Shajarai turk



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1.3
 
 Abulg’ozixonning hayoti va ilmiy 
faoliyati 
XVII asrda yashab ijod qilgan Xiva xoni Abulg’ozi Bahodirxon oliy 
nasab, taxt-toj sohibi, o’z sulolasining shonu shuhrati uchun kurash olib 
borgan, ayni chog’da parchalanib ketayotgan xonlikni kuchli markazlashgan 
davlatga aylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam bilan kurash olib 
borib, nisbiy osoyishtalik o’rnatishdek ezgu niyatni amalga oshirishga 
intilgan feodal hukmdor xam edi. Shuningdek, Abulg’ozixon Sharq xalqlari 
tarixi, madaniyati, adabiyotining o’tkir bilimdoni, ilm-fanga e’tiqod 
qo’ygan, nodir me’moriy yodgorliklarning yaratilishida bevosita homiylik 
qilgan ma’rifatparvar davlat arbobi va olim adib hamdir. 
Abulg’ozixon 1603 yil 15-avgustda (h. 1014 yil) Urganchda dunyoga 
kelgan. U Xiva xoni Arab Muhammadxon (hukmronligi 1602-1623)ning 
to’rtinchi o’g’li edi. Abulg’ozixon tug’ilishidan 40 kun oldin Arabmuhammad Ural 
qozoqlari bilan bo’lgan urushda g’alaba qozongan edi. Shu sababli u o’g’liga 
Abulg’oziy deb nom beradi. Bundan tashqari uning onasi g’oziylar avlodidan bo’lib,
naslu-nasabi Chingizxonga borib taqalgan. Abulg’oziy 6 yoshga kirganda onasi 
vafot etadi. U 16 yoshga kirguncha Urganchda otasi qo’lida tarbiyalanadi.U 
o’zining tavalludi haqida «Shajarayi turk» asarida shunday yozadi: «Urganch 
viloyatinda tarix ming taqi o’n to’rtda topushqan yili va asad burji va rabi’-ul-avval 
oyining o’n beshida dushanba kuni oftob birlan barobar tulu’ qilibmiz»
35

Arab Muhammadxonning Asfandiyorxon, Habash sulton, Elbars sulton, 
Abulg’oziyxon, Sharif Muhammad sulton, Xorazmshoh sulton, Avg’on sulton 
nomli yetti o’g’li bo’lgan
36
. Mazkur yetti o’g’il Arab Muhammadxonning bir 
necha xotinidan dunyoga kelgan farzandlari edilar. Abulg’oziyning yozishicha: 
«Asfandiyorxonning onasi o’z jamoatimizdan erdi. Habash va Elbarsning onasi 
Nayman qizi bo’lib, bir onadin erdi. Sharif Muhammad sulton birlan Xorazmshoh 
35
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 167б. 
36
Ўша асар, 160б.


18 
sulton ikkisining onasi Xoja Mavdud Chishtiy avlodidin erdi. Avg’on sultonning 
onasi Abulxayrxon avlodindin erdi»
37

Abulg’ozi Bahodirxon o’z otasining nomi bilan ataluvchi 
Arabmuhammadxon 
madrasasida 
tahsil 
oldi. 
Arabmuhammadxon 
o’g’lining o’qishi va dunyoviy ishlarni o’rganishiga alohida e’tibor bergan. 
Aka va ukalari o’rtasida o’ta zehnli va qobiliyatli bo’lgan Abulg’ozi o’z 
zamonasining bilimdonlari qo’lida tahsil ko’rgach, tarix faniga ixlos va 
ishtiyoq qo’yadi. Xalq og’zaki ijodini mehr qo’yib o’rganishi tufayli uning 
ijodkorligi yoshlikdan ortib boradi. Bularning barchasi uning yirik davlat 
arbobi, o’z davrining ilg’or siymosi, ijodkori bo’lib yetishuviga yordam 
bergan omillardir. 
Abulg’ozi otasi va aka-ukalari qatori feodal urushlarda bahodirlarcha 
jang qilgani uchun uni Bahodirxon deb atay boshlaganlar
38
. Abulg’ozixon 
yoshlikdan turli fanlarni o’rganish, harbiy ta’lim olish bilan mashg’ul 
bo’ladi. O’n olti yoshidan boshlab esa, davlat ishlariga aralasha 
boshlaydi. Bu haqda uning o’zi shunday yozadi: «... Olti yoshqa yetkanda 
onamiz haq rahmatiga ketdi. To o’n olti yoshqacha Urganchda ota qo’lida 
bo’lduk. Andin so’ng otamiz katxudoy qildi. Taqi Urganjning yarmini 
ulug’ og’amiz Xabash sultonga va yarmini bizga berdi. Bir yildan so’ng 
Xabash va Elbars otli og’alarimiz birlan oramizda nizo bo’ldi. Ul 
sababdin tura bilmay Xevaqg’a otamiz qatig’a kelduk... Avval bahor erdi. 
Katga borib olti oy turg’andin so’ng otamiz birlan otlanib, Xabash, Elbars 
ustiga borduq»
39
.
Abulg’ozixon Xiva xonligida og’ir siyosiy vaziyat yuzaga kelgan bir 
davrda yashadi. U bolalik va o’smirlik yillaridan boshlab uzoq va yaqin 
qarindoshlar o’rtasidagi saltanat uchun olib borilgan ayovsiz kurashlarning 
guvohi bo’lib o’sdi. Ba’zan bu kurashlarning urug’ va elatlar o’rtasida 
37
Дмитриева Л.В., Мугинов А.М., Муратов С.Н. Описание тюркской рукописей Института народов Азии. 
Т.1. М.: 1965. -С. 93. 
38
Худойназаров Ҳ. «Шажараи турк» ва унинг ўрганилиши. Т.: «Ўқитувчи», 1993. – 34б. 
39
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 168б. 


19 
fitnachilikka qirgin keltiruvchi dahshatli bosqinlarga aylanib ketganligini ko’rdi 
va o’zi ham ko’pincha ularda ishtirok etdi. 
Abulg’oziy avvalo katta akasi Habash sulton bilan Urganchda hokim bo’lib 
turadi. Keyinchalik o’rtalarida nizo paydo bo’lgandan so’ng Habash bilan birga 
Urganchda tura olmagan Abulg’oziy Xivaga otasi Arab Muhammadxon huzuriga 
keladi. Bu yerga kelgandan keyin Arab Muhammadxon Abulg’oziyni Katga hokim 
qilib tayinlaydi. Habash va Elbars sultonlar Arabmuhammadxonning qarshiligiga 
qaramay bir necha marta Eron va Buxoroga hujum uyushtiradilar. Abulg’oziy 
Katda hokim bo’lib turganda otasi Arab Muhammadxondan o’z askarlari bilan 
uning huzuriga kelishga farmon oladi. Arab Muhammadxon, Abulg’oziy, 
Asfandiyor va Sharif Muhammadlar Habash va Elbars ustiga yurish qiladilar. 
Yurish haqida «Shajarayi turk» shunday yozadi: «Bizning xon to’p bo’ldilar. 
Asfandiyorxonni so’l va faqirni o’ng qilib erdilar. Faqir uch ot yiqilguncha 
urushtum. Barcha xalqdin so’ng ketdim»
40
. Bu yurishda Arab Muhammadxon 
yengiladi, qo’lga tushadi va ko’zi ko’r qilinadi. Ming mashaqqatlar bilan suvdan 
kechib o’tgan Abulg’oziy avvalo Katga va u yerdan Imomqulixon oldiga keladi. 
Asfandiyor, Sharif Muhammad va Xorazmshohlar Xazorasp qal’asiga kirib 
bekinadilar. Habash qal’ani 40 kun qamal qiladi va nihoyat sulh tuziladi. 
Asfandiyorga Makkaga haj uchun Eronga jo’nashga ruhsat etiladi.
Abulg’oziyning yozishicha, Imomqulixon saroyida turgan Abulg’oziyga akasi 
Asfandiyor xat yozib, Habash va Elbarsga qarshi boshlagan kurashda 
yordamlashishni so’ragan. Ammo Imomqulixon uning borishiga ruxsat bermagan. 
Abulg’oziy Imomqulixon saroyida ikki yil turadi. 
Ma’lum kurashdan so’ng Habash va Elbars ustidan g’alaba qilgan 
Asfandiyorxon Imomqulixon saroyiga o’z inilari Abulg’oziy va Sharif 
Muhammadni so’ratib kishi yuboradi. Shundan keyingina Imomqulixon ularga 
Xorazmga qaytishga ruxsat beradi. So’ngra Abulg’oziy Xivaga qaytadi va 
Asfandiyor uni Urganchga hokim qilib tayinlaydi. Endi Asfandiyor bilan 
Abulg’oziy o’rtasida kelishmovchiliklar maydonga kelgan edi. Lekin shu ahvolda 
40
Ўша асар, 168б. 


20 
bir qancha vaqt Abulg’oziy ukasi Sharif Muhammad bilan Urganchda hokim 
bo’lib turadilar. 
Urganchda turishning ilojini topa olmagan Abulg’oziy Turkiston hokimi 
Eshimxon huzurida uch oy turadi. So’ngra Abulg’oziy Toshkentga keladi va 
Toshkentda ikki yil turadi. Shundan keyin Abulg’oziy Imomqulixon oldiga keladi. 
Keyinchalik Abulg’oziy Xivaga qaytadi. U Xivaga kelgandan ikki oy o’tgandan 
keyin Sharif Muhammad Hazoraspga — Asfandiyor huzuriga boradi
41

Abulg’oziy bilan Asfandiyor va Sharif Muhammad o’rtasida yana kurash 
boshlanadi. Bir necha bor yurishlardan so’ng Abulg’oziyni yenga olmagan 
Asfandiyor Abulg’oziyni hiyla bilan qo’lga tushiradi va o’ziga ishonchli bo’lgan 
20 kishi bilan uni Eronga Obivardga jo’natadi. Ular Abulg’oziyni olib borib 
Obivard hokimiga topshiradilar. Obivard hokimi Abulg’oziyni Xurosonning beglar 
begiga topshiradi. U Abulg’oziyni Iroqqa yuboradi. 
Shu vaqtda Shoh Abbos o’lib, nabirasi Shoh Safo taxtga o’ltirgan edi. 
Abulg’oziy uni Hamadonda ziyorat qiladi. Shoh Safo Abulg’oziyni Isfaxonga 
yuboradi. Unga u yerda uy-joy tayin qiladi va xarajat uchun yiliga 10000 tanga 
ajratadi. Abulg’oziy nazorat ostida saqlanadi. 
Shunday qilib, Abulg’oziy Isfaxon shahrida 10 yil turadi. So’ngra u yerdan 
o’z yurtiga qaytishga harakat qiladi. Bir qancha tadbirlar ishlatib, u yerdan chiqib 
olishga muvaffaq bo’ladi. Bu masala uning «Shajarayi turk» asarida batafsil 
yoritilgan. Isfaxondan chiqib Bastomga kelganda qo’lga tushishiga sal qoladi. Har 
xil hiylalar ishlatib, bu mojarodan qutulgan Abulg’oziy o’z hamrohlari bilan 
Xurosonning Mahin degan qishlog’iga keladi. U yerda bahorgacha turadi. 
Bahor bo’lgandan so’ng Abulxon borib, u yerda ikki yil yashaydi. Undan 
so’ng Manqishloqqa boradi va u yerda bir yil turadi. So’ngra Urganchga keladi. 
Abulg’oziy (1052) 1642 — 1643 yili Urganchga kelgan edi. U Xorazmga 
qaytgandan olti oydan so’ng Asfandiyorxon vafot etadi. 1644 -1645 (1054) yili 
Asfandiyorxon o’lgandan bir yil o’tgandan keyin Amudaryoning dengizga quyar 
41
Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик. -Т.: 2002. -Б.26. 


21 
yerida yashayotgan xalq Abulg’oziyni xon qilib ko’taradilar. Bundan ikki yil burun 
inisi Sharif Muhammad ham vafot etgan edi.
Orolda xon qilib ko’tarilgan Abulg’oziy bir qancha kurashdan so’ng 1644 – 
1645-yili Xiva taxtini egallaydi va 1663-1664 yilgacha Xivada xonlik qiladi. 
Shundan so’ng xonlik taxtini o’g’li Anushaga topshiradi va 1664 yili vafot etadi. 
Abulg’ozixon hammasi bo’lib yigirma yil atrofida xonlik taxtida o’tirdi. Lekin 
umri ko’proq urushlarda o’tdi: 1646 - 1653 yillari u Tajan, Bomi baurma (Qizil 
arvotning janubiy-sharqiy tarafida joylashgan manzilgoh), Atrok va Jurjon 
turkmanlari bilan urush olib bordi, 1655 - 1662 yillari o’lkaga vaqt-vaqti bilan 
boqin qilib turgan Yoyiq (Ural)lik rus qozoqlari, qalmiqlar va qozoq 
ko’chmanchilari bilan kurash olib bordi, 1663 - 1664 yillari bir necha marta 
Buxoro ustiga yurish qiladi. 
Abulg’ozixon xonlik taxtiga chiqqach, Xorazmda ilm-fanni taraqqiy ettirish 
va madaniyatni yaxshilash maqsadida o’z saroyiga binokorlar, tabiblar, shoirlar 
tarixnavislar, adib, xattot va boshqa kasb egalarini to’pladi
42
. Jumladan, 1657-
yilda Buxoro va Karmanaga qilingan omadli yurishdan qaytgach, yurtga katta to’y 
berdi va xaloyiq oldida o’z o’g’lining xizmatlarini qadrlab, unga tug’, lashkar, 
bayroq va nog’ora hamda Hazoraspni tuhfa etdi. Shuningdek bu g’alaba sharafiga 
yangi Oqmasjid qurdi. Oqmasjid qadimiy san’at uslubida qurilgan. Bu masjid 
Polvon Darvoza yonida joylashgan. Oqmasjid pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, 
uning yonida pishiq g’ishtdan qurilgan hammom xarobalari hozirgacha 
saqlanadi
43
. Anushaxon sharafiga qurilgan bu hammom ham Abulg’ozixon o’z 
o’g’liga qilgan marhamatlaridan bittasidir. Shuningdek, u umrining oxirida hali 
o’lmay turib taxtni Anushaxonga topshirdi. Bu ishni Abulg’ozixondan boshqa 
Xorazmda hukmronlik qilgan hukmdorlar qilishmagan. Shundan keyin xon 
uzlatga chekinib bir qator tarixiy asarlar yaratdi
44
.
Abulg’ozi Bahodirxon ijtimoiy-siyosiy hamda ijodiy faoliyati bilan 
bugungi yoshlarga yaxshi ma’lum bo’lmasa-da, u ulkan tarixiy shaxsdir. 
42
Худойназаров Ҳ. Абулғози Баҳодирхон тарихчи ва адиб. Т.: «Ўзбекистон», 1994. – 6б. 
43
Худойназаров Ҳ. «Шажараи турк» ва унинг ўрганилиши. Т.: 1993. – 21б. 
44
G’afforov Sh.S. va b. O’zbekiston arxitektura yodgorliklari tarixi. Samarqand: 2011. – 173b. 


22 
Sababi – O’rta Osiyoda davlat va madaniyat rivojlanishida yuz bergan qariyb 
ikki asrlik inqirozdan keyingi uyg’onish Abulg’ozining ijtimoiy-siyosiy va 
ijodiy faoliyati bilan boshlanadi. Ma’rifatparvar va bilimdon Amir Temur 
vujudga keltirgan sharoitda buyuk shoir Alisher Navoiy boshliq ulkan 
allomalar maydonga kelgani kabi Abulg’ozixondan keyingi davrdagi 
Xorazmda ham yuksak madaniyat va ilmu irfon tomon rivojlanish ko’zga 
tashlanadi
45
. Akademik olim Bo’riboy Ahmedovning so’zi bilan aytganda u 
«tarixda oliy hukmdor sifatida emas (tarixda jahonni titratgan ne-ne podsholar 
o’tmadi, lekin allaqachonlar ulardan nom-nishon qolmagan), balki yirik olim 
sifatida qoldi. Ilmning xosiyatidan shunday bo’ldi u. Darhaqiqat, Abulg’ozixon 
keng va chuqur ma’lumotli kishi edi»
46
. U hukmdor sifatida bekliklar 
o’rtasidagi o’zaro qirg’in urushlarga xotima beruvchi tadbirlar o’tkazish 
bilan birga, ijodkor sifatida «Shajarai turk»
47
, «Shajarai tarokima»
48
va 
«Manofe’ ul-inson»
49
(«Inson uchun foydali tadbirlar») kabi tarixiy-badiiy 
hamda tabiblikka oid nodir kitoblar yozdi. 
Abulg’ozixonning birinchi tarixiy asari «Shajarayi tarokima» deb 
nomlanib, o’g’uz qabilalarning, xususan turkman xalqining kelib chiqishi haqida 
qimmatli ma’lumot beradi. Abulg’ozi uni yozilishi haqida asarda batafsil 
ma’lumot beradi. 1644-yilda, ya’ni Abulg’ozixon hokimiyatni endigina egallagan 
davrda turkmanlar Mang’ishloq, Bolxon va Tajan daryosi atroflarida yashar edilar. 
Abulg’ozixon o’z hokimiyatini mustahkamlash va turkmanlarni o’ziga tobe qilish 
maqsadida ular ustiga ko’p martalab qo’shin tortdi. Muallifning yozishicha, « Bir 
karat Xurosonda Durunga taalluq Beurma tegan suvning yaqosinda bizning birlan 
saf tortib urushtilar. Avoldin to oxirgacha biz sababli yigirma ming choqlik 
kishilati o’ldi. Aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor 
45
Худойназаров Ҳ. Абулғози Баҳодирхон тарихчи ва адиб. Т.: «Ўзбекистон», 1994. – 11б. 
46
Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 217б. 
47
Абулғози Баходирхон. Шажараи турк. Ўзбекистан Фанлар академняси Абу Райҳон Беруний номидаги 
Шарқшунослик институтининг қўлѐзмалар фонди, инв.'№ 7668. 
48
Шажараи тарокима. Ўша жойда, инв. .Уз 1223. 
49
Манофеъ-ул-инсон. Ўша жойда, инв. № 4017. 


23 
erdi»
50
. Abulg’oziy o’z bosqinchilik urushlari tufayli yigima mingdan ortiq 
turkmanlarning halok bo’lishiga sabab bo’lgani uchun o’zini ular oldida qarzdor 
deb bilgan, hamda turkmanlar iltimosini bajonidil qabul qilgan. Muallif aytishiga 
qaraganda, «Shajarayi tarokima» turkman oqsoqollari va ulug’ boshliqlarning 
taklifiga ko’ra oddiy turk kishisi tushunadigan, hatto besh yashar turk o’g’loni ham 
anglaydigan tilda yozilgan. Asarda Odam ato avlodlari, Muhammad (s.a.v) 
alayhissalom payg’ambarimizga qadar o’tgan payg’ambarlar eslanadi, Nuh 
payg’ambarning Xom, Som, Yofas hamda Yofasning o’g’li Turk haqida hikoya 
qiladi, turk, mo’g’ul xalqlari tarixi so’zlanadi, Qoraxon o’g’li O’g’uzxon faoliyati 
haqida to’xtaladi, butun o’g’uz eli va turkman xalqining qabilaviy tarkibi, 
urug’larining bir-biri bilan bog’langan nuqtalari, tarixiy-etnogenezini ko’rsatib 
o’tiladi. Shuningdek, Xiva xonligi bilan turkmanlarning siyosiy kurashlari ham 
eslab o’tilgan. «Shajarayi tarokima» asari Abulg’oziy Bahodirxon taxtga 
o’tirgandan ancha vaqt o’tgandan so’ng yozilganligi ta’kidlangan. Bu ma’lumotga 
qaraganda, 1660—1661 yillar orasida ijod qilingan. «Shajarayi tarokima» yozma 
obidasida turkman qavmi bilan Xiva xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, 
turkmanlarni itoat qildirish uchun olib borilgan kurashlar bayon etilgan, o’zbek va 
turkman xalqlari o’rtasida inoqlik o’rnatilishi ta’kidlangan
51
. Ushbu asarning 
tanqidiy matni, ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga, 1958 yili 
A.N.Kononov (1906 - 1986) tarafidan Sankt-Peterburgda chop etilgan
52
. Mazkur 
asardan dunyo xazinalarida bizga ma’lum yettita nusxasi saqlangan. Ulardan 
50
Абулғози Баҳодирхон. Шажараи тарокима. Самарқанд: 1995. – 12б. 
51
Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи тарокима. Самарқанд:2005.
52
Қаранг: Самойлович А.Н. Одни из списков «Родословного древа туркменского» Абульгази-хана // ДАН-В. 
1927. – С. 39-42; Кононов Л. П. Родословный туркмен, сочинение Абу-л-Гази, хана хивинского. -М.-
Л., 1958. – С.. 20-27; Собрание, I, 72, №171; Каль Е. Персидские, арабские и тюркские рукописи 
Туркестанской Публичной библиотеки. Т.,1889. – С. 52. – № 801. (г); Туманский А.Г. Абуль-Гази-Бохадур-
хан, Родословная туркмен, Ашхабад, 1897 (по ташкентской рукописи). Шажарайи Тарокима. -Истанбул. 
1937;Кононов А.Н. Родословная туркмен. (текст, перевод, комментарии и исследование). М. - Л., 
1958. Самойлович А.Н. По поводу издания Н. П. Остроумовым «Светоч ислама» // ЗВОРАО, XVIII. – 
C. 2-4; Бартольд В.В. Очерк истории туркменского народа. // Туркмения. Л., 1929. – С. 36. – 
Сочинения. Т. II. Ч.1. – С. 584-594; МИТТ. II. – C. 28-38.


24 
ikkitasi Rossiyada
53
va qolgan beshta nusxasi Toshkentdagi Aburayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Abulg’ozixonning ikkinchi asari «Shajarayi turk» nomi bilan mashhur. 
Mazkur asarning asosiy qismi 1663-1664 yillarda yozilgan. Unda Xorazm 
XVI - XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etiladi
54

«Shajarayi turk» tarixning turli masalalariga (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, etnik va h.) 
oid e’tiborga molik ma’lumotlarga boy asardir. 
Abulg’ozi Bahodirxon faqat tarixiy asarlar yozish bilan cheklanmadi. Tabobatga 
oid «Manofe ul-inson» (Inson uchun foydali tadbirlar) nomli asar ham ijod etdi. Asar 
taxminan 1657-yilda yozilgan. Muallif Allohning o’ziga bergan qobiliyatlari qatorida 
tabobat va tabiblik sirlarini o’rganganligini yozmasada, u insonlarning kasalliklari va 
ularni davolash usullarini yaxshi bilganligi yaqqol sezilib turadi. Kitob to’rt qism va 21 
bobdan iborat. O’zFA Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida 4107-raqami 
bilan saqlanadi. Asarida tibbiyotning 120 ga yaqin soxalarida kasallikni davolash va 
emlash usulini bayon etgan. Avval turli oddiy dorilar, keyin murakkab dorilar, ularni 
tayyorlash va qo’llash yo’llari, undan keying qismlarda davolash usullari va davolashga 
doir mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, asarda muallif o’z salaflarining bu sohaga 
doir fikrlari haqida bahs yuritgan. Jumladan, revmatizm, teri va asab xastaliklari, 
umumrtqa pog’onasi, qo’l va oyok bug’imlarida tuz yig’ilishi xastaliklarini davolashda 
53
Россиядаги нусхалари тавсифига қаранг: Дмитриева Л.В., Мугинов А.М., Муратов С.Н. Описание 
тюркских рукописей Инстиута Народов Азии. I. История. / Род ред. А.Н. Кононова. -МОСКВА:Наука. 1965. 
– С. 92-94. 
54
Абулғозийнинг ушбу асаридан 11 нусхаси Тошкентда (Ўз ФА ШИ) ва олтита нусхаси Санкт-Петербургда 
сақланади. Қаралсин: СВР. История. – С. 154-155; Ахмедов Б. Историко-географическая литература. – С. 
72-78; Шу муаллиф.Тарихдан сабоқлар. – Б. 217-223; Дмитриева Л.В., Мугинов А.М., Муратов С.Н. 
Описаниетюркских рукописей Инстиута Народов Азии. I. История. – С. 93-94; Яна қаранг: Лекции 
И.Н.Березина, записанные студентом В. Игнатьевым в 1866 г., 4-я лекция. / Архив востоковедов ЛО ИНА 
АН СССР, разряд III, опись 1. – № 31. В «Ученых записках ИВ АН СССР». VI, 1953. – C. 41 ва кейингилари 
(№29); 
Яна 
асарнинг 
бошқа 
нусхалари 
ҳақида 
қаранг: 
PertschW. 
DieHandschriften-
VerzaeichnissederköniglichenBibliothekzuBerlin.Bd.VI. Verzeichniss der türkischen Handschriften, Berlin. 1889. 
B. 228. №204; Rieu Ch. Catalogue of the Turkish Manuscripts in the British Muzeum. London. 1888. 282a; Blochet 
E. Catalogue des manuscrits turcs de la bibliothèque Nationale de Paris. T. I. Paris. 1932. 232. №141; 
Таржималари: Desmaisons P. Aboul-Ghâzi Bèhâdour-Khan. Histoire de Mogols et de Tatares..., St.-Pbg. I, 1871 
(матни). II. 1874 (таржима); Абулгази. Шаджарайи турк. Перевод Тредъяковского. (Казань) 1770; 
Родословное древо тюрков. Сочинение Абуль-Гази хана хивинского. Перевод и предисловие Г.С. 
Саблукова. Казань, 1906.


25 
tabiiy kuyosh nuri, maxalliy kum, tuz va suv konlaridan foydalangan. U yurt ozodalik 
obodonchiligini, xalq sog’ligini saklashni birinchi masala sifatida karagan. 
Abulg’ozixon o’z zamonasining davlat arbobi, atoqli tarixnavisi va olimi edi. 
Uning quyidagi so’zlarini keltirsak, uning qanday shaxs ekanligini yana ochiqroq 
tasavvur etamiz. «Bu faqirg’a Xudoyi taolo inoyat qilib ko’b nimarsa bergan turur. 
Xususan, uch hunar bergan turur. Avval, sipohiygarlikning qonuni va yo’sinikim, 
nechuk otlanmoq va yurumak va yovg’a yosoq yasamoq, ko’p birlan yuruganda nechuk 
qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq. Ikkinchi, masnaviyot va qasoyid va 
g’azaliyot va muqattaot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy, forsiy va 
turkiy lug’atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam ahdindan to bu damgacha 
Arabistonda, Eron va Turonda va Mo’g’ulistonda o’tgan podshoxdarning otlari va 
umrlarining va saltanatlarining kam va ziyodin bilmaklik. Bu vaqtda fahmlamaklikda 
va tarix bilmaklikda faqirdek kishi shoyad Iroqda va Hindustonda bo’lsa bo’lg’ay, yo’q 
aytsam yolg’on bo’lg’ay. Ammo sipohiyning yo’sunin bilmaklikda, bu choqda 
musulmon va kofirda biz ko’rib va eshitaturg’on yerlarda va yurtlarda yo’q turar. Yer 
yuzi keng turur, eshitmagan yerlarimizda bo’lsa ajab ermas
55
‖. Bu keltirilgan 
ma’lumotlarga qaraganda, Abulg’oziy she’riyatni yaxshi tushunish bilan bir qatorda, 
arab, fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Tarix ilmidan yaxshi xabardor bo’lgan 
Abulg’oziy yuqorida ko’rsatib o’tilgan asarlarni tasnif etgan. Abulg’oziyning hayoti va 
faoliyati haqida gapirar ekanmiz, bu masala yuzasidan, birinchi navbatda, uning mazkur 
asarlariga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Chunki o’zi tasnif etgan asarlarida tarjimai 
holiga oid anchagina ma’lumotlarni keltiradi. Ayniqsa, «Shajarayi turk» asarida o’z 
hayotiga va siyosiy faoliyatiga ancha batafsil to’xtab o’tadi. Abulg’oziy haqida 
biografik ma’lumotlar K.Yusupovning dissertasiya ishida (Abulgazi I Xivinskoye 
xanstvo v pervoy polovine XVII veka) va A.Yu.Yakubovskiyning «Очерки по 
истории Туркменского народа и Туркменистана VIII — XIX вв. (216 — 233с.) 
nomli asarida ham keltirilgan»
56

55
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 167б. 
55
Толстов С.П. Древний Хорезм. -М.: 1948: По следам древнехорезмийской цивилизации. -М., Л.: 1948.-45б. 
55 
Худойназаров Х. « Шажараи турк» ва унинг ўрганилиши. Т.: 1994. 


26 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə