Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti



Yüklə 50,66 Kb.
səhifə5/5
tarix30.12.2023
ölçüsü50,66 Kb.
#166945
1   2   3   4   5
Abdunazarov Sherzod

4.Transportning boshqaruv ob’ekti sifatidagi xususiyatlari
Transportning tarkibiy-funksiyasi tavsifi.
Bozor munosabatlariga o‘tganda transportning roli ancha oshadi. Bir tomondan korxonaning samaradorligi tarnsport oqimiga bog‘liq (bozor sharoitida bu uning ishlash qobiliiyati bilan bog‘liq), ikkinchi tomondan, bozor tovarlar va xizmatlar ayirboshlashini taqoza etadi, bu esa transportsiz amalga oshmaydi demak, bozor bo‘lmay qolishi mumkin. SHuning uchun ham transport infrastrukturasining muhim tarkibiy qismidir. Boshqa tarmoqlarning mahsulotlarini iste’mol qilishda va xalq xo‘jalagining muhim ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ham transportning ulushi katta.
Transport asosan mamlakat iqtisodiyotining buyumlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettirib, uni nihoyasiga, ya’ni iste’mol doirasigacha etkazuvchi sohadir. Demak, transportning umumjamiyat ishlab chiqarishidagi asosiy vazifasi sanoat, qishloq xo‘jaligi va transportni o‘zaro birlashtirishdan iboratdir. Bir tomondan, tashish hajmi, yuk oqimlari yo‘nalishlari va transport texnikasi vositalarining rivoji, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdoriga, ikkinchi tomondan, mavjud yo‘llarning o‘tkaza olish qobiliyati mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga va ularning qaerda joylashganligiga bog‘liqdir.
Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning passajirlar va yuk tashish muntazamligidir. Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg‘ilar o‘z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning ombordagi zahirasi minimal miqdorda bo‘lishi mumkin. Tabiat boyliklarni ishlab chiqarish va ularni tashishda ham transport alohida o‘rin tutadi. Transport faqat iqtisodiy vazifalarni hal etishdagina muhim bo‘lmay, balki yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq aholisini shaharga yaqinlashtirish, masalan, kadrlarni qishloq joylarida mustahkam o‘rnashib qolishiga ham yuqori darajada ko‘maklashadi. Bunday natijaga erishish ulkan ijtimoiy masalani hal etishga, ya’ni mehnat rezervlaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Davlat mudofaa qudratini oshirishda ham transportning roli muhimdir. Bu sohada O‘zbekiston sharoiti uchun er usti transportlari bo‘lmish, temir yo‘l va avtomobil transportlarining ahamiyati ayniqsa kattadir, chunki armiya qismlari va mudofaa vositalarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish asosan transportning shu ikki turi yordamida bajariladi.
Transport mamlakatda g‘oyat ko‘p va xilma-xil ishlarni bajaradi. U odamlarning kundalik aloqalarini, barcha viloyatlar va tumanlar o‘rtasida muntazam aloqani ta’minlaydi, odamlarning madaniyat yutuqlaridan keng bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi. Transport odatda ishlab chiqarish ichidagi va umum foydalaniladigan (magistral) turlariga bo‘linadi. Birinchisiga korxonaga kirib kelgan temir yo‘llar, sex ichi va sexlararo yo‘llar, qishloq xo‘jaligidagi traktorlar va ot-aravalar kiradi. Bu turdagi transportni texnologik transport deb atasa bo‘ladi.
Transport tizimi – tashish jarayonida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi transportlar kompleksidir. Quyida transportning funksiyaviy-tarkibiy tavsifining tarmoqlararo majmua sifatidagi belgilari keltirilgan.
Yüklə 50,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə