Shakllanishi


Мухамедов С.А., Пиотровский Р.Г



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
abdurahmonova sayyora

Мухамедов С.А., Пиотровский Р.Г. 
Инженерная лингвистика и опыт системно-статистического 
исследования узбекских текстов. – Ташкент: Фан. 1986. – С. 72-122.
2
Muxamedova S.
Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish (metodik 
qo‘llanma). – Toshkent: ToshDPU nashri, 2006. – B. 16-18. 


43 
(tarjima, tahrir kabilar) uchun lingvistik ta’min yaratishga xizmat qiladi. Demak, 
fe’l semantikasi va valentligini o‘rganish asosida kompyuter dasturlari uchun 
lingvistik ta’min yaratish mumkin. Shunisi muhimki, o‘zbek tilidagi harakat 
fe’llarini tahlil qilish orqali yaratilgan bu lingvistik ta’min asosida kompyuter 
dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, u sanoqli daqiqalarda quyidagi ishlarni amalga 
oshirish imkoniyatiga ega: 1) o‘zbek tilidagi fe’llarning imlosini tekshiradi; 2) 
harakat fe’llarining barcha tuslanishli shakllarini o‘zbek tilidan ingliz tilidaga 
tarjima qiladi; 3) harakat fe’llarini grammatik va semantik jihatdan tahlil qiladi; 4) 
harakat fe’llarining valentligini va sintaktik qurshovini ko‘rsatib beradi.
Avtomatik tahrir tizimini yaratishda qilinadigan ishlar umumiy tarzda
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.
Tilshunoslikning barcha qonun qoidalarini o‘zida jamlagan
lingvistik modul yaratish. 
2.
Modul yordamida dastur algoritmini tuzish. 
3.
Algoritmdan foydalangan holda dasturni yaratish.
Ana shu ishlar amalga oshirilsa, inson ovozli yoki yozma buyruq
yordamida matnni juda oz vaqt ichida tahrir qila oladi.
Ma’lumki, matnlar har xil bo‘ladi: badiiy matn, publisistik matn, ilmiy
matn va h.k. Bu matnlar uslub jihatidan bir-biridan farq qiladi. Avtomatik
tahrir loyihasini amalga oshirganda, albatta, tahrir qilinmoqchi bo‘lgan
matnning uslubiy xususiyatlari inobatga olinadi yoki biror bir uslubga xos
avtomatik tahrir dasturi yaratiladi.
Avtomatik tahrirni qo‘llash doirasi birmuncha chegaralangan, ya’ni har
qanday matn uchun ham avtomatik tahrirni qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki har bir
ijodkor dunyoqarashi va uslubiy xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zining
matnini yaratadi. Avtomatik tahrir dasturini rasmiy idoralarda, ilmiy-texnikaviy
muassasalarda, asosan, rasmiy, ilmiy va ilmiy-texnikaviy matnlarni tahrir qilish
uchun qo‘llash mumkin.
Bugungi kunda matnni texnik tahrir qilish borasida yaratilayotgan
ishlar asosan quyidagi ikki yo‘nalishda olib borilmoqda: 


44 
1.
Kompyuterli grammatika: 
a)
kompyuterli morfologiya; 
b)
kompyuterli sintaksis. 
2.
Kompyuterli semantika. Ushbu maqsadga erishish uchun
quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak: 

Tilning lug‘at tarkibini kompyuterga kiritish, ya’ni elektron
lug‘atni joriy etish. 

Lug‘atdagi adabiy tilga oid so‘zlarni ajratib olish. 
O‘zbek tilining elektron izohli lug‘atini kompyuterga kiritish uchun
avvalo, 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni “ O‘zbek adabiy tilining
elektron izohli lug‘ati” ga aylantirish lozim. Bunda 5 jildli izohli lug‘atdagi
so‘zlarning ilmiy, rasmiy-idoraviy va publisistik uslubga xoslari olinadi va
ayni kundagi misollar bilan boyitilib, mukammal elektron izohli lug‘at
ko‘rinishiga keltiriladi. Demak, ishning avvalida: 

lug‘atda berilgan so‘zlarning faqatgina hozirgi o‘zbek adabiy
tilida iste’molda bo‘lgan qismlari tanlab olinadi; 

ularning har biri qaysi turkumga tegishli ekanligi yoziladi; 

so‘zlarga keltirilgan misollar badiiy adabiyotlardan emas, balki
kundalik hayotda ishlatilayotgan publisistik matnlardan saralab
olinadi; 

har bir so‘zning sinonimi, antonimi, omonimi va mavjud bo‘lsa, 
frazeologik birikmasi keltiriladi; 

so‘zning qaysi uslub doirasida keng iste’mol qilinishi yozib
qo‘yiladi; 

olingan so‘zlar turkumlarga ajratiladi; 

so‘zlarni turkum doirasida guruhlash (masalan, ot turkumidagi
so‘zlarni shaxs otlari, o‘simlik nomlari, joy nomlari kabi
guruhlarga ajratish); 

guruhlangan so‘zlarga qo‘shimchalar kombinatsiyasini tuzish. 


45 
Bunda qo‘shimchalar kombinatsiyasining amalda adabiy til
doirasida foydalaniladigan hajmi olinadi. Kombinatsiyalar qatorini
tuzishda qo‘shimchalar ketma-ketligi inobatga olinadi. Masalan, ot
turkumida ko‘plik+egalik+kelishik kategoriyasi va h.k.

tuzilgan qo‘shimchalar kombinatsiyasi so‘zlarga biriktiriladi; 

tilshunoslar tomonidan amalga oshirilgan yuqoridagi ishlar
dasturchi tomonidan ta’minotga kiritiladi.
Sintaktik tahrirda asosiy maqsad (birinchi qadamda) so‘zlarning o‘zaro
bog‘lanish me’yorlarini e’tiborga olish. Bir so‘zshakl bir qancha so‘zning
grammatik formasiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunday holatda so‘zlarni
farqlash uchun matn kirituvchiga shunday so‘zlar varianti ko‘rsatiladi va
matn teruvchi so‘zlardan muvofig‘ini tanlab qo‘yadi. Ushbu jarayon
morfologik tahrirda ham kuzatiladi. Ya’ni so‘zning xato yozilgani
aniqlangach, matn teruvchiga tanlab qo‘yish imkonini beruvchi so‘zlar varianti
beriladi. Sintaktik tahrirda asosiy maqsad so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish
me’yorlarini e’tiborga olish. Matnlarni grammatik tahlil qilishda kompyuterga 
kiritilayotgan matndagi gap strukturasini grammatik jihatdan to‘g‘ri
tuzilganligini tekshiradi. Buning uchun dasturga gaplarning kombinatsiyalarini
kiritish talab etiladi. Shunda dastur gapni kiritilgan ko‘plab me’yoriy
kombinatsiyalar doirasida tekshiradi. Agar gap tuzilishi kombinatsiyalarga
muvofiq kelmasa, dastur uni xato deb hisoblaydi va foydalanuvchiga bu
haqda xabar beradi.
Kelajakda o‘zbek kompyuter lingvistikasi fani oldida barcha so‘z 
turkumlariga oid ana shunday kompyuter dasturlari ishlab chiqishdek murakkab 
vazifa turibdi. 
O‘zbek kompyuter lingvistikasida hali gapdagi turkumlarni ajratish
bo‘yicha korpus yaratilmagan. Bunda tilning lug‘at boyligidagi so‘zlar
turkumlarga ajratilib chiqilishi kerak. Bu jarayon keyin amalga oshiriladigan
sintaktik tahlil bosqichi uchun asos bo‘ladi. O‘zbek tilidagi asosiy masala
so‘zlarga qo‘shiluvchi so‘z shakllarining ko‘pligidir.


46 
So‘z turkumlarining lingvistik modulini yaratishda yaratishda amaliy
natijaga erishish uchun avvalo ularga shakl yasovchi qo‘shimchalar va
ularning kombinatsiyasi so‘zlarga biriktirilib, lingvistik bazaga kiritish optimal
yo‘l deb qaraladi
20
.Flektiv tilda ham, agglyutinativ tilda ham grammatik
ma’no asosan affiks yordamida ifodalandi, shunga ko‘ra ingliz va o‘zbek
tillarida so‘zlar, avvalo, grammatik ko‘rsatkichlar asosida turkumlanadi. Bu
jihatdan ingliz tilida so‘z turkumlari o‘zbek tiliga nisbatan yaqqol farqlanib
turadi. Masalan, ingliz tilida sifat – o‘zgaruvchi turkum, uning o‘ziga xos
tugallanmalar tuzumi bor; ravish esa o‘zgarmaydigan turkum, lekin ingliz
tilida ravishning ham o‘ziga xos grammatik ko‘rsatkichi bor (barcha
ravishlarda emas), natijada bu ikki turkum so‘zlari ingliz tilida o‘z-o‘zidan
farqlanib turadi.
O‘zbek tilida esa manzara boshqacha: sifatda ham, ravishda ham shakl
o‘zgarishi yo‘q, shu sababli sifat bilan ravishni farqlashda boshqa belgi-
xususiyatlarga suyanib ish tutish lozim bo‘ladi. Ba’zi manbalarda sifat va
ravishni sintaktik mezon (sintaktik vazifa) asosida ajratish taklif qilinadi. Bu
yo‘l ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki ayni bir so‘z (masalan, yaxshi
so‘zi) sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelsa, sifat deb, hol bo‘lib kelsa, ravish deb
atalishi, demak, ikki turkumga mansub so‘zlar deb (ikkita so‘z deb) qaralishi
lozim bo‘lib qoladi. Turkum bilan bo‘lak munosabatini to‘g‘ri belgilashimiz
lozim.
Ko‘rinadiki, sintaktik vazifa shu turkum so‘zi uchun birlamchi (shu
turkum tabiatidan kelib chiqadigan) sintaktik vazifa bo‘lishi yoki ikkilamchi
(boshqa turkum tabiatiga mos) sintaktik vazifa bo‘lishi mumkin. Masalan, 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə