Shakllanishi


Matnni avtomatik tahlil qilish



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
abdurahmonova sayyora

Matnni avtomatik tahlil qilish.
Insoniyatning rivojlanish tarixida
qo‘lga kiritgan barcha yutuqlari zamirida o‘zining hayotiy faoliyatini
yaxshilash, qisqa fursatlarda ko‘p ishlarni amalga oshirish, aql -zakovatini
tuganmas imkoniyatlarini namoyon qilish maqsadi yotadi. Kompyuter
texnologiyalari deb nom olgan asrimizda fan-texnika yutuqlari deyarli barcha
sohaning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Jumladan, tilshunoslik sohasi
ham ayni shu jarayondan mustasno emas. Matematika, informatika,
lingvistika fanlarining kesishgan nuqtasida paydo bo‘lgan yangi soha – 
kompyuter lingvistikasini axborot texnologiyalarisiz, kompyuter dasturlarisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Endilikda bu hodisa lingvistika oldiga yangi
talablarni qo‘yib, fan doirasida turli yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga zamin
tayyorladi. 
Biz ma’lumotlarni tez fursatlarda samaradorligi yuqori bo‘lgan holatda
olishni xohlaymiz. Qaysi manbaga murojaat qilmaylik, unda ifodalangan
asosiy fikrni tezlikda anglash, matn mazmunini o‘zlashirish diqqatimiz
markazida bo‘lgan. Ayni shu narsani kompyuter dasturi yordamida savol-
javob tarzida amalga oshirish mumkin. Ya’ni dasturning o‘zi savol qo‘yadi,
javob beradi va matnni tahlil qiladi. Dastlab onlayn tarzida savol-javob
usulida ishlaydigan tizim tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
START dunyodagi birinchi savol-javob tarzida ishlaydigan onlayn
boshqaruv tizimi hisoblanadi. Bu tizim 1993-yil dekabr oyidan boshlab


22 
doimiy foydalana boshlangan. Boris Katz va uning hamkorlari InfoLab Group 
tomonidan rivojlantirilgan. Axborot beruvchi g‘ayrioddiy bu tizimning maqsadi
foydalanuvchilarga “soniyada to‘g‘ri ma’lumot”ni yetkazish bo‘lgan. Bu tizim
dastlab milliondan ortiq inglizcha joylar (shaharlar, poytaxtlar, ko‘llar,
koordinatalar, ob-havo, xaritalar, demografik holat, siyosiy va iqtisodiy
tizim), filmlar (nomlari, aktyorlari, rejissorlari), odamlar (tug‘ilgan yili,
joyi…), lug‘atlar haqidagi savollarga javoblarni o‘zida qamragan edi. Ular
shartli ravishda geografiya, madaniyat va san’at, ilm-fan kabi bo‘limlarga
bo‘lingan.
Namuna tariqasida quyidagilarni keltiramiz. 
1.Q: How far is Mount Kilimanjaro from Mount Everest?
A: The distance between Kathmandu, the capital of Nepal (where Mount 
Everest is located) and Dar Es Salaam, the capital of Tanzania (where Mount 
Kilimanjaro is located) is 3,892 miles (6,277 kilometers).
Source: START KB
S:Klimanjaro tog‘i Everest tog‘idan qancha masofa uzoqlikda? 
J: Nepal ( Everest tog‘i joylashgan) poytaxti Katmandu va Tanzaniya ( 
Klimanjaro tog‘i joylashgan) poytaxti Dodoma orasidagi masofa 3,892 mil ( 
6,277 kilometr) 
Manba: START KB 
2.Q:Show the capital of the second largest country in Asia.
A:I know that the the second largest country in Asia is India (source: The 
World Factbook).
Using this information, I determined the capital of India:
New Delhi is the capital of India.
Source: START KB
S: Osiyoda kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi mamlakat
poytaxtini ko‘rsating. 
J: Osiyodagi kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi mamlakat
Hindiston ekanligini bilaman ( manba: The World Factbook) 


23 
Shu ma’lumotdan foydalanib, aytishim mumkin: 
Yangi Dehli Hindistonning poytaxti. 
Manba: SRART KB. 
Yana shunday dastur ham borki, u muayyan matndagi har bir xat
boshini tahlil qiladi: asosiy savollarni qo‘yadi, javob beradi. BORIS – darak 
gapli matnlarni chuqur tushunishga mo‘ljallangan amaliy tizim. Matnlarni 
chuqurroq tushunib, uning savollariga javob beruvchi tajribaviy dastur. U bilimlar 
manbayiga asoslanib ishlaydi. Faqat mazmunni emas, matndagi barcha darak
gaplarni tahlil qiladi. Namuna tariqasida misollarga murojaat qilamiz. 
“Birinchi xatboshini qayta ishlash: 
Bir ayol aeroportda samolyot uchishini kutardi.Ammo hali erta edi. Bekor 
o‘tirishni yoqtirmagan ayol do‘kondan bitta kitob va pechenye sotib oldi. Bo‘sh 
kursilardan biriga o‘tirib, kitobini o‘qiy boshladi.Kitobni berilib o‘qir ekan, nogoh 
yonida o‘tirgan odam pechenyesidan olishga jur’at qilayotganini sezib 
qoldi.Ammo birgina pechenye uchun nazokatsizlik qilgisi kelmadi. 
Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 
Kim aeroportda samolyot uchishini kutardi? 
Bir ayol. 
Ayol do‘kondan nima sotib oldi? 
Bitta kitob va pechenye. 
Ayol kitobni o‘qiyotganida yonida o‘tirgan odam nima qildi? 
Pechenyesidan olishga jur’at etdi. 
Ikkinchi xatboshini qayta ishlash: 
Dam-badam u ham soatga qarab qo‘yardi.Kitob o‘qib, bittadan pechenye 
o‘g‘irlayotgan odamga ko‘z qirini tashlar ekan, asabiylashmaslikka urinardi. 
Pechenye o‘g‘risi, sekin-sekin pechenyelarini olayotganida, unga e’tibor 
bermaslikka va soat millari yurishini kuzatib, uning chiqqillashini eshitishga 
harakat qilardi. O‘ziga o‘zi: “Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamni 
ko‘zlarini ko‘kartirardim”, – deb qo‘ydi. Har gal pechenye olaman deganida, u 
ham qo‘lini uzatardi. Oxiri paketda bitta pechenye qolgach, “Qani endi nima 


24 
qilasan?” – dedi ichida. Odam istehzoli kulimsirab, oxirgi pechenyeni oldi va 
ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga soldi; yarmini esa ayolga uzatdi. Ayol illat bilan 
pechenyeni olar ekan, “Bu qanday bezbetlik! Bunchalar qo‘pol bo‘lmasa, bu odam. 
Bir og‘iz rahmat ham demadi!” – deb gapirib ketdi o‘z-o‘ziga.
Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 
Dam-badam u nima qilardi? 
Soatga qarab qo‘yardi. 
“Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamni ko‘zlarini 
ko‘kartirardim”, deb kim aytdi? 
O‘ziga-o‘zi. 
Paketda bitta pechenye qolgach, u nima dedi? 
Qani endi nima qilasan? 
Odam istehzoli kulimsirab nima qildi? 
Oxirgi pechenyeni ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga solib, yarmini 
ayolga berdi. 
Uchinchi xatboshini 
qayta 
ishlash: 
Ayol 
hech qachon bunday 
asabiylashmasdi.Samolyotning uchish vaqti yetgach, chuqur tin oldi.Yuklarini 
olib, eshik tomon yurdi.“Pechenye o‘g‘risi”ga qayrilib ham qaramadi. Samolyotga 
chiqdi va o‘rniga joylashdi. “Pechenye o‘g‘risi”dan qutulganiga shukr qildi.Bir 
ora, uning adabini bermaganiga afsuslandi.“Janob, – deyishi kerak edi u. – Shukr 
qiling, sizdek nazokatsiz emasman. Aks holda yuzingizga shapaloq tushirgan 
bo‘lardim. Ammo siz qilgan ish rasman o‘g‘rilik sanaladi. Pechenye o‘g‘riligi... 
Bildingizmi?!” 
Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 
Ayol samolyotning uchish vaqti kelgach nima qildi? 
Chuqur tin oldi. 
Nimaga shukr qildi? 
Pechenye o‘g‘risidan qutulganiga. 
Nimaga afsuslandi? 
Uning adabini bermaganiga. 


25 
To‘rtinchi xatboshini qayta ishlash: 
Shularni xayol qilib, qo‘lini sumkaga uzatdi. Chala qolgan kitobini olib 
o‘qimoqchi bo‘ldi. Ammo, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, do‘kondan sotib olgan bir paket 
pechenyesi uning sumkasida turardi. Bir og‘iz ham gapirmay, eng oxirgi 
pechenyesini ham u bilan baham ko‘rgan odamdan borib uzr so‘rashga endi kech 
edi...
Qo‘pol va jur’atli “pechenye o‘g‘risi”ning samolyoti osmonga ko‘tarildi...
Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 
Ayolning sumkasida nima bor edi? 
Do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi. 
Kimning samolyoti osmonga ko‘tarildi? 
Qo‘pol va jur’atli pechenye o‘g‘risining. 
METAKOP (sabab zanjiri ): O‘g‘rilik 
• 
PTRANS (ma’lum bir obyektning bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chishi): Samolyotning uchishi; 
• 
ATRANS (ma’lum bir shaxsning muayyan narsaga ega bo‘lishi, 
nazorat qilishi): Ayolning yuklariga egalik qilishi;
• 
ATTEND (voqealarga turtki bo‘lgan holat yoki narsa): Pechenye 
sotib olinishi; 
• 
PROPEL (ma’lum narsaga erishish uchun harakat qilish): 
Sumkadan kitobning olinishi. 
ATB (affektiv mazmunli bloklar, insonning psixologik holati): 
1. 
Asabiylashish. 
2. 
Shukr qilish. 
3. 
Afsuslanish. 
4. 
Kulimsirash. 
BORIS tizimini takomillashtirish komyuter lingvistikasining
istiqbollaridan biri bo‘lib, matn mazmunini o‘zlashtirishdagi yuqori
samaradorligi bilan ahamiyatlidir. Nafaqat kompyuter lingvistikasida, balki
istalgan badiiy matn tahlilida BORIS tizimidagi savol-javob usulini qo‘llash


26 
mazmunni o‘zlashtirishga
, aytilmagan o‘rinlarga e’tibor qaratishga
xizmat qiladi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə