Shakllanishi


Axborot izlanish sistemasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
abdurahmonova sayyora

Axborot izlanish sistemasi
–1950-1960-yillarda ilmiy-texnik axborotlar
keskin sur’atda ortdi. Millionga yaqin ixtirolar va turli ko‘rinishdagi bir necha
million ilmiy yangiliklar mavjud bo‘lib, ular muntazam ravishda ko‘pgina
tillarda berib boriladi. Millionlab ilmiy-texnika jurnallari nashr qilinib, ularda
maqolalar chop etilmoqda. Har qanday ilmiy-texnik axborotni keng
kitobxonlar ommasiga o‘z vaqtida va oson yetkazishning birdan-bir yo‘li-
matnlarni turli tillarga tarjima va annotatsiya qiladigan dasturlarni yaratishdir. 
Shunday sharoitda kompyuter lingvistikasi axborotlarni saqlaydigan va qayta
ishlov beradigan axborot-izlanish (ATS) sistemasi ishlab chiqiladi. 
1-bobga xulosa 
Bitiruv malakaviy ishining avvalida o‘zbek kompyuter lingvistikasining
shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlariga to‘xtab o‘tilgan. Asosan, 
kompyuter lingvistikasi sohasida faoliyat olib borgan mutaxassislar va
ularning ilmiy izlanishlari tilga olindi.
Komputer lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni
yechishning kompyuter dasturlarini yaratishdir. U tilshunoslik bo‘limi sifatida
yuzaga kelib, so‘ng fan sifatida shakllandi. Demak, aytish mumkinki, 
kompyuter lingvistikasi matnga kompyuter yordamida ishlov berish bilan
bog‘liq vazifalarni bajaradi. 
Bitiruv malakaviy ishining ushbu bobida kompyuter lingvistikasining
asosiy yo‘nalishlariga ham alohida to‘xtab o‘tilgan, ma’lumotlar berilgan. 
Matnni avtomatik tahrir qilishning lingvistik bosqichlari haqida mulohaza
yuritilgan bo‘lib, bu bosqichlarni amalga oshirishda tilshunosdan katta kuch
va aqliy salohiyat talab etilishi bayon qilingan. Shuningdek, avtomatik tahrir
bilan bog‘liq ravishda avtomatik tahlil dasturiga to‘xtab o‘tilgan. Zamonaviy
texnologiyalarning kundalik turmushimizda muhim o‘rin egallashi va ilm-
fanning rivojlanishi avtomatik tahrir va tahlilning ahamiyatini oshirmoqda. 


34 
Avtomatik tahlil faqat matnlardagi mexanik xatolarni bartaraf etibgina
qolmay, matnning savodli yozilishini ham ta’minlaydi, matn kirituvchiga
jumlada xato so‘z borligi haqida xabar berib, uni xatoni bartaraf etishga
undaydi, natijada to‘liq lingvistik me’yorlar darajasidagi matnni yuzaga
keltirishda vaqt tejaladi.
Vazifalar ko‘lami bo‘yicha kompyuter lingvistikasida asosiy yo‘nalishlar
belgilab olingan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda mutaxassislar
samarali izlanishlar olib borishmoqda.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə