Shakllanish bosqichlariining nazariy-huquqiy tahlili


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 53,6 Kb.
səhifə2/5
tarix19.09.2023
ölçüsü53,6 Kb.
#122592
növüReferat
1   2   3   4   5
ko ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlariining

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu maqolani yozishda normativ-huquqiy hujjatlar, Pezidentimiz asarlari va
ma’ruzalari, ilmiy adabiyotlar, dissertatsiya ishlari va boshqa tadqiqot ishimiz doirasidagi adabiyotlardan foydalanildi. Xususan, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi mazkur yo‘nalishda yanada zamonaviy mexanizmlarni joriy etish masalani belgilaydi. Strategiyamizning birinchi ustuvor yo’nalish ,,Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” – sifatida nomlangan bo’lib, uning birinchi bandi ,,Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:[1]- deb belgilanishi ham sohada siyosiy partiyalar tizimini rivojlantirish
va davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning ro’lini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga muhim qadamlardan biri bo’ldi.
Maqolada mavzuga doir adabiyotlar tahlilida mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan ko`ppartiyaviylik tizimi bugungi kunda rivoj topayotganligi va siyosiy partiyalarning islohotlar jarayonidagi, jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi ahamiyati kuchayib borayapti qiyosiy tadrijiy o’rganildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Partiya degani - bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g`oya uchun, uning jamiyatda ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini mana shu nuqtai nazardan tuchunar ekanmiz, qancha partiya bo`lsa bo`laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi” [2,b.35].
Adabiyotlar tahlillarida turli xil partiyalarning mavjud bo`lishi natijasida jamiyatda siyosiy fikr, qarashlarning xilma-xilligi (plyuralizm) vujudga kelishi ta’kidlangan. “Plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning rang-barangligi ma’rifiy jamiyatga xos bo`lib, muayyan haqiqatni turlisha izohlash, tuchunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi” [3,b.19].
Ma’lumki partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta’siri ularning jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya’ni siyosiy partiya xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini ifodalovchi

296


yirik xalq tashkiloti sifatida namoyon bo`ladi. Ushbu maqolada mavzuga doir adabiyotlar tahlili asosidagi ilmiy asoslarimizni tahlil va natijalarda ifodalab o’tdik.
Tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslari boʻlib, huquqiy fanlarda ilmiy metodlar bo’lgan ilmiylik, xolislik, tizimlilik (sistemalilik), determinizm tamoyillari, xronologik uslub, huquqiy taqqoslash uslubi, induksiya-deduksiya va boshqa usullar qo’llanildi.

Yüklə 53,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə