Shajarai turk



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
 
 
 
 
 
92
Дженкинсон А. Путешествие в Среднюю Азию 1558-1560гг. Английские путешествие в Московском 
государстве в XVI веке. Перевод с английского Л.Готье. Л.:1932. 
93
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 167б. 
94
Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. М-Л.:1948. – 53б. 


47 
2.3 «Shajarai turk» asarida ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayot masalalari 
 
«Shajarai turk»da keltirilgan tarixiy ma’lumotlar ichida Shaybon ulusi va 
uning sarhadlari, uning XV asrning so’nggi choragi XVI asr boshlaridagi 
umumiy ahvoli, Sibir xonligi, Xorazmning XVI – XVII asrning birinchi 
yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, uning Rusiya, Qozoq hamda Buxoro 
xonliklari bilan bo’lgan o’zaro munosabatlari haqidagi ma’lumotlar diqqatga 
sazovordir.
Shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda O’rta Osiyo hududida
feodal tarqoqlik kuchaya boshlaydi. Buning ijtimoiy - siyosiy sabablaridan 
biri shayboniylar davlati boshida cheksiz huquqqa ega bo’lgan xon 
o’tirgan, butun viloyatlar shu xonadon a’zolariga, sultonlarga bo’lib 
berilgan, viloyat hukmronlarn esa maxsus askariy guruhga, urug’ va 
qabilalarning 
yuqori 
doiralariga, 
ruhoniylarga 
suyanganlar. 
Biroq 
hukmdorlar xonga bo’ysunishni istamay, o’z hududini mustaqil 
boshqarishga intilgan.
«Shajarai turk»da muallif ta’kidlaganidek, asarni yozishdan maqsad 
Yodgorxon davridan boshlab yozilmay qolgan tarixni yozib, uni keiyngi 
avlodlarga yetkazish edi. Bunda Abulg’ozixonning o’zi hukmdor 
bo’lganligi sabab, u rasmiy doira arboblariga itoat etishi shart bo’lmagan. 
Bu esa, mutloq ijod erkinligini ta’minlagan ya’ni asarda o’zidan oldingi va 
o’zi bilan zamondosh hukmdorlarning, shuningdek o’zining ham davlat 
boshqaruvi, ichki va tashqi siyosati haqidagi fikrlarini ochiq bayon etgan. 
Jumladan, hukmdorlar siyosati o’zaro kurashlar oqibatida mahalliy 
xalqning aziyat chekkani asarda jonli tarzda bayon etiladi. Elbarsxon 
vafotidan so’ng, Yodgorxon nabiralari o’rtasida toj-taxt uchun bo’lgan 
kurashlarda Urganch shahri, uning aholisining ahvoli ifodalangan.
Shayboniyxon vafotidan so’ng shoh Ismoil Xurosondagi barcha 
viloyatlarga dorug’a yubordi. Xorazmga ham uchta dorug’a yuborilib, 


48 
ulardan biri Xiva va Hazoraspga, yana biri Urganchga hamda keyingisi 
Vazir shaharlariga yuboriladi. Demak, xonlik tuzilishi arafasida undagi 
asosiy shaharlar Xiva, Hazorasp, Urganch va Vazir shaharlarining siyosiy 
mavqyei baland bo’lgan. So’fiyonxon davrida xonlik poytaxti Urganch 
shahri bo’lib, shuningdek bu davrda xonlikda Vazir, Yangi shahar, Ti rsak, 
Xuroson, Durun, Manqishloq, Xiva, Hazorasp, Kat, Buldumsoz, Pingichka, 
Bog’obod, Nisoy, Obivard, Chahordeh, Mahna, Chacha, Abulxon va 
Dehiston kabi shaharlar bo’lgan. Xonlik taxtiga sulola vakillarining eng 
yoshi ulug’i o’tqazilgan. Bunday taomilning mavjudligi ham ba’zan 
ayanchli oqibatlarga olib kelganligi haqida asarda bir necha bor qayd 
etiladi. Chunki, sulola vakillarining hammasi ham boshqaruvchilik 
qobiliyati ega emas edi.
«Shajarai turk» asarida tashqi siyosatda Eron bilan munosabatlar ko’p 
o’rinlarda eslatiladi. Buqachaxon hukmroligi davrida shoh Tahmasp 
xonlikka elchi yuboradi: «Men xong’a o’g’ul bo’layin deytururman. 
Temurbiy Chingizxon avlodina kuyov bo’ldi ersa, hanuzgacha ani Temur 
Ko’ragan deytururlar. Men ham Chingizxon avlodina ko’ragan bo’lmoqni 
ko’nglim izlay turur. To Xunkordek ulug’ dushmanim aytqay kim shoh 
Tahmosib o’zbek podshohining qizin oldi; yaxshi yarashdi»
95

Bug’achaxonning o’z qizi yo’q edi, shuning uchun u So’fiyonxonning 
Oysha begi otli qizini unga uzatadi. Oysha begining Ag’ish sulton ismli 
akasi boshchiligida to’qqiz kishi Kazvinga yuboriladi. Shoh Ag’ish 
sultonni juda katta ehtirom va tantanalar bilan qarshi oladi. Ag’ish sultonga 
Xo’jand shahrini beradi, sulton Xo’jandni vafot etgunicha o’ttiz yil 
davomida boshqaradi. Shuningdek, Bug’achaxonga to’qqizta oltin xisht 
(xanjar), to’qqizta kumush xisht, to’qqizta tepasi zarbof, quyisi ipakdan 
tikilgan, to’shaki va barcha buyuumlari oltin va kumushdan bo’lgan chodir, 
egari va yugani bo’lgan to’qqizta ot, shu bilan birga ming bo’lak ipak 
95
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 128б. 


49 
matolar yuboradi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, chingiziylar 
avlodining obro’si nafaqat Movarounnahr va Xuroson, balki Eronda ham 
yuqori ekanligi va o’sha davrda ham ahamiyatini yo’qotmaganining guvohi 
bo’lamiz. Shuningdek, shoh Ismoil davridagi o’zaro nizolar bu davrga kelib 
ancha yumshaganligi ham ma’lum bo’ladi.
Avaneshxon davrida Xuroson etagidan to Astrobodgacha bo’lgan 
yerlar Urganch podsholariga taalluqli bo’lgan. Uning Dinmuhammad, 
Mahmud va Ali sulton ismli uch o’g’li bo’lgan. Dinmuhammad 19 yoshiga 
yetganda ham otasi unga hech nima bermaydi. Bu vaqtda Urganchlik 
yigitlar Xurosonga, qizilboshlar ustiga bosqinchi lik natijasida o’ljaga ega 
bo’lib qaytar edilar. Dinmuhammad otasining ruxsatisiz Astrobod va 
Mozandaronga yurishgamani shu yigitlar bilan kelishadi. O’zaro 
kelishmovchiliklar tufayli Dinmuhammadxon Muhammadg’ozi sultonni 
o’ldiradi. Bu xabarni eshitgan Sultong’ozi Vazirda Ali sultonni o’ldiradi. 
Avaneshxon bu voqealardan so’ng kengash chaqiradi. Kalxon, Aqatoyxon, 
akasi So’fiyonxon va Bug’achaxon bundan xabar topgach, Sulton g’ozining 
kishilari Avaneshxonga xujum qildi deb Vazir ustiga, Avaneshxon kishilari 
esa Urganchga yurish qiladi. Amnakxonning o’g’illari Urganchda, 
Elbarsxonning o’g’illari Vazir shahrida kengashadilar. Avaneshxon ko’p 
marta yarashishni taklif qiladi, ammo aka-ukalari bunga rozi bo’lmaydilar. 
Amnakxon o’g’illari Vazirning kun chiqish tomonidagi obod Qumkend 
shahriga boradilar va Sulton g’ozi bilan urushadilar. Avaneshxon urushni 
borshsitirishiga qaramay, Vazir shahriga kirib boradilar va Elbarsxonning 
Sulton g’ozi boshliq 16 ta o’g’illarini o’ldirdilar. Aqatoyxon Sulton 
g’ozining xotini, ikki o’g’li va ikki qizini Buxoroga yuboradi. Shundan 
so’ng Belikach sulton avlodlari Yangi shahrdan Qumkendga kelgach, 
bo’lgan voqeadan xabar topadi. Shundan so’ng ular urganch orqali 
Buxoroga yurishga qaror qiladi
96
.
Bu voqealardan xabar topgan Buxoro xoni Ubaydxon (Ubaydullaxon) 
96
Ўша асар, 1992. – 133б. 


50 
Buxorodan, Abulxayrxonning o’g’illari ittifoq tuzib, Toshkentdan 
Baroqxon, Samarqanddan Juvonmardxon, Hisordan Hamza Mahdiyxonning 
nabiralari Urganch ustiga yurish qiladilar. Abulg’ozixon Ubaydullaxonga 
qarshi kurashga otlangan Dinmuhammadxon haqida gapirar ekan uning 
tashabbuskorligini ta’riflab: « ―Tangrim jonimni senga topshirdim, tani mni 
tuproqqa topshurdum‖ teb turpoqni ko’ylakining yoqasindin qo’ynig’a 
qo’yub ko’pa berdi-da beklarga qarab aytdi «Men o’ldum agar sizlarning 
joningiz mendin ortiq bo’lsa, urushg’a bormang, agar mening birlan 
barobar bo’lsa qolmang», tedi, taqi otlanib yuruy berdi. Barchalari yig’lay-
yig’lay Dinmuhammad sultonning ortindan ketdilar»
97

Hoji Muhammadxon (1558-1593)xonligi davrida Abdullaxon II
xonlik hududiga yurish qiladi. «Shajarai turk»da Abdullaxon II yurishi 
uchun uch sabab ko’rsatiladi. Birinchidan, Abdullaxon IIning ovozasi bu 
davrda Rum hukmdorigacha boradi va u Abdullaxon oldiga Payola podshoh 
degan kishini elchi qilib yuboradi va bir tomondan u va bir tomondan 
Abdullaxon bo’lib shayx o’g’lini (fors shohi) qirib tashlashni taklif qiladi. 
Payola podshoni ehtirom bilan kuzatdi. U bu yerga Hindiston orqali uch 
yilda yetib kelgan edi. Shundan so’ng u Urganch va undan turkmanga borib 
Shirvon orqali borsam Istambulgacha to’rt oylik yo’l deydi. Yurishning 
ikkinchi sababi ham mana shudir. Chunki, bu davrda Shirvon Rum 
hukmdori mustamlakasi bo’lib, Movarounnahrning hojilari va savdogarlari 
qizilboshlarning yeridan o’tmaslik uchun Urganch orqali Mang’ishloqqa 
o’tib, bu yerdan Shirvon kemalariga chiqadilar. Urganchga kelgan Payola 
sultonning barcha mollarini Hoji Muhammadxonning o’g’li Ibrohim 
sulton olib qo’yadi. Bundan g’azablangan Abdullaxon uni qayta 
Mang’ishloqqa yuborib, Shirvon kemasiga o’tirishini ta’minlaydi. 
Urganchga yurish qilishidan bir yil oldin Hoji Qo’tas degan kishi ko’p 
hojilarga va karvonga boshchilik qilib Xivaga keladi. Po’lod sultonning 
97
Ўша асар, 1992. – 135б. 


51 
to’ng’ich o’g’li Boba sulton ularning barcha mollarini tortib oladi va 
o’zlarini piyoda Buxoroga quvib yubordi. Hoji Qo’tas Abdullaxonga arz 
qiladi, bunga javoban Abdullaxon «Hoji Muhammadxon men kabi podshoh, 
navkarim emas» deydi. Shunda Hoji Qo’tas: «tangla tangri qozi bo’lib, 
payg’ambar shafoatchi bo’lganda, seni tutub yukunurman-da, ayturman 
«Xudoyim Hoji Muhammadxonning kuchi Abdullaxonning bir navkarindin 
ortuq ermas erdi. Abdullaxonning kuchi yotar erdi, erindi. Taqi borib 
mening haqqimni olib bermadi» derman. Xon aytibdi hoji bir ulug’ yerdin 
tuttung. Xo’b-xo’b, qo’limizdan kelsa qilali»
98
tebdi. 
Yurishning keyingi sababi bu davrga kelib Avaneshxon nabiralarining 
barchasi vafot etib, Abulxonning lo’lidan tug’ilgan bir noma’lum o’g’li 
qolgan edi. U Marv va Obivardni boshqargan. Hoji Muhammadxon 
ukalarining o’g’illari har yili Marvga yurish qilib unga ko’p ozor beradilar. 
Nurumxon 
bunga 
chidolmay 
Abdullaxon 
oldiga 
xutbani 
Hoji 
Muhammadxon nomiga emas Abdullaxon II nomiga o’qisam Marvni 
iyenga berar deb keladi. Shundan so’ng Abdullaxon II hujum boshlab 
Marv, Obivard, Nisoy va Bog’obodni egallaydi. Hoji Muhammadxon 
qo’lida Xurosonda Durunda boshqa viloyat qolmaydi
99
.
Arab Muhammadxon davrida kurashlar yanada avj olgan. Abulg’ozi 
Xorazm xonligining o’ziga tegishli bir bo’lagini boshqarayotgan dastlabki 
yillardan boshlab, kuchli markazlashgan feodal davlati tarafdori 
ekanligini 
namoyish 
qiladi. 
Xisrav 
sulton, 
Somi 
sultonlarning 
Arabmuhammad davlatini fitna yo’li bilan egallashga intilishlarini qattiq 
qoralaydi. Otasining faqat fitna boshliqlarinigina o’ldirib, ularning 
sheriklari gunohlarini kechishi bilan kelisha olmaydi. «Xonning fe’li 
kengligi va gunohkorlarni afv qilg’ani, otamiz xonning boshina va barcha 
yurt xalqining boshina ko’rguliklar keltirur»
100
, - hisoblaydi. Yurtdagi 
notinchliklarda, qavm-qarindosh, ota-bola, aka-ukalarning toj talashib, 
98
Ўша асар, 151б. 
99
Ўша асар, 151б. 
100
Ўша асар, 160б. 


52 
o’zaro urushlaridan bezor bo’lgan Abulg’ozi feodalizmning ilk rivojlanish 
davrlarini haqida shunday yozadi: 
«Qadimiy xalq bu zamonning xalqindin yaxshi erdi. Agar el va xalq 
yig’ylib, kishi o’ltura bilur bo’lsa va yo gunohkor so’ray bilur bo’lsa va yo 
bir ish boshqarmoq qo’lindin kelur bo’lsa, ne uchun bir mardg’a podshoh ot 
qo’yub, evining to’rmida o’lturtub, barcha xalq ixtiyorlarin aning qo’lina 
beratururlar»
101

Bu o’rinda cheksiz huquqqa ega bo’lgan hokimi mutlaq haqidagi 
barcha elu yurtlarning «bir mard podshoh»ga bo’ysunishi to’g’risidagi 
orzular, ya’ni mamlakatning kichik-kichik xonliklarga bo’linib ketishidan 
norozilik, e’tiroz ko’rinib turibdi. Shu boisdan ham Abulg’ozi o’z otasi 
tirikligidayoq toj-taxt talashib, xonlikni parchalab yuborayotgan akalari Xa -
bash va Elbars sultonlarga va ularning niqoblangan homiylar i Qurbon hoji 
va Chin hojilarni qoralaydi. Otasi Arabmuhammading isyon ko’targan 
o’g’illari yoniga Qurbon hojini yuborib, u keltirgan soxta xabarga 
ishonganidan norozi bo’lgan Abulg’ozi: 
«... Men ham otamni ko’rayin teb eshikka borib erdim, Hoji ham eshikka 
keldi, xon qatiga birga kirduk. Xon: «Ko’rgan-eshitganingni ayt, hoji»,— tedilar. 
Ne aytayin xonim, borg’anima pushaymoi bo’ldum. Yuqorisi Dorug’an ota, quynii 
Baqirg’an otag’acha o’lturg’an o’zbek o’g’lonlarining qatig’a yig’ilib turur... Men 
bir og’iz otangiz chorulata yubordn teb aytib erdim, ming yerdin qichqurg’an ovoz 
keldi... Xonim ish yomon bo’ldi. O’zung bilursen, mening senga jonim kuyganda, 
o’zgalarning to’kining etaki kuymas. Emdi Xevaqga ketako’r. Bu zolimlardin 
yiroq bo’l. Elimiz, xalqimiz bir maslahat qilurmiz»
102
,— deb aytgan gaplariga 
ishonganidan Abulg’ozi g’azablanadi. Vaholanki, asarda ta’kidalanishicha, «O’sha 
vaqtlarda xalq xondin (Arab Muhammadxon) andag’ qo’rqar edilarkim, … Xon 
ko’runushga chiqib xalqg’a aytsa, ini va o’g’lunguzni Habash qatig’a yubormang, 
agar har kim yuborsa mendin yaxshilik umid qilmasun, mening bu so’zumni bir-
101
Ўша асар, 161б. 
102
Ўша асар, - 167б. 


53 
biringizga ayting teb hukm qilsa, kishi yuborib shahrlarda va bozorlarda ushbu 
so’zni aytib jar chorlatsa, bir kishining haddi yo’q erdi, evindin tashqari chiqa 
bilgay».
103
Asfandiyor sulton bilan Abulg’ozixon birgalashib qo’shin tortib, Elbars 
sultonning ustiga bostirib boradilar va isyonchi ustidan g’alaba qozonadilar. 
Mag’lubiyatga uchragan Elbars sulton besh-olti kishi bilan qirg’a chiqib 
ketadi. Ana shundan keyingi voqealar, «Shajarai turk»da quyidagicha 
tasvirlanadi: «... Evini va elini chobduq. (Elbars sultonning oila a’zolari va 
uning yaqin odamlari ko’zda tutiladi.) Barcha sultonlar xon qatig’a 
yig’ilduk. Otamni ko’rayin teb keldum. Urduda yakka namozshom o’qub 
turub erdilar. Namozdin forig’ bo’lg’andii so’ng yaqinlarig’a kelib 
o’lturdim-da, aytdum: «Elbars sulton besh-olti kishi birlan qirg’a chiqib 
ketdi. Emdi ne fikr qilasiz?» Aytdilar: «Sening ko’nglingga ne kela turur?» 
Men aytdum: «Asfandiyor sulton birlan faqirg’a xukm qilung... Elbars 
sultonni o’ldurali, andin so’ng qolgan besh o’g’liigizshitg hech qaysisi 
sizning hukmingizga tajovuz qilmaslar»
104
. Arab Muhammadxon bu 
masalada Chin hoji bilan maslahatlashadi. Habash va Elbarslar tomonida 
bo’lgan Chin hoji «O’g’lonlaringizning birisin o’ltursangiz, qolg’anining 
hech qaysisi sizga inonmas»
105
deydi.
Bu o’rinda Abulg’ozining dunyoqarashi ochiq-oydin ifodalangan. U 
yirik davlatni parchalanib ketishdan saqlab qolishga intiladi, otasi va 
akalarini shunga undaydi. Lekin otasi Arabmuhammad o’g’li Abulg’ozining 
taklif-mulohazalarinn qabul qilmaydi. Abulg’ozi haqiqatni otasi yuziga 
antib solishdan ham qaytmaydi: «... Sizni tutub, evga solib, molingnzni 
olg’andin so’ng, emdi ne qoldi? Tongla mundin yomonki ishlar bo’lur, 
pushaymon qilursiz»,— deydi.
Biz Abulg’ozining yuqoridagi so’zlaridan uning o’sha davr tarixiy 
103
Ўша асар, – 161б. 
104
Ўша асар, – 163б. 
105
Ўша асар, – 163б. 


54 
voqealarinnng shohidi, faol ishgirokchisi ekanligini bilib olamiz. Haqiqatan 
ham, Xabash va Elbarslar, Abulg’ozi to’g’ri ta’kidlaganidek, yomon ishlar 
qila boshlaydilar.
Arabmuhammad jangda yengiladi, qamoqqa olinadi, farzandlari har 
tomonga tarqab ketadi. Abulg’ozi Buxoroga, Asfandiyor sulton Makkaga 
ketishga majbur bo’ladi. Keyinchalik Xabash va Elbars sultonlar o’z 
otasining ko’ziga mil tortish bilan hamqanoatlanmay, uni o’g’li va 
nabiralari — Asfandiyorxonning ikki o’g’li bilan Xorazmshoh ismli ukasini 
qatl qiladilar. 
Asfandiyorxon davrida ham o’zaro qirg’in urushlar to’xtamaydi. 
Asfandiyorxon taxtga turkmanlar yordamida chiqqach, xonlikda ularning 
mavqyeini oshirishga harakat qiladi, hamda o’zbeklarga zulm qila boshlaydi, ularni 
shafqatsizlik bilan qiradi. Ayniqsa, uyg’urlar va naymanlar qattiq jabr ko’radilar: 
«… Asfandiyorxon uyg’ur, naymanni qirdi. Andin so’ng barcha o’zbek birlan yov 
bo’ldi. O’zbek uch bo’lindi. Birisi mang’it, birisi qozoq, va birisi Movarounnahrga 
ketdi»
106
.
Bundan keyiigi kurashlar aka-ukalar Asfandiyorxon, Abulg’ozi va 
Sharifmuhammad xonlar o’rtasida yuz beradi. Chunki toj-taxtga ega 
bo’lgan Asfandiyorxon ham o’zidan oldingi saltanat an’analariga amal 
qilib, Xiva, Xazorasp va Katni o’zi oladi. Urganchni Abulg’ozixonga, 
Vazirni Sharifmuhammadxonga in’om qiladi. Asfandiyorxonning turkman 
qabilalariga tayanib saltanatni boshqarganini kurgan Abulg’ozixon o’zbek 
qabilalariga tayanib, xonlikni butunlay qo’lga kiritish siyosatini yurgizadi. 
Asfandiyorxon barcha o’zbeklarning Buxoroga ko’chib ketishlaridan 
hayiqib, ularning taklifini qabul qilishga majbur bo’ladi. Bu 
muvaffaqiyatdan mag’rurlanib ketgan o’zbek qabilalarining beklari 
Abulg’ozining tadbirlariga ko’nmay, uni tezroq taxtga ko’tarishga 
shoshiladilar. «... Bu kecha to’rt yoqg’a kishi yuborali. Tong otkanda ming 
106
Ўша асар, – 166б. 


55 
kishi darvozada hozir bo’lsun. Muhammad Husaynbek boshliq bu turkmanni 
qiroli. Taqi, Xevaqdaqn o’lturg’an turkmanni chopali. Bu qish Xevaqning 
qalxasiiin qabab stali. Bahor olurmiz»,— deb shovqin solishadi. 
Abulg’ozining «... turkmanni qira bilmassiz. Eshitib qochar. Qishina 
turkmanning barchasi Xevaq ustida turur. Ani ham ola bilmassiz. Xevaq 
borib yotsangiz evingiz egasiz bo’lur. Qalmuq kelur. Taqi o’g’lon
o’shoqingizni olur ketar», deb ularni bu yo’ldan qaytarishga intiladi va 
o’zining quyidagi tadbirlarini ular o’rtasiga tashlaydi: 
«... Muhammad Husayn boshliq turkmanlarni yaxshi siylab yuborali. Sharif 
Muhammad kuyuk qal’ada qishlasun. O’zbekning barchasini buz to’yg’andin so’ng 
ko’churib Sharif Muhammad birlan bizning oramizg’a kelturali. Har besh yuz evli 
va ming evli bir jib solib qishlasun... Bir yerg’a yig’ilali. Ichimizda oz bo’lsa besh-
olti yuz turkman bo’lur. Avval ani qirali. Taqi Xevaq ustina yurali, bu vaqtda 
Abulxon va Manqishloqning turkmani oshliq olmoq uchun Xevaqg’a kelnb, 
barchasi enlik evina ketar. Bahor qo’y-qo’zilar uchun Xevaqda o’t bo’lmas... Sart 
eki ekmoq uchun kendli kendina ketar. Xevaq ichinda Asfandiyorxon qatinda ko’p 
bo’lsa yuz, oz bo’lsa ellik kishi qolur. G’ofil borib, darvozaning og’zina 
tusholi»
107
— deb g’alaba qozonish yo’lini ko’rsatsa ham qabul qilishmaydi. 
«Otlanmoqni munosib ko’rub, Xevaq ustina yurdilar. Yomon ish qildingiz, yurtni 
buzdingiz teb, ayta-ayta ikki kundai so’ng keyinlarindin bordum. Xikaiik ariqining 
labnnda Toshko’prik tegan, yerda borib tushduk. Turkmanning och-ariqin topib 
o’lturdik», deb afsuslanadi. 
Biroq g’alabaga erisha olmaydilar. Asfandiyorxon bilan bo’lgan urushda 
yengiladilar. Abulg’ozi mag’lubiyatga uchragach, madad umidida avval qozoq xoni 
Tursunxon, so’ngra Buxoro xoni Imomqulixon dargohlarida payt poylab yurishga 
majbur bo’ladi. U o’zbek qabilalarining yordamida yana o’z yurtiga qaytadi. Yana 
o’zbek-turkman bo’lib urushadilar. 
«Andin so’ng men besh-olti kishi birlan Xevaq keldim. Sharif Muhammad 
mendan ikki oydin so’ng Hazorasbda Asfandiyorxon qatig’a keldi. Ul ikkisi bir 
107
Ўша асар, – 172б. 


56 
bo’ldi. Taqi mening birlan urushdilar. Men g’olib keldim, sulh qildilar. Olti oydin 
so’ng Xevaqda g’ofil o’lturub erdim, ikkisi nlg’ab kelib darvozag’a yaqnn tushdi. 
Tashqarida o’lturg’on turkmanning qora-yomoni Asfandiyorxong’a yig’ildi. Ul 
besh ming kishi bo’ldi. Mening qatimda olti yuz kishi bo’ldi... Bir et peshim urush 
bo’ldi, shul vaqtda jov qochti»
108

Xullas, aka-uka o’rtasidagi toj-taxt talashib, qon kechilgan urushlarda 
Abulg’ozixon yengilib, Asfandiyor tomonidan Eronga surgun qilinadi. Iroqning 
Isfahon shahrida o’n yil nazorat ostida saqlanadi. Biroq, bu o’n yil Abulg’ozi uchun, 
uning kelajagi uchun nihoyatda foydali bo’lib chiqadi. U garchi saltanat 
boshqarishdan mahrum etilgan bo’lsa ham, avvalgi o’n yilda, ya’ni olti yoshidan 
o’n olti yoshiga qadar olgan bilimining kamini to’ldiradi. Surgundaligida olgan 
bilimlari uning yetuk shaxs, ijodkor bo’lib yetishuviga zamin bo’ladi
109

Abulg’ozi o’n yildan so’ng o’z tayyorgarligini me’yoriga yetgan hisoblab, o’n 
birinchi yil surgundan qochadi va bir qancha qiyinchiliklar bilan qolmiq xonining 
yordamida o’z yurtiga yetib keladi: 
«... Andii ketib Manqishloq bordim. Ul paqtda Man- qishloq turkmani buzulib 
yetti yuz evlik qolib, ul ham Qolmuqg’a tobi’ bo’lub turub erdi. 
Qolmuqnnng nodshohi manim kelganimni eshitib, yaxshi knshilarnni yuborib 
mani olib bordi-da, bnr yil saqlab Urganchda o’lturg’an o’z xalqimiz ichina 
yubordi» («Shajarai turk», 532-533- betlar). 
Bundan so’ng Abulg’ozi siyosiy faoliyatining yangi davri boshlanadi. Bu 
1643-1663 yillarni o’z ichiga oladi. Abulg’ozi shu vaqtga qadar (u ham bo’lsa, o’n 
olti yoshidan boshlab, to Asfandiyorxon tomonidan Eronga surgun qilinganiga 
qadar) otasi va akasining vassali sifatida mamlakatning bir bo’lagi — o’ziga in’om 
qilingan hududda saltanat ishlarini boshqarib, tajriba to’plagan edi. U qirq bir 
yoshida, avvalo, Orol hokimligini, so’ngra butunlay Xiva xonligni boshqarish 
ishlarini qo’lga kiritib, yigirma yil davomida — oltmish bir yoshigacha xonlik 
qiladi. 
108
Ўша асар, – 174-175б. 
109
Худойназаров Ҳ. «Шажараи турк» ва унинг ўрганилиши. Т.: 1993. – 39б. 


57 
Biroq, Orol hokimligiga ko’tarilgach; xonlikni butunlay qo’lga kiritish osoy 
bo’lmadi. Bu haqda «Shajarai turk»da shunday deyilady: «Ul vaqtda Imomqulixon 
o’lub, inisi Nodirmuhammadxon akasi Imomqulixoi yeriga xon bo’lib erdi. Biz 
turkmandin aqamizning o’g’lonlari va viloyatini tiladuk, bermadi. Taqi 
Nodirmuhammadxonning otina xuda o’qub Ashraf sultonni yubordi. Biz yov bo’lub 
Xevaqni ikki martaba chopduk. Andin so’ng Nodirmuhammadxon Xevaq birlan 
Hazorasbga hokim yubordi. Asfandiyorxonning o’g’lun va qizin va ko’chin 
ko’churub olib borib Qarshida o’lturtdi. Xevaq birlan Hazorasbning amalotini 
Asfandiyorxon kimga bergan bo’lsa, Nodir Muhammadxonning kelgan ilgor 
beklari shul kishidan ayurmadi...»
110
Tarixshunos olim va shoir Shermuhammad Munis «Firdavsul-iqbol» asarida 
yozshnicha, Abulg’ozi davlat tepasiga kelgandan so’ng ko’p kishilarga o’z yonidam 
o’rin va amal tayin etgan.Abulg’ozixon xonlikni boshqarishda dastavval xonlikda 
markazlashgan boshqaruv tizimni mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Bu jarayonda u 
avvalo, turkman yo’lboshchilarini boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer - 
suvlari, mol - mulklari musodara qilinib, o’zlari mamlakat ichkarisiga surgun 
qilindi. 
Xonlikdagi barcha lavozimlarga o’zbek urg’ularining boshliqlari qo’yildi. 
Abulg’ozixon ma’muriy isloqot o’tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom 
yangitdan tashkil etdi. Xonlikning boshqaruv tizimida o’zbek urug’larining mavqyei 
ortib bordi hamda ulardan 360 nafar vakil xon saroyida turli lavozimlarga ko’tarildi. 
Xon yangi amaldorlar orasidan eng obro’li 32 nafarini o’z yoniga oldi. Munis ta’biri 
bilan aytganda, «andoqkim ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota 
avlodidan, bir mutavalli, bir naqib, to’rt otaliq, to’rt inoq, to’rt mirob, to’rt 
parvonachi, ikki oko, ikki arbob, to’rt chig’atoyi inoki va bir vazirkim, holo mehtar 
derlar va bir qushbegi, bu ikkovi o’rinsiz xon xuzurida oyoq ustida turadilar»
111

Uning mamlakatni boshqaruvida muhim islohot o’tkazib o’zbek urug’larini 
to’rt guruhga bo’ldi: birinchi guruhga uyg’ur-naymanlar bo’lib, do’rmon va 
110
Абуғозий. Шажарайи турк. Т.: «Чўлпон», 1992. – 179б. 
111
Ўша асар, 52б. 


58 
yuzming jamoasi uyg’urlarga, hamda payg’ambar avlodi shayx va bo’rloqlar 
naymonlarga qo’shildilar; nukuz-mang’itlar ham bir guruhga kiritilib, kanagas va 
xo’ja ellari ularga biriktirildi; keyingi guruhlarga kang’li qipchoq urug’lari kiritilib, 
ularga o’n to’rt urug’ qo’shiladi. Birlashmalarga inoqlar boshchilik qilganlar. Xon 
ana shu inoqlar orqali qabilaga tegishli masalalarni hal qilgan.
Bu urug’larning barchasiga Darg’ondan Orol dengizigacha, Amudaryoning 
har ikkala tomonidan yer ajratib beriladi. Shu tarzda aholi Yangi Urganch 
istehkomiga ko’chiriladi. Xon 1646-yilda janubi-g’arbda qal’a bunyod qildiradi, 
hamda Eski Urganch xarobalari shu davrdan boshlab Ko’hna Urganch deb atala 
boshlanadi. Munisning ma’lumotiga ko’ra, bu yer «bag’oyat ma’mur va obodon 
va Xorazmning ulug’ savdo xonasidur»
112
. Akademik olim Ya.G’ulomov 
Abulg’ozixon hukmronlik qilgan davrni tavsiflab xonning tashkilotchiligi va 
tashabbuskorligi haqida shunday deydi: «Garchi tarixda Abulg’ozi hukmronlik 
qilgan davrda uning nomiga qo’yilgan kanalni uchratmasakda, Xivani egallagan va 
Janubiy Xorazmni obod qilishda katta tashabbus ko’rsatgan Abulg’ozi tarixda 
qoladi».
Ichki siyosatda Abulg’ozixon mamlakat yaxlitligini saqlash maqsadida 
1646 - 1653 yillari u Tajan, Bomibaurma (Qizil arvotning janubiy-sharqiy tarafida 
joylashgan manzilgoh), Atrok va Jurjon turkmanlari bilan urush olib bordi, 1655 - 
1662 yillari o’lkaga vaqt-vaqti bilan boqin qilib turgan Yoyiq (Ural)lik o’ris 
qozoqlari, qalmiqlar va qozoq ko’chmanchilari bilan kurash olib bordi. 1663 - 
1664 yillari bir necha marta Buxoro ustiga yurish qiladi, hamda xonlik 
sarhadlarini kengaytirishga xarakat qildi. 
112
Шермуҳаммад Мунис. Муҳаммадризо Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол. Т.:2010. – 52б. 


XULOSA 
Shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda Movarounnahr va 
Xorazmda feodal tarqoqlik kuchaya boshlaydi. Buning ijtimoiy - iqtisodiy 
hamda siyosiy sabablari quyidagicha bo’lgan: 
Chunonchi, Shanboniyxon hukmronligidan boshlab 100 yil davom 
etgan shayboniylar davlati tipik feodal davlat edi. Davlatning boshida 
cheksiz huquqqa ega bo’lgan xon o’tirgan, butun viloyatlar shu xonadon 
a’zolariga, sultonlarga bo’lib berilgan, viloyat hukmronlari esa maxsus 
askariy guruhga, urug’ va qabilalarning yuqori doiralariga, ruhoniylarga 
suyanganlar. Masalan, XVI asrning 40-yillarida Samarkandda Abdulatif, 
Buxoroda Abdulaziz, Toshkentda Baroqxon, Karmana va Miyonqolda 
Iskandar sulton, Balxda Pirmuhammadxon kabilar hukmronlik qilganlar. 
Bularning har biri o’zini mustaqil hukmdor hisoblab, bir-birlari bilan 
to’xtovsiz urushib turar edi. Ular bosh hukmdorga (xonga) nisbatan 
vassallik munosabatida bo’lishlari kerak bo’lsa ham, lekin ular ko’pincha 
xon hukumatini tanishni istamas va unga qarshi kurash olib borar edilar. 
Bu feodal urushlarning butun og’irligi, jabr-jafosi, dahshati 
mehnatkash xalq boshiga tushib, uni qon qaqshatgan edi. Abdulmo’minning 
otasi Abdullaxonning Urganch ustiga uch marta qo’shin tortib borishi 
yurtga xarobalik keltiradi. XIV asrda boshlangan feodal tarqoqlik XVII 
asrga kelib yanada kuchaya boshlaydi. Abdullaxon va uning o’g’li 
Abdulmo’minxonlar davrida Xorazm juda ko’p martalab o’zaro qirg’in 
urushlar girdobida qolib, tobora qashshoqlasha va xonavayron bo’la bordi. 
Talonchilikdan tashqari, soliqlar haddan oshirildi. Abulg’ozining otasi 
Arabmuhammadxon taxtga chiqqach ham Xiva xonligida o’zaro qirgin 
urushlar davom etib turdi. Bir tomondan, Eron va Buxoro hukmronlarining 
bosqinchiligi, ikkinchi tomondan, o’zaro taqsimlab olingan qavm-qarindosh 
bekliklar o’rtasidagi tinimsiz fojiali kurashlar uzluksiz davom etdi.
Bu davr muhitini xonlikda mana shunday keskin siyosiy vaziyat 
hukm surgan vaqtda yashagan, hamda bolalik va o’smirlik yillaridan uzoq 


60 
va yaqin qarindoshlari o’rtasidagi kurashlarning guvohi, hamda 
ishtirokchisi bo’lgan Abulg’ozi Bahodirxon boshqa zamondoshlaridan ko’ra 
yaxshiroq tushunardi. Hukmdor va olim sifatida u mamlakatdagi murakkab 
vaziyatdan chiqishning yagona yo’li o’tgan tarixiy jarayonlarni chuqur 
o’rganish va tahlil qilish asosida islohotlar ishlab chiqish va amalga 
oshirish ekanini yaxshi tushunar edi. Bu holat uni mamlakat tarixini 
o’rganish va tarixiy asar yozishga da’vat qildi. Zero, u ajdodlarining 
beparvoliklari tufayli yozilmay qolgan tarixning yozilishi zarurligini 
birinchilardan bo’lib angladi. Uning «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk» 
asarlari Xorazm va umuman O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda 
bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega bo’lgan asarlar hisoblanadi.
Muallif «Shajarai turk» asarida Xiva xonligi tarixining ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, hamda madaniy jihatlarining barcha jabhalarini 
yoritishga intilgan. Jumladan, 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə