Sharifxodjaev Sh. O., I f. d


-rasm. Global moliyaviy markazlar indeksining o'zgarish tendensiyasi (reyting



Yüklə 56,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü56,73 Kb.
#183193
1   2   3   4   5   6   7
54-60

5-rasm. Global moliyaviy markazlar indeksining o'zgarish tendensiyasi (reyting
baholash asosida hisoblangan, yuqori reyting moliyaviy markazning kuchayganligidan
dalolat beradi)[10]


60
ȳòèñîäè¸òäà èííîâàöèÿ æóðíàëè/Æóðíàë èííîâàöèÿ â ýêîíîìèêå/Journal of innovation in economics
03/2019
Dunyo mintaqalari bo'yicha moliyaviy markazlar holatini tahlil qilsak, oxirgi yillarda
G'arbiy Yevropadagi asosiy 5 ta, jumladan London, Frankfurt, Parij, Jeneva va
Lyuksemburg moliyaviy markazlarining reytingi kamaygan yoki o'zgarishsiz qolgan. Sharqiy
Yevropadagi Almata, Stambul, Praga moliyaviy markazlarining reytingi ortib borgan,
Moskvaning reytingi yaxshilanmay, 88 o'ringa tushib qolmoqda.
2018 yilda Osiyo va Tinch okeani havzasida joylashgan 10 ta yirik moliyaviy markazlardan
8 tasi, ya'ni Gonkong, Singapur, Shanxay, Tokio, Pekin, Sidney va Shenjen moliya
markazlarining reytingi o'tgan yilga nisbatan pasaygan yoki o'zgarishsiz qolgan, Melburn,
Sindao, Kuala Lumpur va Vellington kabi moliya markazlarining reytingi ko'tarilganini
kuzatish mumkin. Yaqin Sharq va Afrikadagi ayrim moliyaviy markazlar, ya'ni Dubay,
Abu-Dabi, Yoxannesburg, Kasablanka shaharlarining reytingi esa yaxshilanib bormoqda.
Shimoliy Amerika qit'asidagi Boston, Vashington, Toronto, Nyu York kabi moliya
markazlarining reytingi qariyb pasaymagan bo'lsa, hududdagi Montreal shahrining
reytingi, 32 ballga ortib, 24-o'rindan 18-o'ringa ko'ratilgan. Lotin Amerikasi qit'asidagi
moliyaviy markazlar reytingi o'zgarishida beqarorlik mavjud. Braziliyadagi San-Paula va
Rio-de-Janeyro moliyaviy markazlari reytingi biroz tushgan, Meksika va Panama
shaharlarining reytingi ortib, GFCIdagi o'rni mos ravishda 1 va 8 pog'ona yuqoriga ko'tarilgan.
Offshor moliyaviy markazlar[11] hududni tartibga solish va o'z mavqei uchun kurash
olib bormoqdalar. Natijada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo'shma qirolligining
alohida ma'muriy birliklari, xususan Normand orollari (Gerisi, Djersi, Sark orollari),
Men oroli va mazkur Qo'shma qirollikka tobe hududlar (GFCIda ko'rsatiladigan 4 ta
hududdagi 14 offshor markazlar)ning xalqaro moliyaviy markaz sifatida reytingi tushmoqda.
Moliyaviy markazlarni baholashda ularning raqobatbardoshligi o'zgarish darajasiga ham
e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Markazlar raqobatbardoshligining barqarorligini
aniqlashda ikkita asosiy me'zondan foydalanish maqsadga muvofiq, ya'ni birinchisi markazni
baholovchi mutaxassislar xulosalaridagi farqlarning ortishi, ikkinchisi vositali omillar
ko'rsatkichlari o'zgarishida beqarorlikning kuchayishi hisoblanadi. Mazkur ikki mezon
asosida moliyaviy markazlar barqaror, dinamik o'zgaruvchan, prognoz qilib bo'lmaydigan
turlarga ajratiladi. Tahlillarimiz natijasida London, Nyu-York, Singapur, Gonkong va
Seul moliyaviy markazlari raqobatbardoshlik bo'yicha barqaror ekanligi aniqlandi.
Fikrimizcha, mamlakatimiz moliya bozorining yuqori sur'atlar bilan barqaror
rivojlanishini ta'minlash, xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirish, ushbu sohalarning
innovatsion taraqqiyotini ta'minlash borasida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari
tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Yüklə 56,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə