Shajarai turk



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
2.2
 
Asarda xonlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotining 
aks ettirilishi 
 
XVI va XVII asrning birinchi yarmida Xiva xonligidagi ichki ahvo l 
haqidagi ma’lumotlar juda oz bo’lib ular asosan Xivaga kelgan elchilar va 
savdogarlarning xotiralari, safar haqidagi ma’lumotlari bilan cheklangan. Bu 
davrda 
xonlikning 
tarixini 
yorituvchi 
yagona 
manba 
Abulg’ozi 
Bahodirxonning «Shajarai turk» asaridir. Asarda muallif Xiva xonligi 
tarixidagi o’sha davr siyosiy voqealarni yoritishga e’tibor qaratgan bo’lsa-da, 
unda tarixning turli masalalariga oid e’tiborli ma’lumotlar ko’plab uchraydi. 
Jumladan, asarda o’lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida ham ko’plab
ma’lumotlar mavjud. 
Asarda turk-mo’g’ul qabilalari, xususan, ular nomlari, etimologiyasi, 
urf-odatlari haqidagi etnografik ma’lumotlar keltirilgan. Bunda o’zbeklar, 
sartlar hamda turkman urug’lari (sariq, yovmut, qizil ayoq, ersari va h) 
haqidagi ma’lumotlar xam o’ta muhimdir. Jumladan, u turkiy qabilalarga 
kiruvchi va turk nomi bilan ataluvchi qabilalar quyidagi katta 5 avlod 
(bo’g’in)ni tashkil qiladi degan. Bular: uyg’ur, qang’li/qiniqli, qipchoq, 
qalach, qarluq qabilalari. Shunisi e’tiborga molikki,muallif urug’,qabilalarning 
nomlarini keltirar ekan, ularning hududiy jihatdan joylashish o’rni haqida ham 
ma’lumot beradi:«Qalach – O’g’uz o’g’lonlari turkmanlardin ayrilmay 
Movarounnahr va Xurosonga tushdilar. Qipchoq – Tin va Atil va Yoyiq; bu 
aytilgan suvlarning orasinda o’lturdilar. Qiniqli – turkmanlar bilan birga 
o’lturur erdilar. Turkman viloyatga tushgandin so’ng, Issiqko’l va Chu va 
Talosh; bu aytilg’an suvlarning yoqalarinda vatan qilib ko’p yillar 
o’lturdilar»
80
.So’ngra u boshqa turkiy qabila va urug’lar haqida to’xtab o’tadi: 
1.Takrin yoki makrin; 2. Qirg’izlar; 3. Kamkamchutlar; 4. O’rmanqit; 5. 
Tatarlar; 6. O’yrat/oyrat 7. Tumat urug’i; 8. Nayman; 9. Qirayt 10. Ungut; 11. 
Xitoy; 12.Turqaq13. Mo’g’ul urug’lari;14. Markit/makrit; 15. Qo’nqirat; 16. 
80
Абулғозий. Шажараи турк.Т.: «Чўлпон», 1992. – 31б. 


40 
Inkiras; 17. Alqanut; 18. Qoranut; 19. Qurlas va Echkirin; 20. O’rmavut; 21. 
Qo’niqqimar; 22. Arlat; 23. Kilgit; 24. Baday va qishliq urug’lari; 25. Uyshan; 
26. Suldus; 27. Ilkurkin; 28. Kankit; 29. Do’rman; 30. Barin va suqut; 31. 
O’klan. 32. Bayovut; 33. Jalayir urug’larining nomlarining kelib chiqishi 
hamda hududiy o’rnini keltirgan.Abulg’oziy Bahodirxon o’z kitobida 
mo’g’ullarni ikki katta bo’lakka bo’ladi. Biri qiyon/qiyot (nirun), ikkinchisi 
nuguz/nukuz (darlikin). Bulardan tashqari, mo’g’ullardan 25 ta urug’ va 
qabilalarini tilga oladiki, ulardan barisi o’zbek xalqining etnik tarkibiga 
kirgan
81
.
O’zbeklarning urug’ va qabilalariga tegishli ma’lumotlardan asarda 
keltirilgan urug’ va qabilalar nomi juda muhim. Bular: Orlot/arlat, og’or, 
olayunotli, o’qli, aymoq, boshqird, bayot, tot, totar, temirli, turumchi, turk, 
turkman, taka, turbotli, tevachi, jobi, jomachi, cho’bichoq, cho’boni, 
chig’atoy, cho’ni, xizir eli, xurosonli, xalaj, dukar, soiq, solur, surxi/surqi, 
soqar, saljuq, sultonli, savroqi, sovchili, qo’rg’oli, qo’rqin, qorliq, qipchoq, 
qoratoshli, qalmoq, qirg’iz, chiroyli, qutlar, lola, mo’g’ul, mang’it, nayman, 
mo’ndi, yozir, yag’mo, yovmut, yurti va b
82

O’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid ma’lumotlar orasida 
Xorazmning o’sha zamonlarda ham obod bo’lganligi, Amudaryo o’zanining 
o’zgargan vaqti va uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham qimmatlidir.
Jumladan, Xiva xonligida yashovchi xalqning turmushi, yashash sharoiti, 
faoliyati bilan bog’liq qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Shuningdek, xonlikdagi 
tanazzulning asosiy sabablaridan biri xonlik aholisi nafaqat etnik, balki 
madaniy-iqtisodiy munosabatlarda ham bir-biridan keskin farq qiluvchi uch 
guruhga bo’linganligi, xonlikdagi o’zaro ichki qarama-qarshiliklarni
kuchaytirgansabablardan biri shu ekanligini ta’kidlaydi. 
81
Булар: меркит, қўнғирот, қоранут, қурлос, элчигин, урмовут/уймовут, кўникмар, арлот, келкит, 
бодай/бадай, қилик, уйшун, сулдус/сулдуз, элдуркин/илдуркин, кенкит, дўрбан/дўрман, барин/баҳрин, сукут, 
қурловут, бурқут, уклан/ўқлан, журот, ҳожарот, бойвут, жалойир. 
82
Дониѐров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Б. 35. 


41 
Jumladan, shahar hamda dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi qishloqlar 
aholisi Xorazmda qadimdan yashovchi xalq avlodlari hisoblangan. Ular asosan 
dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.
Ikkinchi muhim etnik guruh turkman qabilalari bo’lib, ular xonlikning 
g’arbiy va janubiy qismlarida yashashgan, hamda asosan chorvachilik va 
qisman dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Turkmanlar ko’plab urug’ va 
qabilalarga bo’linganligi sababli yagona kuch sifatida harakat qila olmaganlar 
va XVI asrda xonlikka bo’ysundirilganlar. Turkmanlarning qo’shni davlatlar 
bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar doirasiga kiritilishi turkman 
qabilalarida ichki aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Bu jarayon turkman 
amaldorlarini Xiva xonlari xizmatiga o’tishini tezlashtirdi, natijada turkman 
qabilalarining tarqoqligi yanada kuchaydi.
Elbarsxon bilan Xorazmga ko’chib o’tgan o’zbeklar uchinchi etnik 
guruhni tashkil qilib, ular ko’chmanchi hayot tarzini va qabila hamda 
urug’larga bo’linishni saqlab qoldi.
«Shajarai turk»da XVI-XVII asrlarga oid xalq tarixining juda ko’p 
tomonlari haqida ma’lumot beriladi. Muallif xonliklar o’rtasidagi talonchilik 
urushlari yoki yaqin qarindoshlar orasida yuz bergan toju-taxt uchun ziddiyatli 
kurashlarni tasvirlar ekan, bu kurashlarda mehnatkash xalqning hal qiluvchi 
roli borligini ta’kidlaydi. Shuningdek, xalqning tez-tez bo’lib turgan qonli 
to’qnashuvlar tufayli vujudga kelgan ayanchli turmush manzarasi tasvirlanadi.
Elbarsxon vafot etgach, o’sha davr taomili bo’yicha xonlik taxtiga 
Yodgorxon nabiralarining to’ng’ichi Belikach sultonning o’g’li Sultong’ozi, 
uning vafotidan so’ng esa Abulakxonning o’g’li Xasanquli o’tirdi. Shundan 
so’ng Elbarsxon va Belikach sultonlarning o’g’illari birlashib Urganchga 
Xasanquli ustiga yurish qiladi va Urganch qamal qilinadi. Bu haqida asarda 
shunday deyiladi: «Urganch ulug’ shahr. Tez-o’q qahatlik bo’la qoldi. Bir 
eshakning kallasi qirq-ellik tanga bo’ldi topilmadi. Chig’iriq desa Urganch 
sartlarining achchig’i kelur. Aning ma’nosi ul tururkim, Urganchning mullolar 
tegan jamoati bo’lur. Ularning bir davlatmand yaxshi kishisi bor edi. Ul eviga 


42 
kirib borsa ko’rarkim mullolarning oqsoqolliklarindin besh-olti kishi o’lturub 
turur. Ev egasi eshakning zakarini tabaqg’a solib yilqining o’gurgan qazisin 
to’g’ragandek chig’iriq-chig’iriq to’g’ray turur. Xalqning ahvoli ikki oyda 
shundaq bo’ldi. Andin so’nggisin mundin qiyos qiling»
83
. Bunda oddiy xalq 
o’zaro urushlar vaqtida qanchalik qiyin ahvolga tushishi yoritilganining 
guvohi bo’lish mumkin. Urganchning o’tmishdagi qahatchiligi va undagi 
xalqlarning ochlikdan o’lar holatga kelganliklari haqida Urganch qo’rg’oni 
qamal qilinganda odamlar ochlikdan o’lmaslik uchun eshak, it go’shtlarini 
yeyishga majbur bo’lganliklari Muhammad Solih ham o’zining 
«Shayboniynoma»
84
dostonida tasdiqlaydi.
Xonlikda mavjud soliqlar haqida asarning So’fiyonxon hukmronligi 
davri qismida keltirilgan. So’fiyonxon Abulxonda yashovchi turkman 
qabilalariga odam yuborib, «Tangri buyuruqinda zakot bermak farz turur. Har 
yilda mollarindin zakot bersunlar. Men kishi yuborib chopturmayin »
85
deb 
odam yuboradi. Turkmanlar xonga itoat qildilar va har yili o’zlarining 
mulklaridan zakot berib turdilar. Bunda katta urug’larga bir kishi va 2-3 ta 
kichik urug’larga bir kishi jami qirqta soliq yig’uvchi yuborilgan. Ular bir 
necha yil davomida soliqlarni vaqtida to’laydilar, ammo bir kuni xonga itoat 
qilishdan bosh tortib, soliq yig’uvchilarni o’ldiradilar. Xon ularni jazolashga 
qaror qiladi va Abulxonga boradi. So’fiyonxon qo’shinidan qochgan 
turkmanlar Cho’takka yashiringanlar. Xon o’z qo’shinlari bilan Cho’takni 
qamal qiladi. Qamalda qolganlar Oqatoyxonga itoat etishga majbur bo’ladi. 
Xon ularga har bir o’ldirilgan odam uchun ming qo’ydan qirq ming qo’y soliq 
belgilagan. Soliqni xonga itoat etmagan taka, yovmud, sariq, va ersarilar 
to’laganlar. Bu voqeadan bir necha yil o’tgandan keyin bu soliq jon boshiga 
va chorvasining miqdoriga qarab boshqa turkmanlarga ham joriy qilindi:
«turkmanlarning 
boshlarina 
va 
mollarina 
loyiq 
mol 
beraturg’an 
turkmanlarning boshining, molining yuzindin hisob qilib, ichki salurg’a o’n 
83
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 125б. 
84
Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. Т.:1961. – 321б. 
8585
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 126б. 


43 
olti ming qo’y, mundin boshqa podshohliq shilanda so’ymoq uchun ming olti 
yuz do’nan qo’y». Bunda keyingi soliq «qozon qo’yi», o’n olti ming qo’yga 
«barot qo’yi» deb nom berilgan
86
. Igdil va chovuldur urug’lari 12 ming, ushoq 
urug’i 4 ming, ko’klanga 12 ming barot, ming ikki yuz qozon qo’yi, adaqlig’a 
12 ming barot qo’yi va ming ikki yuz qozon qo’yi to’lagan. Bunda «Barot 
qo’yi» solig’i navkarlar hisobiga, «qozon qo’yi» solig’i esa xon saroyiga olib 
ketilgan.Bu davrda urganchdan Abulxonga o’tish bir ovuldan ikkinchisiga 
o’tishga teng edi, chunki Amudaryo Urganch qal’asidan Abulxon tog’ining
sharqiy tomoniga qarab oqar edi. O’sha joydan O’g’argacha o’tib Mozandaron 
(Kaspiy) dengiziga quyilgan. o’sha davrda Amudaryoning har ikki tomoni 
bo’ylab ekinzorlar bo’lgan, bu yerda ko’plab mevali daraxtlar, uzumzorlar 
bo’lgan. Baland yerlarga chig’iriqlar qurilgan
87
.
Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi – dehqonchilik va chorvachilik 
bilan shug’ullangan. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari 
yetishtirilgan. Jumladan, asarda ma’lumot berilishicha, ekinzorlarga asosan 
g’alla ekilib, ayniqsa kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Bu haqida 
asarda quyidagicha yoziladi: «Ul vaqtda Mazdehqon qal’asindin to 
Baqirg’anning beri yuzi Quyg’un tegan yergacha bug’doy ekilur erdi. Bizning 
xon (Arab Muhammadxon) Tuk qal’asining yuqorisidin bir ariq qazdurub 
tururlar. Faqir dunyog’a kelmasdin bir yil burun. Me’zon bo’lg’anda saqasini 
ko’marlar erdi. Bug’doyni o’rg’an vaqtda ocharlar erdi. Bir necha yildin so’ng 
ariqning kengligi otqan o’q o’tmasday bo’ldi. Suvning oyoqi Quyg’un bordi.
Yolg’uz bug’doy ekilur erdi. Otli kishi o’n kunda bug’doyning toshindan 
aylanib kela bilmas erdi. Ul vaqtda pul-puchak, yarim misqol ko’mush 
birtanga yerina yurur erdi.
88
Bir tangaga yarim teva yuki bug’doy berurlar erdi. 
Bir misqol ko’mushga bir xarvor bug’doy berurlar erdi». Bundan 
Arabmuhammadxon davrida Tuk qal’asining yuqori qismidan kanal 
o’tkazilgani, bu bilan juda keng hududlarning sug’orilganligi haqida bilib 
86
Бу солиқларнинг умумий миқдори 58 минг 800 қўйни ташкил қилган. 
87
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 126б. 
88
Ўша асар. – 161-162б. 


44 
olishimiz mumkin bo’ladi. Dehqonlar me’zon oylarida bug’doy ekkanlar va 
o’rimdan so’ng u yerga suv quyganlar. Bu orqali ular bug’doydan hosilini
ko’proq olganlar. Abulg’ozixon bir necha yillarda kanal suvi katta oqimga 
aylanganligi hamda tabiiyki ekin yerlari ham kengangayligini, natijada 
bug’doyning narxi ancha arzonlashganini alohida ta’kidlagan. Bundan 
tashqari, yuqoridagi parcha orqali o’sha davrdagi pul muomalasi haqida ham 
ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin, ya’ni muallifning yozishicha, yarim 
misqol kumush bir tanga miqdoriga teng bo’lgan. Bir misqol kumushga bir 
eshak yuki og’irligida, bir tangaga esa, bir tuya yuki og’irligida bug’doy olish 
mumkin edi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, xonlikdagi siyosiy 
vaziyat nihoyatda keskinlashgan Arabmuhammadxon davrida ham sug’orish 
inshootlari qurilishiga, xalq hayoti, turmush darajasining yaxshilanishiga 
e’tibor qaratilgan. 
Bu davrda sug’orish inshootlari qurilishining asosiy sababi, o’sha davrda 
sug’orish tizimining o’zgarganligi bo’ldi: Amudaryo o’z o’zanini o’zgartirib, 
eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylanadi. Bu haqida muallif: «Biz 
dunyog’a kelmasdin o’ttuz yil ilgari Amu suvi, xost kinorasining yuqorisini 
Qora ayg’ir to’qayi derlar, ul yerdin yo’l yasab oqib, Tuk qal’asina borib, Sir 
dengizina qo’yg’an erkandur. Ul sababdin Urganch cho’l bo’lubti. Ra’iyat 
Urganch cho’l ham bo’lsa o’lturub, xon boshliq sipoh xalqi yoz Amu suvining 
yoqasinda munosib yerlarda ekin ekib o’lturub, ekinni olg’andin so’ng 
Urganch borurlar erkandur»
89
. Demak, Amudaryo o’zanining o’zgarganligi 
(1573) sabab, Urganch cho’lga aylanadi. Natijada bu yerda dehqonchilik bilan 
shug’ullanishning imkoni bo’lmaydi va aholi daryo yoqasida ekin ekib, uni 
o’rgach Urganchga qaytadi. Bundan aholining bu davrda ham to’la 
o’troqlashmaganligi ma’lum bo’ladi. 
Xonligida suv tanqisligi aholining katta qismini tashkil qilgan
chorvadorlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmadi. Bu haqida: «Bahor qo’y 
89
Ўша асар, 167б. 


45 
qo’zilar. Xevaqda o’t bo’lmas. Rang chiqar. Xevaq turkmani qumg’a ketar. 
Sart ekin ekmak uchun kendli kendina ketar»
90
.
Aholi orasida ruhoniylar alohida mavqega ega edilar. Darvish shayxlari 
Xivadagi ta’sirlaridan foydalanib, xonlar o’rtasidagi kurashlarda faol 
qatnashganlar. Bu haqida Abulg’ozixon shunday yozadi: «Bakirg’an 
ostonasinda Sayid ota avlodindin bir kishi bor erdi, Nazar xoja derlar erdi. 
Elbars sulton aning qizin oldi… Shul kunlar xalqning barchasi otlanib
Asfandiyor sultonning kelganini yaxshi bo’ldi, otasini bilmagan zolimlardan 
xudoy qutqazdi, deb guruh-guruh Asfandiyor sultong’a kela erkandur... Piyoda 
va otli o’tmasdan Asfandiyor sultong’a ko’makka kelaturg’an kishining va 
ba’zisini so’z birlan va ba’zisini zo’r birlan o’zini qo’shub aytibdur. «Xudoy 
ko’rsatmasin Asfandiyor sulton yurt olsa erkagingizni o’lturur va 
urg’achingizni Abulxon va Manqishloq turkmaniga buyurur. Ul o’lja qilib olib 
ketar. Agar mening bu so’zimda yolg’on bo’lsa, tangrining kalomi ursin 
meni»- teb, har kishining oldinda Qur’ondan bir ont ichibdur. Asfandiyor 
sultong’a kelaturg’an kishining barchasini qatig’a yig’di-da oldi. O’g’lon-
ushoqini turkman o’lja etar teb ond ichgandin so’ng, qo’rqti… Bir oqsaqolli 
sayid har kunda Qur’ondin yuz karrat ont ichsa, men sizlarning g’amingizni 
yeyman tesa kim inonmas»
91
. Bunda Abulg’ozixon otasiga qarshi isyon 
ko’targan Habash Sulton va Elbars Sultonlar Shayx Sayid ota avlodidan 
hisoblangan shayx Nazar xoja 1622-yilda Arab Muhammadxonning 
o’g’illarini otasiga qarshi kurashda qo’llab quvvatlaydi, hamda xalqni ham 
o’ziga ergashtirishga erishadi. Natijada Habash sulton va Elbars sultonlarga 
qarshi kurashga chog’langan xalq Nazar hojiga ergashadi.
1558-yilda Volga daryosi bo’ylab suzib Astraxan shahridan Kaspiy 
dengizi orqali Mang’ishloq yarimorolida bo’lgan sayyoh A. Jenkinson o’z 
esdaliklarida shunday yozadi: «Bu sulton (Temur sulton) ko’shk va shaharda 
yashamay, sahroda yashagan va men uning kichkinagina qamishdan yasalgan, 
90
Ўша асар, 172б. 
91
Ўша асар, 164б. 


46 
usti kigiz va gilamlar bilan o’ralgan o’toviga kirib borganimda u o’tirgan edi. 
U bilan birga bu mamlakatning ruhoniysi o’tirgan edi. Yevropaning kattagina 
qismida Rim yepiskopini qanchalik hurmat qilsalar, uni ham xalq shunchalik 
azizlar edi»
92
- deya qayd etgan edi.
Bu davrda xonlikda savdo munosabatlari to’xtaladigan bo’lsak, o’zaro 
feodal urushlar va qo’shni davlatlar bilan bo’lgan ixtiloflar savdo 
aloqalarining, xususan karvon savdosining o’sishiga katta zarba berdi. Lekin, 
shunga qaramay, Buxoro va Xiva xonliklari o’rtasida savdo-sotiq tamoman 
to’xtab qolmadi. Abdullaxon II xonlikni egallashi arafasida Movarounnahrlik 
yirik savdogarlar shuningdek, ziyoratchilar Shirvonga ketishda qizilboshlar 
yerlari orqali o’tishni xoxlamay, Urganch orqali Mang’ishloqqa o’tishgan, 
hamda shu yerdan Shirvonga boradigan kemalarga o’tishgan. Abdullaxon 
IIning xonlikka bostirib kirishining muhim sabablaridan biri ham shu edi. 
Rossiya bilan savdo aloqalari yuritish esa O’rta Osiyo xo’jaligining 
rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega edi:«Biz dunyog’a kelgan yilining 
avval bahorinda o’n yetti kishi o’rusg’a savdoga ketar»
93
. Bu haqda asarda 
batafsil ma’lumot berilmagan bo’lsa-da, o’sha davrda xonlik aholisining 
qo’shni 
mamlakatlar 
bilan 
savdo 
aloqalari 
bo’lganligidan 
dalolatdir.Shuningdek, Xorazm madaniyati tarixini o’rgangan olim S.P.Tolstov 
bu yerda oz bo’lsada Buxoro va Erondan turli mollar keltirilishi haqida qayd 
qilgan
94


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə