Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari , oqimlari, diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi



Yüklə 156,43 Kb.
səhifə14/15
tarix11.12.2023
ölçüsü156,43 Kb.
#144047
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mustaqil ish (2)

Topshiriq Esse va krossvord

5.9 Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari , oqimlari, diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi


Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining „nozik“ tomoni uning „din“ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida „shahid“ yoki „kamikadze“ boʻlishga tayyor turadilar. „Musulmonbirodarlar“ harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning „nazariya“siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.
Topshiriq Esse

MUSTAQIL TA’LIM UCHUN UQUV-USLUBIY ADABIYOTLAR VA ELKTRON TA’LIM RESUSLARI RO‘YXATI


NAZARIY-METODOLOGIK
1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016. -53b.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017 -484b.
3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: 2017.-
4. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar. - T.: O‘zbekiston, 1996-2016.



Yüklə 156,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə