Shajarai turk



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1.2
 
Xiva xonligi tarixi va uning fanda
o’rganilishi 
 
1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so’ng Xorazm hududi Eron shohi 
Ismoil tomonidan bo’ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron 
shohining noiblari idora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida 
eroniylarga qarshi xalq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir 
shahrining (Ustyurtda, Ko’xna Urganchdan 60 km uzoqlik da joylashgan bu 
shaharni XV asrda uzbek xonlardan bo’lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi 
Umar Shayx boshchilik qildi. Qo’zg’olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, 
Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qo’shinlarini qirib 
tashladilar. 1512 yilda Xorazmning obro’li shayxlaridan bo’lgan Shayx Ota 
avlodlari ko’chmanchi o’zbeklarning Berka sulton avlodidan bo’lgan 
Elbarsxonga maktub yo’llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon 
taxtga o’tirgach, eroniylarni mamlakat hududlaridan butunlay haydab 
chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini 
hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Saraxs 
viloyati, Mang’ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, 
o’zbek sultonlari va shahzodalar o’rtasida siyosiy birlik yo’q edi. Tez orada 
ular o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu 
kurashlardan foydalangan Buxoro hukmdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 - 
1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bo’ldi. Biroq, 
Ubaydullaxonning 
xukumronligi 
uzoqqa 
cho’zilmadi. Ubaydullaxon 
zulmiga 
chiday 
olmagan 
xorazmliklar 
Anushaxonning 
vorislari 
boshchiligida buxoroliklarga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Ubaydullaxon 
1538 yilda yana Xorazmga qo’shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari 
oralig’idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo’shinlari mag’lubiyatga 
uchradi. Shayboniylardan ozod bo’lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj 
olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi 
shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi xarakatlari 


13 
kuchayib, ular amalda o’zlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir 
vaqtning o’zida ikkita hukmdor tomonidan (mas., Xivada Po’lat Sulton 
vaTemir Sulton) boshqarildi. O’zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va 
Anushaxon avlodlari o’rtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulg’oziy 
ma’lumotlariga ko’ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga 
hokimiyatdan o’nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat 
deyarli inqirozga uchragan edi. O’zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o’z 
navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo’lgan edi
31

XVI asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-
1593/1598-1602 yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi o’zaro urushlarga 
biroz barxam berilib tinchlik va osoyishtalik o’rnatildi. Sug’orish va 
dexqonchilik, hunarmandchilik va savdo sotiq ishlariga jiddiy e’tibor 
qaratilib tashqi savdo xamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon 
hukmronligi davrida poytaxt Urganchdan Xivaga ko’chiriladi (ayrim 
manbalarda XVI asrning 70-yillarida, ayrimlarda esa 90-yillarda). Bunga 
asosiy sabab Amudaryo o’zanining o’zgarib Kasbiy dengizga oqmay 
qo’yishi natijasida (Urganch va Xivaning poytaxtga aylanganligi sanasi 
to’g’risida - 1556 y, 1598 y, 1602- 1621 yy., 1611-1611 yy., 1610-1612 yy., 
1557-1603 yy. kabi fikrlar mavjud) uning atroflaridagi suv tanqisligi bo’lsa, 
ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqyei ancha 
kuchayib, asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. Poytaxt 
Xivaga ko’chirilganidan so’ng davlat ham Xiva xonligi deb atala 
boshlandi
32

Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatini 
qayta tiklashga muvaffaq bo’lib Xorazm xududlarini yana Shayboniylar 
tasarrufiga olish uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha 
yurishlardan so’ng 1593 yilda Xorazm yana Shayboniylar qo’liga o’tdi. 
Abdullaxondan mag’lubiyatga uchragan Xojimxon Xivani tashlab bir 
31
Эшов Б. ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Т.: «Янги аср авлоди», 2012. 
32
Рахманова Ю. Общественно-политическая жизнь города Хивы в XVI- начале ХХ века. Авт-т. Канд. Ист. 
Наук. Т.: 2009. 


14 
guruh navkarlari bilan Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh 
topdi. 1598 yilda Abdullaxon II vafot etganidan so’ng Hojimxon shoh 
Abbosdan ruxsat olib Xorazmga qaytdi. Yangi sharoitda u Urganch bilan 
Vazirni boshqarishni o’ziga olib Xiva bilan Katni Arab Muxammadxonga, 
Hazoraspni Isfandiyor Sultonga berdi. 1600 yilda Xojimxon Urganch va 
Vazir qal’alari boshqaruvini Turkiyadan kelgan o’g’illariga topshirib, o’zi 
Xivada kichik o’g’li Arab Muxammadxon bilan qoladi. 1601 yilda 
Hojimxon 83 yoshida vafot etgach, taxtga uning o’g’li Arab 
Muxammadxon (1602-1623 yy.) o’tirdi
33

Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxt 
uchun kurashlar davom etdi. Xususan, 1605 yilda nayman urug’i vakillari 
Elbarsxon 
avlodiga 
mansub 
Xusrav 
Sultonni 
taxtga 
o’tkazishni 
rejalashtiradilar. Ammo, bu fitna oshkor bo’lib, Xusrav Sulton qatl 
ettiriladi. Oradan ikki yil o’tgach, uyg’ur oksoqollarining maslahati bilan 
Solix Sulton taxtga davogar bo’ladi, bu isyon xam bostirilib, Solih Sulton 
o’ldirildi. 
1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab 
Muhammadxonning o’g’illari xam qo’shildilar. Isfandiyor Hazoraspda
Abulg’oziy Sulton Katda, Habash bilan Elbars sultonlar Vazir va Urganch 
hokimlari etib tayinlangan edilar. Xon farzandlarining xar biri taxtga 
davogar edi. Ayniqsa Habash sulton bilan Elbars sultonlarning harakatlari 
keskin edi. Ota - bolalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayib oxir-oqibatda 
qonli urushga aylandi. 1621 yilda Toshli Yorilish arig’i (Xiva yaqinida) 
yonida Arab Muxammadxon va uning o’g’illari Habash hamda Elbars 
sulton qo’shinlari o’rtasida jang bo’ldi. Isfandiyor va Abdulg’oziy 
sultonlar otasi tomondan turib kurashgan bo’lsalarda, bu jangda Arab 
Muxammadxon yengildi. Arab Muxammadxon avval ko’zlari ko’r qilinib 
Xivaga jo’natildi. 1623 yilda esa Qum qa’lasi yaqinida Arab 
Muxammadxon xotinlari, yosh o’g’illari va ikkita nabirasi bilan o’g’illari 
33
Ўзбекистон тарихи. I қисм. Т. 2002. – 211б. 


15 
Xabash va Elbars sulton tomonidan o’ldirildi. Isfandiyor Eronga (garchi 
unga Makkaga borishga ruxsat bergan bo’lsa-da), Abdulg’oziy esa 
Buxoroga qochib, jon saqladilar. 
1623 yilda otasining qatl etirilganligini eshitgan Isfandiyorxon Durun 
shahri, Abdulxon tog’laridan, turkmanlarning taka, yovmut, sariq 
urug’laridan qo’shin to’plab Urganchga yurish boshladi. Urganch yaqinida 
Isfandiyorxon va Habash - Elbars qo’shinlari o’rtasida 23 kun davom etgan 
jangda birlashgan aka - ukalar qo’shinlari Isfandiyor qo’shini tomonidan 
tor-mor etildi. Elbars qo’lga olinib qatl etildi. Habash Sirdaryo bo’ylaridagi 
qoraqalpoqlardan najot so’radi. Ammo, u bu yerdan boshpana topolmadi va 
navkarlari bilan qo’lga olinib, Isfandiyorxonga topshirildi hamda ularning 
barchasi qatl etildi. 
1623-1643 yillar davomida Xiva xonligi taxtini Isfandiyorxon 
boshqardi. O’zining yigirma yillik davlat boshqaruvini Isfandiyorxon 
turkman qabila boshliqlariga tayanib olib bordi. Xonlikning yuqori 
lavozimlariga turkmanlar tayinlanib, ularga katta imtiyozlar berildi. 
Natijada o’zbek urug’larning Isfandiyorxon siyosatiga qarshi noroziligi 
kuchayib bordi. Isfandiyorxon taxtga o’tirgan yiliyoq nayman urug’larini 
qirg’inbarot qildi. Xonlikdagi o’zbek urug’lari uch bo’lakka bo’linib, biri - 
Mang’it, biri - Qozoqlar yurti va yana biri Movarounnaxrga ko’chib ketdi. 
Oradan ko’p o’tmasdan o’z yurtiga qaytib kelgan o’zbeklar Isfandiyorxon 
tomonidan qilichdan o’tkazildi. 
Isfandiyorxon xonligi davrida xam Xorazmda tinchlik va osoyishtalik 
o’rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. 
Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo’liga berib qo’ygan 
Isfandiyorxondan norozi bo’lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini 
tuzdilar. Bu kuchlarga xonning ukasi Abulg’ozi boshchilik qildi. 
Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo’yilish joyida (Orol bo’yi)da 
istiqomat qilgan o’zbeklar (bu yerda o’zbek qo’ng’irotlari katta siyosiy 
mavqega ega edilar)ning xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib 


16 
bordi. 
Manbalar ma’lumotlariga ko’ra, 1643 yilda Orol bo’yi o’zbeklari 
Abulg’ozi sultonni (1643-1663 yy.) xon qilib ko’tardilar. Xorazm 
davlatchiligi tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida 
mashhur 
bo’lgan Abulg’ozixonning hayot yo’li og’ir kechgan. 
Abdulg’ozixon otasi Arab Muxammad taxtdan ketgach o’zi taxtga 
o’tirgunga qadar uzok yillar (yigirma yildan ko’iroq) muxojirlikda 
yashashga majbur bo’lgan edi. U dastlab Buxoro hukmdori Imomqulixon 
himoyasida, keyinroq esa, ikki yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida 
yashagan. Shundan so’ng Toshkentga kelib bu yerda ikki yil yashadi. 
Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg’oziyni Isfandiyorxon 
bosqinchilikda ayblab xibsga oladi va Isfaxon shahriga Eron shoxi huzuriga 
badarg’a qiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida o’n yil asirlikda 
yashagan Abulg’ozi 1639 yilda o’z nazoratchilari yordamida bandilikdan 
qochishga muvaffaq bo’ldi. Shundan so’ng u bir yilga yaqin Xurosonning 
Mohin qishlog’ida, ikki yilga yaqin Mang’ishloq turkmanlari orasida 
yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni o’z o’rdasiga taklif etadi. Bu yerda 
Abulg’ozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xoni to’plab bergan katta kuch 
bilan 1643 yilda Urganchga qaytib, Orol bo’yi o’zbeklari yordamida Xiva 
taxtiga o’tiradi. 
Abulg’ozixon hali o’zi hayotlik davrida Xiva xonligi taxtini o’g’li 
Anushaxon (1663-1687 yy)ga topshirdi va oradan olti oy o’tib vafot etdi. 
Anushaxon Xiva xonligi mavqei va qudratini oshirish maqsadida otasining 
ishlarini davom ettirdi. U Buxoro, Samarqand va Xurosonga bir necha marta 
harbiy yurishlar uyushtirib xonlik chegaralarini mustahkamlash hamda 
kengaytirish harakatida bo’ldi. Anushaxonning harbiy yurishlarida jasorat 
ko’rsatgan turkmanlarga bo’lgan munosabat o’zgardi. Xon turkmanlarga 
Xorazm vohasi hamda uning atroflariga ko’chib kelishiga ruhsat berdi
34

 
34
Эшов Б. ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Т.: «Янги аср авлоди», 2012. 


17 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə