Shajarai turk



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
II.
 
BOB. «Shajarai turk» asarining yaratilishi va unda aks ettirilgan 
tarixiy voqealar ………………………………………… 25-57 
2.1 «Shajarai turk» asarining yozilishi va o’rganilish tarixi…… 25-37 
2.2 Asarda xonlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotining aks ettirilishi … 38-45 
2.3 «Shajarai turk» asarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot 
masalalari……………………………………………………… 46-57 
XULOSA……………………………………………………………… 58-61 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….62-66
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
XX asr o’zbek xalqi tarixida ro’y bergan eng 
muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo’ldi. Istiqlol 
sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o’z e’tiqodi, 
urf-odatlari, qadriyatlari o’z o’rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o’zbek 
xalqiga xos bo’lgan xususiyat va an’analarini hisobga olgan holda o’z 
rivojlanish yo’lini tanlashi, boy madaniyati va ma’naviyatini e’zozlash, xalq 
istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini targ’ib etish, Vatan tarixini 
xolisona o’rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko’tardi. O’z 
oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan O’zbekistonning 
XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, 
mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo 
etishda, davlat boshqaruvini to’g’ri, izchil yo’lga qo’yishda Vatanimizdagi 
tarixiy davlatlarning boshqaruvini o’rganish va uni amaliyotga tadbiq etish 
lozim. 
Uch ming yillik davlatchilik an’analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida 
Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. Yurtboshimiz
I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan 
tantanali marosimda so’zlagan nutqida «tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, 
buyuk fan va madaniyat o’lkasi bo’lgan, jahon sivilazasiyasiga bebaho hissa 
qo’shgan ulug’ zotlar Vatani, «Avesto»dek o’lmas 
asar yaratilgan tabarruk 
tuproq – Xorazm zamini butun dunyoga ma’lum va mashhur. Bu yurt tengsiz 
allomalar, aziz avliyolar, podshoh-u sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko’p 
ko’rgan
»
,
1
deb Xorazm tarixiga bo’lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol 
ko’rsatib bergan. 
O’tmishda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarixiy manbalarni bilish, ularning 
ilmiy merosini o’rganish bizning bugungi kundagi eng muhim vazifalarimizdan
hisoblanadi. Zero, har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq 
1
Каримов И.А. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт пировард мақсадимиз.-Т.: ―Ўзбекистон‖, 2000. 
-Б.75. 



belgilovchi ulug’ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo’ladi.Shunga 
asosan, vatanparvar va xalqparvar ajdodlarimizning ibratli hayoti, o’tmish tarixiy 
voqeligi to’la bayon qilingan asarlarni milliy istiqlol talablari asosida o’rganish 
muhim ahamiyatga ega. XVII asrda yashagan ana shunday bobokalonlarimizdan 
biri Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asari haqida mulohaza yuritar 
ekanmiz, albatta o’rta asrlar davri davlatchiligi, ulardagi ijtimoiy, iqtisodiy, 
hamda madaniy hayot, shuningdek davlat boshqaruvi siyosati kabilar haqida 
tasavvurga ega bo’lamiz. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə