Shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
abdurahmonova sayyora

 
 
 
 
 
10
Пўлатов А. Глобаллашув даврида лингвистикага оид муаммолар// Тилшуносликнинг долзарб
масалалари. Т., 2004, 61-б. 


16 
 
 
 
 
 
 
1.2 Kompyuter lingvistikasidagi asosiy yo‘nalishlar 
Kompyuter lingvistikasi fani yangi soha bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar, 
qisqa vaqt ichida, turli yo‘nalishlari vujudga keldi. Tabiiy tillar negizida
mashina tili yaratish, foydalanuvchining talab va ehtiyojlari kengayishi ushbu
yo‘nalishlarni ko‘paytirdi. Kompyuterlingvistikasi fanining yo‘nalishlari shartli
ravishda quyidagicha guruhlanadi
11

1.
Qoliplash va dasturlash ishlariga qaratilgan yo‘nalishlar: 

muloqotni kompyuter yordamida qoliplash

syujet strukturasini kompyuter yordamida qoliplash; 

matnni katta hajmdagi matn (gipreteks) darajasida tasavvur
etish; 

axborot-izlanish sistemasi. 
2.
Til o‘rgatishga qaratilgan yo‘nalishlar: 

til o‘rgatish jarayonlarini kompyuterlashtirish; 

mashina tarjimasi. 
3.
Matnni tahlillashga qaratilgan yo‘nalishlar: 

avtomatik tahrirlash

statistik tadqiqotlar; 

kompyuter leksikogarfiyasi. 
Kompyuter lingvistikasining ushbu yo‘nalishlarini amaliy va nazariy
ahamiyati jihatidan esa quyidagicha guruhlash mumkin: 
1.
Amaliy yo‘nalishlar: 
11
Ўринбоев Д.Б. Компьютер лингвистикаси (Маърузалар матни). Самарқанд–2009, 5-бет. 


17 

Mashina tarjimasi. 

Avtomatik tahrir. 

Til o‘rgatish tizimini kompyuterlashtirish. 

Statistik tadqiqotlar. 

Kompyuter leksikografiyasi. 
2.
Nazariy yo‘nalishlar: 

Tabiiy tilni qayta ishlash. 

Syujet strukturasini modellashtirish. 

Muloqotni kompyuter yordamida qoliplash. 

Matnni gipertekst texnologiyalarida berish. 
Umumiy tarzda quyidagicha keltirishimiz mumkin: 

Tabiiy tillarni qayta ishlash (inglizcha. natural language processing
matnning semantik, morfologik, sintaktik tahlili). Bunga quyidagilarni
kiradi: 
1. Lingvistik korpus, ya’ni matnning elektron korpusini yaratish va
foydalanish. 
2. Elektron, tezaurus lug‘atlar, ontologiyalar yaratish. Masalan, Lingvo.
Lug‘atlardan avtomatik tarjima va orfografik tekshirish uchun foydalaniladi. 
3. Matnning avtomatik tarjimasi. Rus tarjimonlari orasida eng mashhur dastur
Promt hisoblanadi.
4. Matndan statistikani avtomatik olish (inglizcha, fact extraction, text mining). 
5. Matnni avtomatik jamlash (inglizcha, automatic text summarization). Bu
vazifa Microsoft Wordga kiritilgan. 
6. Bilimlarni boshqarish tizimini barpo qilish. 
7. Savol-javob tizimlarini yaratish (inglizcha, question answering systems).
• 
Belgilarni optik aniqlash. 
• 
Nutqni avtomatik aniqlash. 
• 
Nutqning avtomatik sintezi. 
Shuningdek, kompyuter lingvistikasi markazida quyidagi masalar turadi: 


18 

axborot yetkazish uchun umumiy til yaratish

axborot yetkazish uchun tillarni takomillashtirish; 

inson va mashina aloqasi uchun tabiiy til interfeysini yaratish (sun’iy
intellektning asosiy masalalaridan biri); 

axborot tizimini yaratish va modellashtirish. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə