Shakllanish bosqichlariining nazariy-huquqiy tahlili



Yüklə 53,6 Kb.
səhifə4/5
tarix19.09.2023
ölçüsü53,6 Kb.
#122592
növüReferat
1   2   3   4   5
ko ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlariining

birinchi davr (1988–1990 yy.) jamiyatda O‘zbekiston kompartiyasining yakka hukmronligini bartaraf etish orqali yangi siyosiy partiyalar yuzaga kelishi uchun obektiv sharoitlarning yetilishi;
ikkinchi davr (1991 y.) mustaqil O‘zbekiston Respublikasining e‘lon qilinishi, Kompartiyaning tarqalib ketishi, «Erk» demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil qilinib, ikki partiyali tuzumning yuzaga kelishi, mamlakat Prezidentining ikki partiyali asosda saylanishi;
uchinchi davr (1992–1994 yy.) ko‘ppartiyaviylikning qonuniy tus olishi (legitimlashuvi), ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va unda siyosiy partiyalar mavjudligining huquqiy maqomi belgilanishi, Oliy Kengash va mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazilishi;
to’rtinchi davr (1995 yildan boshlab) –«Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, Oliy Majlis, mahalliy Kengashlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlar o‘tkazilishi [9].
Maqoladagi tahlil va natijalarni umumlashtirib ular o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlarni ko’rishimiz mumkin. E’tiborli jihati shundaki har bir ilmiy tdqiqot ishlarida o’ziga xoslik va yangi ilmiy yondashuv mavjud.


XULOSA VA TAKLIFLAR:

298

Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik shakllanishining tarixiy-huquqiy taraqqiyotini olti bosqichga bo‘lib o‘rganishni taklif etamiz:
Birinchi bosqich - yurtimizda yakka partiyaviylikning tugatilishi va ko‘ppartiyaviylik shart-sharoitlarining yaratilishi (1991-1994 yy.).
Ikkinchi bosqich - siyosiy partiyalarning siyosiy dasturlari va saylovoldi platformalarini shakllantirish, aholining umumiy siyosiy madaniyatini oshirishga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish davri (1995-1999 yy.).
Uchinchi bosqich - partiyalarning siyosiy tajriba to‘plash va siyosiy yetuklikka erishish vazifalarini hal etishi, moliyaviy mustaqilligini ta‘minlashi, jamiyatda o‘z o‘rni va doimiy elektoratini belgilab olishi (2000-2004 yy.).
To‘rtinchi bosqich - partiya fraksiyalarining Oliy Majlis faoliyatidagi hamda partiya guruhlarining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari ishidagi faolligining o‘sishi, parlamentda muxolafatning shakllanishi (2005–2006 yy.).
Beshinchi bosqich - siyosiy partiyalar faoliyatining yangi konstitutsiyaviy qonun asosida jadallashuvi (2007-2016).
Oltinchi bosqich - bunda davrga xos xususiyatlar siyosiy partiya boshqaruvida innovatsion g’oyalarning kirib kelishi, modernizatsiya jarayonlari,xalqaro aloqalarning kengayishi, yangi partiyalar vujudga kelish jarayonlari va hokazolar (2017– hozirgi davrgacha).
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimi vujudga kelishining obektiv zarurati va shakllanish bosqichlari yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  • Respublikamizda ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi murakkab, serqirra muammo
    bo‘lib, nafaqat mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bilishni, balki respublikamiz va boshqa mamlakatlarning huquqiy-tarixiy tajribasini ham o‘rganishni talab qiladi;

  • Siyosiy partiyalarning shakllanish bosqichlari huquqiy, ijtimoiy-falsafiy, sotsiologik, iqtisodiy va boshqa ko‘plab jihatlarga ega bo’lib, demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishining huquqiy va tashkiliy asoslariga bevosita ta’sir etgan;

- Demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishi, ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlari rivojlanishiga ham turtki bo’lib, bosh vazifasi alohida olingan fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirib berdi;
Prezidentimiz jamiyat va davlat hayoti haqida ,,Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda [10],-ta’kidlagan. Yurtboshimizning bu da’vatidan

299

shuni anglash mumkinki, jamiyatmizning har bir a’zosi yuksak fuqarolik tuyg’usi va daxldorlik hissi bilan davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, har bir sohada ilg’or bo’lishga, jamiyat muammolarini izchil yechish va davlat taraqqiyotiga hissa qo’shishga bevosita chaqiriqdir.

Yüklə 53,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə