Shajarai turk


Tadqiqotning ilmiy yangiligi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
Ma’lumki, o’zbek xalqi uzoq davrlarga 
borib taqaladigan o’zining boy tarixiga ega. Ammo o’tmishimiz sarchashmalari 
haligacha yetarli o’rganilmagan. Ma’naviy tiklanish dolzarb masala 
hisoblangan bugungi kunda ajdodlarimiz durdonalarini tatqiq etish katta 
ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, Xiva xonligi tarixini o’sha davrga oid 
manbalar («Shajarai turk») asosida o’rganish ham maqsadga muvofiqdir. 
Mavzuning o’rganilish darajasi
. Xorazm tarixi bir qator sharqshunos va 
tarixshunos olimlar tomonidan o’rganilgan. BMI mavzusini yoritish davomida 
Xorazm tarixi, Xiva xonligi tarixi, Abulg’ozixonning faoliyati va asarlarini 
o’rganishga doir asarlar hamda ilmiy adabiyotlar o’rganildi. Jumladan, 
akademik olim S.P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm»
2
, akademik olim 
Ya.G’ulomovning «Xorazmning sug’orilish tarixi»
3
asarlari bu boradagi eng 
muhim tadqiqotlar hisoblanadi. Shuningdek, V.V.Bartold
4
asarlarida Xorazm 
tarixida Xivaning o’rni yuzasidan muhim ma’lumotlar berilgan.
Mustaqillik yillarida ham Xorazm tarixini o’rganish yuzasidan bir qator 
tadqiqotlar amalga oshirildi. N.Polvonov va O.Qo’shjonov
5
, S.Hasanov
6

2
Толстов С.П. Қадимги Хоразм. Т.:1964. 
3
Ғуломов Я.Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т.:1959. 
4
Бартольд В.В. Сочинение.ЧI. М.:1963. 
5
Қўшжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиѐсий жараѐнлар ва ҳаракатлар. T.: 2007. 
6
Ҳасанов С. Хоразм маънавияти дарғалари. -Т.: 2001. 



A.Abdurasulov
7
, D.Bobojonov va M.Abdurasulov
8
, Q.Munirov
9
ning asarlari, 
shuningdek ikki jildli «Xorazm tarixi»
10
kitoblari alohida ahamiyatga ega. 
 
S.Hasanovning 
«Xorazm ma’naviyati darg’alari»nomli asarida esa 
Xorazmda yetishib chiqqan allomalar va ularning fan sohasiga qanday 
yangiliklar qo’shganligi yoritiladi. 
Q.Munirovning «Xorazmda tarixnavislik» asarida Xiva xonligidagi faqat 
tarixiy asarlarga e’tibor qaratiladi. Muallif xonlikda tarix maktabiga xon 
Abulg’ozi asos solganini ham eslatib o’tadi. 
Hududning XIX asr 3-yarmigacha bo’lgan tarixining barcha davrlari haqida 
ma’lumot beruvchi «Xorazm tarixi»
11
monografiyasini alohida takidlash lozim. 
Tarixchi olim H.Xudoynazarovning Abulg’ozi Bahodirxon hayoti va ilmiy 
faoliyatini o’rganishga doir tadqiqotlari ayniqsa diqqatga sazovor. Olimning 
«Abulg’ozi Bahodirxon tarixchi va adib»
12
, shuningdek, «Shajarai turk» va 
uning o’rganilishi»
13
asarlarida Abulg’ozixonning ilmiy merosi, hamda uning 
Xiva xonligi tarixida qo’shgan hissasi haqida so’z yuritilgan.
Shuningdek, «Shajarai turk» asarining qiyosiy tahlili uchun bir qator 
manbalar ham o’rganildi. Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»
14

Gulbadanbegimning 
«Humoyunnoma»
15

Hofiz 
Tanish 
Buxoriyning 
«Abdullanoma»
16
, Munis hamda Ogahiyning «Firdavs ul-iqbol»
17
, Bayoniyning 
«Shajarai Xorazmshohiy»
18
asarlari shular jumlasidandir. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə