Shakllanishi


Kompyuter leksikografiyasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
abdurahmonova sayyora

Kompyuter leksikografiyasi
– kompyuter lingvistikasining yana bir
yo‘nalishi bo‘lib, unda lug‘atlarni tuzish va qo‘llash o‘rganiladi. Maxsus


32 
dasturlar ma’lumotlar bazasidan, kompyuter kartotekasidan, gipermatn so‘zlik
maqolalari, lug‘atlar tuziladi. Kompyuter leksikografik dasturi ikki qismdan
iborat: 1) leksikografik ishlarni qo‘llash dasturi; 2) turli tildagi avtomatik
lug‘at va leksikografik ma’lumotlar bazasi. 
Avtomatik lug‘at – mashinaning maxsus formatida saqlanuvchi, matnga
kompyuter yordamida ishlov beruvchi lug‘at hisoblanadi. Hozirgi kunda
mukammal avtomatik lug‘at ingliz tilining izohli lug‘ati va Ojegovaning
lug‘ati hisoblanadi. Aniq lingvistik ma’lumotlarni lug‘atlardan olish mumkin. 
Mukammal ishlangan lug‘atlarda fonetik, morfologik, sintaktik, semantik va
hokazo ma’lumotlar aks etib, til sathlarining barchasini o‘zida
mujassamlashtiradi.
Matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish – 
kompyuter lingvistikasida yana bir asosiy yo‘nalishlardan biri gipermatn
sistemasini tashkil etish sanaladi. Ilk bor prezident F.Ruzveltning ilmiy ishlar
bo‘yicha maslahatchisi Vannevar Bush tomonidan “MEMEKC” nomli texnik
loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyihani kompyuter yo‘qligi uchun qo‘llash
ancha tushunmovchiliklarga olib keldi. 1960-yillarda I.T.Nelson loyihani qayta
ishlab chiqib, uni “KSANDAU” nomi bilan kompyuter texnikasida qo‘llay
boshlaydi.
Kompyuter lingvistikasida gipermatn sistemasi grafik sifatida bo‘lib, har
bir nuqtada bir matn yoki ikki yo‘nalishda bo‘lib, ular “zanjir” holatda uzviy
bog‘liq holda joylashtiriladi. Foydalanuvchi o‘zining ehtiyojiga ko‘ra
gipermatndan foydalanadi. Gipermatn sistemasida bir nuqtadan ikkinchi
nuqtaga o‘tish uchun mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar keltirilishi kerak. 
Tayanch tushunchlar keritilishi bilan gipermatn mavzusi o‘zgaradi. Gipermatn
sistemasida axborotlar matniy axborot ham, matnsiz axborot ham bo‘lishi
mumkin. Hozirgi kunda gipermatn sistemasi tarkibiga multimedia, 
gipermedialar ham kiradi.
Gipermatn texnologiyasi matniy manbai kompyuterda tashkil etilishiga
asoslangan bo‘lib, bunda leksik birliklar bir chiziqli ketma-ketlikda


33 
joylashtirilmagan, balki aniq bilimlar asosida biroq sohaga taalluqli birliklar
va ular o‘rtasidagi munosabatlar inobatga olingan bo‘ladi. Gipermatn
texnologiyalari mashina sivilizatsiyasiga olib boruvchi yo‘l sanaladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə