asr)) ayrilgan yeridan to bizga kelguncha tarixlarini 
bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib 
74
Худойназаров Ҳ. Абулғози Баҳодирхон тарихчи ва адиб. Т.:1994. – 11б. 


36 
kishi topmaduk, zarur bo’ldi (va) ul sababdin o’zimiz aytduk»
75
.«Shajarai turk» 
asarini muallif 1663-1664 yillar davomida yozgan. Asar Xorazm tarixining XVI-
XVII asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy siyosiy tarixini bayon etishda nodir 
manbadir. Ammo Abulg’ozixon asarni yakuniga yetkaza olmay olamdan ko’z 
yumadi. Asarni uning o’g’li Anushaxonning topshirig’i bilan Mahmud ibn Mulla 
Urganjiy degan ulamo yakuniga yetkazadi. Muallif asarni yozish jarayonida 
xastalanganligiga qaramay, uni davom ettirishga ahd qiladi: «Biz tarixni mo’g’ul-
da, o’zbek-da o’tgan yaxshi podshohlar va kengashli biylarning aslini va qilg’an 
ishlarini va aytg’an so’zlarini barchasini bir-bir aytib ulug’ kitob qilmoq 
ko’nglimizda bor edi, aytayin teb yurugan vaqtda xasta bo’ldum. Xastam uzoqg’a 
tortdi. Ko’nglimizdin aytdim, o’la qolsam, kitob aytilmay qolur. Mentek bilur kishi 
yo’q. Xususun bizning jamoatimizni Yodgorxondin to faqirg’acha yot yurtning 
kishisi bilmas. O’z xalqimizda hech bilur kishi yo’q. Pas men muni go’rga olib 
borg’animdin ne foyda aytdim. Taqi to’rt navesandani o’lturtdim. Taqi to Odamdin 
Jo’chixong’a kelguncha goh ko’hna tarixlarning yuzina boqdim. Goh boqmay 
aytdim, aning uchun barchasin yod bilur erdim. Shaybanxondin to o’zumga 
kelguncha hech kitob yuzina boqmadim. O’zumning yodimda bor erdi aytdim»
76

U o’z asarini yozishda bir necha o’nlab tarixiy asarlarni o’rganib tarixiy 
haqiqat deb topganlarini umumlashtirib yozgan. Bu haqda u asarni yozishga 
kirishar ekan, uning qo’l ostida 18 ta forsiy va turkiy tillarda yozilgan manba 
borligini qayd qiladi. Kitobda muallif ulardan faqat ikkitasini: Fazlulloh 
Rashididdinning 
«Jome’ ut-tavorix»
77
va 
Sharafiddin 
Ali 
Yazdiyning 
«Zafarnoma»
78
asarlarini keltiradi.Bundan tashqari, asarning original qismini (8, 
9-boblari) yozishda muallif o’zi bilan va so’rab-surishtirib to’plagan 
ma’lumotlaridan ham kengfoydalangan. 
«Shajarai turk» to’qqiz bobdan iborat bo’lib, qisqa muqaddima bilan 
boshlanadi. Asarning birinchi bobida Alloh Odamni yaratganidan to Mo’g’ulxon 
75
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 11б. 
76
Ўша асар,– 50б. 
77
Рашидиддин. Жоме ут-таворих. Тошкент: 1995. 
78
Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. Тошкент: «Шарқ», 1997. 


37 
tug’ilgunigacha bo’lgan davr qisqacha bayon qilingan. Chunki musulmon Sharqida 
asarni shunday boshlash an’anaga aylanib ketgan edi. Bunda albatta boshqa tarixiy 
asarlardagi singari afsona va rivoyatlarga murojaat qilingan.
Ikkinchi bobda Mo’g’ulxonning tug’ilganidan to Chingizxongacha bo’lgan 
davr aks ettirilgan. Bunda tarixiy voqealarning afsonalar bilan qorishib ketganligini 
kuzatish mumkin. 3-bob esa, Chingizxonning tug’ilganidan vafot etganligiga qadar
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4-bobda O’dagay qoon va uning avlodining 
hukmronligi haqida so’z yuritiladi. 5-bob Chig’atoyxon avlodining Movarounnahr 
va Koshg’arda podsholik qilganligi, keyingi bob Tuluxon avlodining Eronda 
hukmronlik qilganligi, 7-bob esa Jo’chixon avlodining Dashti Qipchoqda 
podsholik qilgani haqidadir. 8-bob Jo’chixonning o’g’li Shaybonxon avlodining 
Movarounnahr, Qrim, Qozoq va Turonda xon bo’lganligi haqida bayon etilgan. 9-
bob Shaybonxon avlodining Xorazmda podsholik qilganligining zikridir. Bu bob 
asarning eng qimmatli qismi bo’lib, aynan mana shu bobda muallif Xiva xonligida
XVI-XVII asrning ikkinchi yarmida bo’lib o’tgan siyosiy, ijtimoiy tarixni bayon 
qiladi. Muallif uni bayon qilar ekan, o’sha davrdagi ijtimoiy muhitni ham, otasi 
hamda akalari o’rtasidagi toj-taxt uchun olib borilgan kurashni, shuningdek 
o’zining qochoqlikda yurgan kezlari, urush va mag’lubiyatlari haqida to’liq 
yoritishga harakat qiladi. 
Abulg’ozi Bahodirxon o’tmishdoshlari an’anasini davom ettirib, ulardan 
ilhomlanib, feodal o’zaro urushlar va uning salbiy oqibatlarini aks ettirdi. Tarixiy 
voqealarni bayon qilishda ular kabi hikoya va rivoyatlarga murojaat etdi. 
Chunonchn, 
Gulbadanbegim 
o’zining 
«Humoyunnoma»
79
asarida 
o’zboshimchaliklarni bartaraf qilish va Hindistonii zabt qilish uchun Humoyunning 
qayta otlanganligini qalamga oladi. Asarda Hindolning o’ldirilishi, Komron 
ko’zining ko’r qilinishi, Humoyunning buyrug’i bilan Komronning o’ldirilishi kabi 
tarixiy voqealar Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asaridagi voqealarga
ya’ni Arabmuhammadxonning ko’r qilib o’ldirilishi, Asfandiyorxon tomonidan 
Abulg’ozining Eronga surgun qilinishi, Avg’onning rus podsholigi ixtiyoriga 
79
Гулбаданбегим. Ҳумоюннома, С. Азимжонова таржимаси, Т.: «Ўқитувчи», 1997.
 


38 
Moskvaga yuborilishi kabi tarixiy voqealar bilan monand keladi. Asosiy masala bu 
o’xshashlikda emas, balki tarixda takrorlanib turuvchi toj- taxt uchun kurashlarni 
ilg’or nuqtan nazarda turib qalamga olishda Abulg’oziga Gulbadanbegim 
an’analariiing qo’l kelganligidadir. 
Shuningdek, Hofiz Tannsh Buxorayning «Abdullanoma» asari O’rta Osiyo 
xalqlarining XVI asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o’rganishda katta o’rin tutadi. 
Asar 1534 yildan 1539 yilgacha O’rta Osiyo, Qozog’iston va qisman Afg’oniston va 
Xurosonda bo’lgan siyosiy voqealarni o’z ichiga oladi. Asarning 56-88- 
sahifasigacha qadimiy afsonalar o’rin olgan. «Shajarai turk»ning ham 8—88- 
sahifasida ana shunday voqealar beriladiki, bu jihatdai bu ikki asarning boshlanmasi 
bir-biriga o’xshab ketadi. Zotan Abulg’ozining «Shajarai turk» asaridagi Nuh 
payg’ambar, Olonquva va uniig farzandlari haqidagi hikoyalar «Abdullanoma»dagi 
afsonalarni eslatadi. 
Abulg’ozixon asarning 7, 8 va 9-boblarining bir qismini (1644 yilgacha 
kechgan voqealar tarixini)yozib ulgurgan. 1-6-boblar va 9-bobning davomi (1644—
1664 yil voqealari) Anushaxonning topshirig’i bilan Mahmud ibn mulla Muhammad 
Urganjiy tomonidan yozilgan. Uni Mahmud Urganjiy hijriy 1116/1704-05 yili 
Xorazmda bosh xon bo’lib turgan «oliysha’n Muso Muhammadxon» buyrug’i bilan 
kitobga kiritgan. Muso Muhammadxon esa Shohg’oziy ibn Avazg’oziy ibn 
Sultong’oziy ibn Elbarsxonning o’g’li bo’lgan. Uning nasabiga kelsak, Abulg’oziy 
quyidagi ma’lumotlarni beradi. Dashti qipchoqlik Elbarsxon 1512-1513 yillari 
Xorazmdan safaviylarning noiblari va qo’shinlarini haydab, xon ko’tariladi va 
qarindoshlaridan amakilarini ham da’vat etib, ularga mamlakat tumanlarini idora 
etish uchun beradi. Oradan ancha vaqt o’tgach, 1532 yili arzimagan narsa uchun 
Elbarsxon avlodlari bilan uning amakivachchasi Avanesh sulton va avlod-urug’lari 
o’rtasida qirg’in-barot urushlar bo’ladi. Oqibatda Elbarsning farzandlari mag’lub 
bo’lib, barchalari Buxoro, Samarqand va Toshkentga qarindosh shayboniylar 
huzuriga ketishga majbur bo’ladilar. Ulardan sulton G’oziy ibn Elbars Buxoro xoni 
Ubaydullohxon ko’magida Xorazmni qisqa vaqtga qaytarib olishidan ham natija 
chiqmaydi.


39 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə