Shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#115062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
abdurahmonova sayyora



MUNDARIJA 
KIRISH…………………...
……………………..………………..…..
3
 
I BOB. O‘ZBEK KOMPYUTER LINGVISTIKASINING 
SHAKLLANISHI 
1.1 O‘zbek kompyuter lingvistikasiga doir tadqiqotlar tavsifi……..…. 7 
1.2 Kompyuter lingvistikasidagi asosiy yo‘nalishlar…………………. 16 
II BOB. KOMPYUTER LINGVISTIK TA’MINOTIDA 
O‘ZBEKCHA MATN USLUBIGA XOS DOLZARB 
MUAMMOLAR
2.1 Avtomatik tahrir dasturlarida o‘zbekcha matn bilan bog‘liq 
muammolar……………………………………………………….…. 34 
2.2 Til o‘rgatish dasturlarida avtomatik tahrirning o‘rni………….…..38 
III BOB O‘ZBEK TILI UCHUN AVTOMATIK TAHRIR 
DASTURLARINI YARATISHNING AHAMIYATI 
3.1 Imlo qoidalarini o‘zlashtirishda kompyuter dasturlarining o‘rni va 
ahmiyati ………………………………………….…………………....55 
3.2 “Writer H and X dasturining ishlash prinsipi va ahamiyati……….60 
XULOSA……………………………………………………………...64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………..
66 
ILOVA………………………………………………………………….. 
TADQIQOT ……………………………………………………………. 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
Har bir tilning shakllanishida shu til vakillarining 
tilga uni o`rganish tadqiq qilishga bo‘lgan munosabati muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqning xalq sifatida o‘zligini namoyon etishida til muhim omil bo‘lib xizmat 
qiladi. Shu sababli mamlakatimizda ona tilimizga alohida e’tibor berilmoqda. 
Davlatimiz mustaqillikka erishishi arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi buning yorqin isbotidir. 
Darhaqiqat, til xalq ma’naviyati, madaniyati ko‘zgusidir. Prezidentimiz I.A. 
Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ham bu borada 
munosabat bildirilgan: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, 
avlodlar o‘rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki 
ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali 
singadi. Ona tili – bu millat ruhidir”
1

Til – kishilar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, tafakkur quroli. Har bir 
xalq tilida uning tarixi, xarakteri, badiiy ijodi va tafakkurining o‘ziga xos 
xususiyatlari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek tili boy va imkoniyatlari keng. Uning qudratini hazrat Mir Alisher 
Navoiy o‘z asarlari orqali butun dunyoga mashhur qilgan. Shunday ekan, 
O‘zbekistonda yashayotgan o‘zbek xalqi uchun ona tilini bilish, uning bebaho 
boyliklaridan bemalol foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, o‘zbek tilini 
asrash har bir o‘zbek farzandining vazifasi va burchidir.
Rus tilshunosi V.V.Vinogradov esa: “Og‘zaki va yozma nutqning yuksak 
madaniyati, ona tilini yaxshi bilish va his etish, ularning namunali vositalarini 
ishlata olish ko‘nikmasi – har bir kishi uchun o‘z ijtimoiy hayotida va ijodiy 
faoliyatida eng yaxshi tayanchdir”, - deb yozgan edi. 
Ma’lumki, ijtimoiy hayotda yuz beradigan o‘zgarishlar ilm-fanning barcha 
yo‘nalishlarida bo‘lganidek, tilshunoslik sohasida ham o‘z ifodasini topadi.
1
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B.60. 



Tilshunoslikda bir qator yangi sohalar paydo bo‘ldi. Bu jarayon asosan, XX 
asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsa-da, o‘zbek tilshunosligida ushbu sohalar 
(neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, geografik tilshunoslik 
kabi) rivoji mustaqillik davridan so‘ng kirib kela boshladi va bir qancha ilmiy 
ishlarning tadqiqot obyektiga aylana boshladi. Shu jumladan, “XXI asr – 
kompyuter texnologiyalari asri” ning o‘zbek tilshunosligiga olib kirgan yangiligi 
bo‘lmish kompyuter lingvistikasi sohasining rivoji ham.
Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQShda shakllandi. Mazkur fan 
XX asrning o`rtalarida paydo bo`lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib 
chiqqan. Tabiiy tillar grammatikasi formal modeli kompyuterda tarjima qilish, 
tillarga o`rgatish, bilimlarni diagnostika qilish, matnlarni tahrir etish kabi amaliy 
dasturlarni ishlab chiqishga asos bo`lgani holda kompyuter lingvistikasi 
yo`nalishiga zamin yaratdi.
1
Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi 
lingvistik masalalarni hal qilishning kompyuter dasturini yaratishdir. Uning asosiy 
vazifalariga tillarga o`qitish, bilimlarni tekshirish, matnlarni turli jihatdan 
tahrirlash va mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish 
kabilar kiradi. Kompyuter lingvistikasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan 
uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: 1) linvostatistika; 2) injener lingvistikasi; 3) 
algoritmik (dasturlash) lingvistika. 
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi, matematik 
lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u hozirda turli aspektlarda jadal 
rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy yo‘nalishlari sifatida 
quyidagilarni ajratish mumkin:
a)
matn tahriri – kompyuter yordamida muayyan matnning xatolarini 
to‘g‘rilash;
b)
avtomatik tarjima – berilgan matnni bir tildan boshqa tilga qisqa vaqt ichida 
tezkor tarjima qilish tizimi; 
c)
CALL 
(Computer 
Assisted 
Language Learning) til o‘qitishni 
avtomatlashtirish – xorojiy tillarni kompyuter yordamida o‘qitish tizimini 
1
Po’latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 37-38-bet. 



ta‘minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash 
mexanizmlari; 
d)
kompyuter leksikografiyasi (elektron lug`atlar tuzish) – muayyan til 
leksikonidagi 
so`zlarning 
ma`lumotlar 
bazasi 
va 
maxsus 
programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo‘lgan dasturlar 
(kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha; 
e)
sun’iy intellekt tizimini yaratish; 
f)
NLP – tabiiy tilning qayta ishlanishi
g)
gipertekst texnologiyasi; 
h)
on-line o‘qitish tizimi (virtual sinf va labaratoriyalarda) – kompyuter 
lingvodidaktikasi; 
i)
informatsion qidiruv tizimi.
1
Barcha sohalar uchun rivojlanish, taraqqiy etish o‘ziga xos xususiyat
sanaladi. Jumladan, tilshunoslik sohasi ham bundan mustasno emas.Millat ruhini 
o‘zida mujassam etgan til barcha davrlarda jamiyat rivoji bilan yonma-yon yurgan. 
Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida ona tili va adabiyotning o‘rni beqiyosdir. “Yangi 
avlodni tarbiyalash – xalqni tarbiyalash demakdir”
2
. Ijtimoiy hodisa sifatida
baholanadigan til hamisha boyib, yuksalib boraveradi.
Kompyuter lingvistikasining muammolarini to‘g‘ri belgilash va ularni 
ko‘rsata bilish katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Avtomatik tahrir dasturi 
kompyuter lingvistikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bir qator tillarda 
bu dastur yaratib bo‘lingan. O‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida avtomatik 
tahrir va qilish soha mutaxassisi oldida turgan vazifadir.
Bu yo‘nalishda qilingan avvalgi ishlar bilan tanishgan holda avtomatik tahrir 
va tahlil jarayonining prinsiplarini bayon qilishga va ular asosida mulohazalar 
bildirishga harakat qildik.
1
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent, 2011. 58-bet 
2
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир.
– 
Т.: “Ўзбекистон”, 2015, 235-бет.



O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson mehnati bilan 
amalga oshirilib kelinmoqda. Bu matnlarni tahrir qilishga ketadigan vaqtning 
oshishiga, iqtisodiy xarajatlarning ortishiga, inson tomonidan qilinadigan 
xatoliklarga olib keladi. Avtomatik tahrir dasturining asosiy prinsiplari orqali 
kelgusida bu borada qilinadigan amaliy ishlarda qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi 
zarurligi keltiriladi. Shuningdek, bugungi kunda jahon kompyuter lingvistikasida 
amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i, o‘zbek tilshunosligidagi kelgusi
tadqiqotishlarining muhim yo‘nalishlari haqida so‘z boradi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə