Shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
abdurahmonova sayyora

BMIning ilmiy yangiligi. 
Xorijda kompyuter tilshunosligi bo‘yicha keng 
ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. O‘zbek adabiy tili materiali asosida 
esakompyuter tilshunosligi yo‘nalishida amaliy ishlar soni u qadar ko‘p emas. 
O‘zbekcha matnlarni kompyuterda qayta ishlash, lingvistik ta’minot yaratish 
masalalari tadqiq qilingan. 
BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishi 
o‘zbek tili doirasida ish yurituvchi mutaxassislarga nazariy jihatdan muhim manba 
bo‘lib xizmat qiladi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o‘zbek tilidagi matnlarni 
avtomatik ravishda qayta ko‘rib berishga yordam beruvchi dasturningyaratilishiga 
zaminyaratadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
 
Bitiruv malakaviy ishi 
kirish qismi, har biri bir necha bo‘limdan iborat ikki bob, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 64 betni tashkil etadi. 
 
 



I BOB. O‘ZBEK KOMPYUTER LINGVISTIKASINING SHAKLLANISHI 
1.1 O‘zbek kompyuter lingvistikasiga doir tadqiqotlar tavsifi 
Umumiy nazariy tilshunoslik asoschisi hisoblangan tilshunos olim
Vilgelm Fon Gumbolt til va xalq birligini shunday ta’riflagan edi: “Xalq
tilida uning ongi bor, xalq ongida esa uning tili. Ularning o‘zaro
bog‘liqligini bundan ortiq ko‘rsatib bo‘lmaydi”. Ana shunday murakkab
hodisa bo‘lgan aloqa qurolini – tilni murakkab sistema sifatida tadqiq va
tahlil qiluvchi tilshunosik fanida XXI asrga kelib yangidan yangi
yo‘nalishlar, sohalar paydo bo‘la boshladi. Paralingvistika, psixolingvistika, 
sotsiolingvistika, 
etnolingvistika, 
kognitiv 
lingvistika, 
neyrolingvistika,
kompyuter lingvistikasi kabilar yo‘nalishlar vujudga keldiki, tilshunoslikning
tadqiqot obyektlari yangicha mazmun kasb eta boshladi va amaliyot bilan
bevosita bog‘liqlik kasb etdi.Kompyuter lingvistikasi yangi fan tarog‘i sifatida
1950-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida paydo bo‘ldi. Tranzistorning ixtiro
qilinishi, kompyuter yangi avlodlarining paydo bo‘lishi, tillarning ilk
marotaba dasturlanishi mashina tarjimasi bilan bog‘liq tajribalarni boshlab
berdi. Kompyuter lingvistikasiga oid ilk tadqiqotlar, keyinchalik uning muhim
tarmog‘iga aylangan mashina tarjimasi bo‘yicha olib borilgan.1960-yillarda 
ana shunday tekshirish Rossiyda o‘tkazilgan (masalan, 1964-yil “Kibernetika
muammolari” to‘plamiga rus tilidan arman tiliga tarjima haqidagi maqola bor). 
Kompyuter lingvistikasi hozirgi vaqtda nazariy va amaliy fan sifatida to‘la 
shakllanib bormoqda. Uning nazariy fan ekanligi nutqiy jarayonni, matnni 
o‘rganishning turli xil model (gipoteza)larini yaratishning nazariy asoslarini ishlab 
chiqishida ko‘rinadi. Uning amaliy xususiyati esa tarjima mashinalarini yaratish va 
uning ishlash jarayonini tashkil etishi bilan belgilanadi. Buning uchun kompyuter
lingvistikasi fani quyidagi uch usul va metodlardan keng foydalanadi: 
a)
mantiqiy-matematik 
usullar: 
masalan, 
inkor 
amali, 
konyunksiya, 
dizyunksiya amallari kabilar; 
b)
nazariy-informatsion usullar; 



c)
ehtimollik-statistik usullari. 
Kompyuter lingvistikasining ana shunday nazariy va amaliy asoslarini 
belgilashda Daniya olimi L.Elmslev, amerikalik olimlar N.Xomskiy, K.Shenon 
kabilarning xizmati kattadir. 
Kompyuter lingvistikasining amaliy muammolari XX asrning o‘rtalarida 
vujudga keldi. Bu narsa birinchi navbatda mashina tarjimasi (MT) bilan 
aloqadordir. 1954-yilda AQSHda IBM – 701 rusumli tarjima qurilmasi yaratildi va 
bu qurilma 250 ta so‘zdan iborat 60 ga yaqin ruscha gaplarni ingliz tiliga tarjima 
qilish jarayonini amalga oshirdi. Bu ishga P.Gavren, L.Dostert, P.Sheridanlar 
ishtirok etdilar. 
1955-yilga kelib sobiq Ittifoqda BESM rusumli mashina qurilmasi 
yordamida inglizcha gaplarni rus tiliga tarjima qilish jarayoni amalga oshirildi 
(I.K.Belskaya, L.N.Korolev, S.N.Razumovskiy kabilar). Shundan keyin jahonning 
Angliya, Fransiya, Avstriya kabi ko‘pgina mamlakatlarida olimlar mashina 
tarjimasi muammolari bilan maxsus shug‘ullana boshladilar. Natijada tilshunos 
olimlar ma’lum bir tilni tipologik jihatdan tasniflash, uning materiallarini analiz va 
sintez qilish, mashina tiliga o‘tkazish bilan shug‘ullandilar va muayyan natijalarga 
erishdilar. 
Bunday muammolarni lingvistiktadqiqotlarni avtomatlashtirish orqali hal 
etish mumkin. Bu masalaga doir tilshunoslarning maxsus ilmiy anjumanlari 
o‘tkazilgan.Masalan, 1962-yilda Kembridj shahrida jahon tilshunoslarining 1X-
kongressi o‘tkazildi. Bu anjumanda structural tilshunoslik (ST) va ML 
muammolarini muhokama qilishga alohida o‘rin ajratilgan edi. 
1967-yilda Buxarest shahrida jahon tilshunoslarining X-kongressi o‘tkazilib, 
bunda ham kompyuter lingvistikasi va MT muammolari maxsus muhokama
qilindi. 1960-yilda Parij shahrida xalqaro kongress o‘tkazilib, bunda maxsus 
algoritmik til – ALGOL joriy etilgan edi. Bu algoritmik til hozirgi kunga qadar 
EHMga matnlarni kiritish, ularni dasturlash uchun xizmat qilib kelmoqda. 
1996-yil 20-21-mayda Samarqand shahrida sohibqiron Amir Temurning 660 
yilligiga bag‘ishlangan “Injenerlik tilshunosligi va til o‘qitish jarayonini 



kompyuterlashtirish” muammolariga doir 2-xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Bu 
anjumanni akademik R.G.Piotrovskiy “Injenerlik tilshunosligi va mustaqil 
davlatlardainformatsion industriyaning tiklanishi” mavzuidagi ma’ruzasi bilan 
boshlab berdi. Shuningdek, bu anjumanda “Turkiy tillar mashina fondining dolzarb 
masalalari”, “Injenerlik tilshunosligi va lug‘atshunoslik”, “Nutq sistemasi va uning 
unsurlarini kompyuter yordamida andozalash” singario‘ttizdan ortiq qiziqarli 
ma’ruzalar tinglandi hamda muhokama qilindi. Bu anjuman materiallari 
alohidato‘plam shaklida nashr etilgan.
XX asrning 80-yillaridan boshlab tilo‘qitishni avtomatlashtirish va unga 
kompyuterni 
joriy 
etish 
muammolariga 
qiziqish 
kuchaydi. 
1988-yilda 
R.G.Piotrovskiyning “Chet tilini o‘qitishda kompyuterlashtirish masalalari” nomli 
asari nashr etilgan edi
1
. Bu asar “Kirish” va “Xulosa”dan tashqari besh bobni o‘z 
ichiga oladi. Asar boblarining nomlanishi quyidagicha: 1. Tabiiy til va uning 
didaktik modeli (4-15-betlar); 2. Inson miyasi va kompyuter “miyasi” (15-24-
betlar); 3. Kompyuter yordamida lingvodidaktik masalalarni yechishning 
tamoyillari (24-44-betlar); 4.Nutqiy va til materialini tanlash hamda tillarni 
o‘qitishni optimizatsiyalash (44-58-betlar), 5. Til o‘rgatuvchi lingvistik avtomat va 
tillarni o‘qitishni optimizatsiyalash (58-73-betlar).
Tilshunoslikda EHMningqo‘llanilishi avtomatik tarjima muammolari bilan 
shug‘ullanish, mashina yordamida matn tuzish, uni qisqartirish, sintezlash 
jarayonini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Natijadamashina til 
materiallarini formallashtirish, chastotali lug‘atlar tuzish, turli qisqartmalar va 
simvollardan foydalanish, MT algoritmini tuzish bilan shug‘ullanmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kompyuter lingvistikasi muammolariga 
oid ayrim ishlar yaratildi. Bu o‘rinda S.Muxamedov va R.G.Piotrovskiy
2

1

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə