Sharifxodjaev Sh. O., I f. d


/2019 4-rasm. Jahon moliya bozori segmentlari va unda dunyo mamlakatlarining



Yüklə 56,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü56,73 Kb.
#183193
1   2   3   4   5   6   7
54-60

03/2019
4-rasm. Jahon moliya bozori segmentlari va unda dunyo mamlakatlarining
ulushi[6]
4-rasmda keltirilgan diagrammalarda jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan
biri hisoblangan fond bozori va doimiy daromad bozorlarining moliya bozoridagi ulushi
hamda mamlakatlar o'rtasida taqsimlanishi keltirilgan. Fond bozori 2018 yilda 85 trillion
AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, doimiy daromad bozori qiymati 100 trillion dollarga
teng bo'lgan.
Jahon fond bozori va doimiy daromad bozori bo'yicha aksariyat dunyo mamlakatlarining
ulushi teng. Biroq bu ko'rsatkichlar Yevropa Ittifoqi hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda
keskin farq qiladi (4-rasm).
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida global va mintaqaviy moliyaviy markazlar
puxta o'ylab ishlab chiqilgan, iqtisodiy-moliyaviy, huquqiy- me'yoriy mexanizmlar majmui
asosida turli mahalliy va xorijiy moliya institutlarining ma'lum bir joyda moddiy-iqtisodiy
manfaat yuzasidan to'planishini ta'minlaydi. Natijada mamlakat moliya bozoridagi aktivlar
va ko'rsatiluvchi xizmatlar turini ko'paytiradi, innovatsion mahsulotlar bilan
takomillashgan, iqtisodiy mustahkam, murakkab infratuzilmani yuzaga keltiradi. Moliyaviy
institutlarning bir joyga to'planishi yoki akkumulyasiyasi hisobiga shakllangan moliya
bozoridagi kuchli raqobat ular ko'rsatadigan xizmatlarning iste'molchilar talabi asosida
son va sifat jihatdan oshishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida moliya sektorining rivojlanish xususiyatlarini o'z ilmiy ishlarida
tadqiq etgan bir qator iqtisodchi olimlar global, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy
moliyaviy markazlarning o'ziga xos jihatlarini yoritishga harakat qilganlar.
L.N. Krasavinaning fikricha, jahon moliyaviy markazlari bu xalqaro moliyaviy oqimlar
va yirik hajmdagi operatsiyalarning nisbatan foydali bo'lgan sohalar bo'yicha taqsimoti
natijasida ma'lum bir joyda to'planishi, yoki marzkazlashuvini anglatadi. Tarixan, ular
milliy bozorlar negizida, keyinchalik jahonning valyuta, kredit, fond va oltin bozorlari
asosida paydo bo'lgan. Shuning uchun, jahon moliyaviy markazlari tarkibida moliya
bozorining barcha sektorlari joylashgan[7].
A.V. Novikov va I.Y. Novikova moliyaviy markazlar tushunchasini aniqlashda uch xil
yondashuvga asoslangan[8]. Birinchidan, funksional jihatdan moliyaviy markazlar
moliyaviy va maslahat xizmatlarining majmuidir. Ikkinchidan, institutsional nuqtai
nazardan ular moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar tizimi
hisoblanadi. Uchinchidan, moliyaviy markazlar geosiyosiy jihatdan moliya bozori


59
ȳòèñîäè¸òäà èííîâàöèÿ æóðíàëè/Æóðíàë èííîâàöèÿ â ýêîíîìèêå/Journal of innovation in economics
03/2019
ishtirokchilariga sifatli xizmat ko'rsatish, moliyaviy resurslarni jalb etish va qayta taqsimlashga
imkon beruvchi infratuzulmaga ega global shaharlardir. Uchinchi yondashuv
L.N.Krasavinaning xalqaro moliyaviy markazlar to'g'risidagi tushunchasini yanada
aniqlashtirishga imkon beradi.
V.S. Utkinning fikricha, hozirgi kunda moliyaviy markazlar xalqaro sanalishi uchun
kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak[9].
Birinchidan, markaz joylashgan mamlakat iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashgan bo'lishi, unda barqaror valyuta asosida doimiy iqtisodiy o'sish
ta'minlanishi va samarali moliyaviy siyosat yuritilishi lozim.
Ikkinchidan, markazda moliyaviy operatsiyalar va investitsiyalarga to'sqinlik qilmaydigan,
mablag'larni samarali taqsimlash imkonini beruvchi liberal soliq va huquq tizimi amal
qilishi kerak.
Uchinchidan, moliyaviy markazda bank, birja va sug'urta tizimini o'z ichiga olgan,
samarali nazorat yuritiladigan, rivojlangan moliyaviy infratuzilma mavjud bo'lishi zarur.
Tahlillarimiz asosida yirik xalqaro moliyaviy markazlar yer yuzidagi asosiy vaqt zonalari
doirasida joylashganligi, xususan Nyu-York, London, Syurix, Gonkong, Sigapur, Tokio,
Shanhay, Seul jahondagi eng katta moliyaviy markazlar hisoblanishi, shuningdek,
moliyaviy markazlar o'rtasidagi kurash turli vaqt zonalarida joylashgan markazlarga
nisbatan o'z vaqt zonasida joylashgan markazlar o'rtasida kuchli bo'lishi aniqlandi (5-
rasm). 2018 yilda jahon bo'yicha e'lon qilingan GFCI ko'rsatkichi deyarli o'zgarishsiz
tendensiyasiga ega bo'lgan bo'lsa-da, umuman 30 ta yirik moliyaviy markazlardan atigi
10 tasi o'z reytingini oshirishga erishgan.
Tadqiqotlarimizga ko'ra, 2007 yildan boshlab e'lon qilinib kelayotgan GFCI
ko'rsatkichlarida Gonkong va Singapur moliyaviy xizmatlar ko'rsatishning barcha turlari
bo'yicha Nyu York va Londondan keyingi yirik global moliyaviy markazlar sifatida dunyoda
tan olib kelinmoqda. Shuningdek, Gonkong va Singapur moliyaviy markazlarida moliya
bozorining taraqqiyoti va sohaning raqobatbardoshligi qariyb bir xil ekanini tahlillar
natijasida aniqlash mumkin. Bu esa, o'zida tez sur'atlarda moliyaviy markazni shakllantirgan
shaharlar sifatida ularning xalqaro aloqalarini tashkil etish, mintaqaviy va moliyaviy
barqarorligini ta'minlash mexanizmini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo'lida
foydalanish uchun o'rganish zaruratini ko'rsatadi.

Yüklə 56,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə