Shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
abdurahmonova sayyora

 
 
3-bobga xulosa 
1995-yil 24-avgust 339-sonli qaror bilan “O‘zbek tili uchun yangi tartibdagi 
imlo qoidalari ishlab chiqildi. O‘zbekistonning “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan bir qancha qarorlar qabul qilindi. Mana shu vaqtdan 
boshlab lotin yozuvi keng iste’molga kiritildi. Bugungi kunga kelib esa lotin 
yozuvining ahamiyati yanada ortib bormoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan dastur ham 
o‘z navbatida lotin yozuvidagi matnlarni tahtir qilish uchun yaratilgan. Dastur “H” 
va”X” harfari bilan bog‘liq xatolarni bartaraf etishga mo‘ljallangan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak dasturga yana bir qancha funksiyalarni qo‘shish 
mumkin va bu dasturning mukammalashuviga olib keladi. 
 
XULOSA 
Kompyuter lingvistikasi masalalarining umumiy yo‘nalishlarini aniqlash
shunisi bilan ahamiyatliki, ularning har biri amaliy jihatdan matn
muammosiga borib taqaladi. G‘arb kompyuter lingvistikasi esa uzoq yillik
tadqiqotlarga egaligi, ilmiy jihatdan ishlanganligi bilan ajralib turadi. Shuning
uchun ishimizning avvalida kompyuter lingvistikasining yo‘nalishlari borasida
amalga oshirilgan samarali ishlar o‘rganildi.
Tabiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, matn
muammosiga oid bo‘lgan dasturlarning lingvistik ta’minoti tuzilgan ishlar
puxta o‘rganib chiqildi. Kelgusida davom etadigan tadqiqot ishi uchun
muayyan yo‘nalish belgilab olindi.
Til

ijtimoiy hodisa. Shu sababli amalga oshiriladigan tahrir dasturi
tildagi o‘zgarishlar oqibatida qayta ishlanishi yoki sayqallanib borishi 
natijasida mukammal holatga keladi. Chunki kommunikativ birlik hisoblanmish
matn ham til bilan bog‘liq holda o‘zgaruvchandir.


65 
O‘zbek tilidagi matnlarni kompyuterda qayta ishlashning (tahrirlashning) 
samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi murakkabliklarni amalga
oshirish zarur: 

Matnlarni avtomatik (fonetik, semantik, grammatik) tahrir qilish. 

Internetda bajariladigan qidiruv tizimi orqali matnlarni saralashga
yordam berishi uchun ularni mavzular doirsida tasniflash
guruhlash. 

Matn ustida texnik ishlarni (orfografik, stilistik, grammatik) amalga
oshirish. 

Matnlarni kompyuter yordamida tahrir qilinishiga erishish. 

Tahrir qiluvchi dasturlarning lingvistik modullarini yaratish orqali
ularning algoritmini tuzish. 

Lingvistik modular va tuzilgan algoritmlar lingvistik ta’minotining
asosi sifatida xizmat qilishiga erishish. 

Lingvistik ta’minot orqalio‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrir
qiluvchi dasturni yaratish. 

Tahrirlovchi dasturni amaliyotda qo‘llash va qo‘llanish sohasini
kengaytirish. 
Yuqorida keltirilgan mushohadalar va bugungi kunning talabiga binoan
aytish mumkinki, o‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrirlovchi dasturni yaratish
o‘z amaliyotini kutayotgan muhim masala hisoblanadi. Kelajakda nafaqat
imloni, balki matnni uslubiy jihatdan tekshiruvchi dasturlarni yaratish darkor. 
Bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun til birliklarining fonetik, semantik, 
morfologik xususiyatlari bilan birgalikda sintaktik-valentlik xususiyatlari
kiritilgan lingvistik ta’min yaratish kerak bo‘ladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə