Shakllanishi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
abdurahmonova sayyora

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. 
Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida 
ham, adabiyotshunoslik sohasidaham o‘zbek tilidagi matnlarningbadiiy tahlili va 
uning inson tomonidan tahriri amalga oshirib kelinmoqda. Ammo bugungi 
kundainsonning matn tahriridagi ishtirokini talab qilmaydigan kompyuter dasturi 
yaratilmagan.2011-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti Abjalova 
Manzuratomonidan “O‘zbek tilidagi matnlarni kompyuter vositasida tahlil qilish 
dasturining lingvistik ta’mini” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi himoya 
qilingan bo‘lib, o‘zbek kompyuter tilshunosligida avtomatik tahrirlovchi dasturni 
yaratish borasida yozilgan ilk ilmiy ish hisoblanadi. Bu magistrlik dissertatsiyasida 
mustaqil so‘z turkumlarining lingvistik modulini yaratish prinsiplari ot va fe’l so‘z 
turkumlari misolida ko‘rsatib berilgan. 
BMIning maqsadi. 
Mazkur bitiruv malakaviy ishi lotin yozuvida yozilgan 
o‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik tahrir qilishning bosqichlarini kengroq tahlil 
qilish maqsadida yozildi va unda ushbu muammoni yechish hamda uni 
amaliyotga tatbiq etish o‘zbek matnlari doirasida amalga oshiriladi.
Tadqiqotning vazifalari.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni 
bajarishko‘zda tutilgan: 

Matnni avtomatik tahlil va tahrir qilishning afzalliklarini ko‘rsatish; 

Lingvistik modul tushunchasini yoritish; 

Avtomatik tahrirlovchi dasturlar va ularning vazifalarini ko‘rsatish; 

Matnlarni kompyuter yordamida tahrir qilish jarayonlarini tahlil etish; 




Dasturning lingvistik ta’minotini yaratish yo‘llarining optimal 
variantlarini tanlash. 
BMI obyekti va predmeti. 
Microsoft Word (2007) muharrirlik dasturi
G‘arb kompyuter lingvistikasida matnni avtomatik tahrir qilish dasturini yaratish 
bo‘yicha qilingan ba’zi tadqiqotlar ilmiy ishning obyekti hisoblanadi. 
Lotin yozuvida yozilgan rasmiy-idoraviy vailmiy uslubdagi matnlar, lotin 
yozuviga asoslangan o‘zbek adabiy tilining imlo lug‘atlari tadqiqotning predmeti 
bo‘lib xizmat qiladi.
BMI metodlari. 
Mavzuni yoritishda hozirgi kunda tilshunoslikda keng 
tarqalgan sistem-struktur metoddan, distrubutsiya, oppozitsiya, transformatsionva 
modellashtirish usullaridan foydalanildi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə