Shakllanish bosqichlariining nazariy-huquqiy tahlili



Yüklə 53,6 Kb.
səhifə3/5
tarix19.09.2023
ölçüsü53,6 Kb.
#122592
növüReferat
1   2   3   4   5
ko ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlariining

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning
zamonaviy konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarining rivojlanishini olimlar tomonidan ma’lum bosqichlarga bo`lingan holda tahlil qilingan bo’lib, ularga birma-bir to’xtalib, tadqiqotimiz doirasida o’z fikrlarimizni asoslab o’tamiz. Ko’pgina olimlar yurtimizda siyosiy partiyalar shakllanishini uch bosqichga bo’lib o’rganishgan:
Birinchi bosqich (1991-1996) Bu davrda avvalo siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi qonuni tashkil etgan. [4].
Ushbu davr mobaynida, ya’ni, 1994 yilda o`tkazilgan saylovlar va jamiyat siyosiy hayotida siyosiy partiyalar yuqoridagi huquqiy manbalar asosida ilk bor ishtirok etdilar. Ikkinchi bosqich, (1996-2007) Bu davrda eng muhim jihati 1996 yil 26 dekabrda “Siyosiy partiyalar to`g`risida” maxsus qonunning qabul qilinishi bilan bog’liqdir. Ushbu qonunning qabul qilinishi siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Mazkur qonunda ilk marotaba siyosiy partiyaga huquqiy ta’rif berildi. Xususan, qonunning 1-moddasiga ko`ra, “siyosiy partiya - qarashlari,
qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ko`ngilli birlashmasidir”[5]. Ikkinchi bosqichning asosiy jihatlaridan yana biri bu – 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishidir. Bu bosqichda ham muhm o’zgarishlar bo’lgan.
Uchinchi bosqich, (2007- hozirgacha) O`zbekiston Respublikasida 2010 yil 12 noyabrda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada shuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”[6]. ishlab chiqildi. U mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ro’lini kuchaytirish uchun kuchli turtki bo`ldi. Konsepsiyadagi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, 2011 yilda O`zbekiston Respublikasining bir qator moddalariga o`zgartirish va

297

ISSN 2181-1784
qo`shimchalarning kiritilishi mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo`ldi [7].
Shu bilan birga, hozirgi paytda partiyalarning shakllanish va rivojlanish bosqichlarini yuqorida keltirganimizdan tashqari bir nechta davrlarga ajratish masalalari tadqiqotchilar tomonidan tahlil qilib o’tilgan. Quyida O‘zbekiston siyosiy partiyalari faoliyatini, ularning shakllanishi va tashkil topishi jarayonlarini turli bosqichlarga bo‘lib o‘rganishganliklarini ko’rib chiqamiz.
Masalan, Q. Jo‘raev O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishini quyidagi ikki davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi:
1) bir partiyalilik, siyosiy diktatorlikdan qutulish, muqobillik asosidagi Prezident saylovlari, yuqori darajadagi davlat hokimiyati tuzilmalarini yangilash davri bo‘lgan 1991–1994 yillar;
2) jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlarining kuchayishi uchun muhim bosqich bo‘lgan, ko‘ppartiyaviylikka tayangan jamiyatning huquqiy fundamentiga asos solingan, qonunlar qabul qilingan, yangi partiyalar tuzilgan 1995– 1999 yillar [8].
V.Dubkov esa siyosiy partiyalarning shakllanish va rivojlanish jarayonini to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rgangan:

Yüklə 53,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə