Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


-Mustaqil ta’lim topshiriqlari



Yüklə 156,43 Kb.
səhifə2/15
tarix11.12.2023
ölçüsü156,43 Kb.
#144047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
mustaqil ish (2)

4-Mustaqil ta’lim topshiriqlari
4.1-Ma’ruza matni va krossvord tayorlash.
4.2 Axloq va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni.
4.3 Nafosat falsafasi, uning inson kamolotida tutgan o‘rni.
4.4 Shaxs estetik idealini rivojlantirishda san’at va sportning konstruktiv ahamiyati.
4.5 Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi. Jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari
5-Mustaqil ta’lim topshiriqlari
5.1-Axloqiy idealning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni.
5.2 Milliy ta’lim tizimini shakllantishda integratsiyon jarayonlarning ahamiyati. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish zarurati

5.3 Globallashuv va umumbashariy muammolarning falsafiy jihatlari


5.4 Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari
5.5 Korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy mexanizmlari
5.6 Din – madaniyat fenomeni
5.7 O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati
5.8 Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik g’oyalari

5.9 Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari , oqimlari, diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi



KIRISH
Falsafa hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fandir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin yosh avlodni ahloqiy jihatdan etuk, barkamol qilib tarbiyalash maqsadida ahloqshunoslik yangi jamiyatda tobora yuksak mavqega chiqib bormoqda. Chunki axloq – ma’naviyatning o‘zagi, insof va adolat tuyg‘usidir. Barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni hal etish imkoniyati inson shaxsini tarbiyalash orqali yaratilgan. Axloq inson ruhiy kamolotining muhim mezonlaridan birini tashkil qiladi. U millat abadiyligini va mamlakat taraqqiyotini ta’minlashdagi ustuvor omil hisoblanadi. Axloqning ana shu muhim roli va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, milliy-ma’naviy tiklanish, yoshlarni yuksak ma’naviyat sohibi va barkamol inson qilib tarbiyalash mustaqilligimiz sharoitida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, talabalarning milliy o‘z-o‘zini anglashlarida, millatparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularining mustahkamlanishida mazkur kursning o‘qitilishi ijobiy rol o‘ynamoqda. Ularga e’tiqod, iymon, halollik, poklik, mehr-shavqat kabi tuyg‘ularni shakllantirishga, o‘z millati va vatanining manfaatlarini tushunib etishlariga yordam bermoqda.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, tarixiy xotira an’ana va qadriyatlarning tiklanishi munosabati bilan estetika fani oldida ham yangi vazifalar paydo bo‘lmoqda. Estetika O‘zbekistonning mustaqillik sharofatida o‘quv-tarbiya vazifalaridan kelib chiqib o‘z masalalarini bayon qilmoqda. Estetika fani talabalarni shaxs sifatida ham, fuqarolik jamiyati a’zosi sifatida ham - har jihatdan go‘zallikka oshno, yuksak estetik did egasi qilib tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shishi bilan belgilanadi. Mantiq fani talabalarni to‘g‘ri fikrlashning qonun qoidalari va mantiqiy shakllari bilan tanishtirish asosida , erkin fikr yurita oladigan barkamol insonlar etib tarbiyalash bilan birga ularda yangi turmush va tafakkur tarzini qaror toptirishda xizmat qiladigan fandir.
Falsafa fani bo‘yicha mazkur uslubiy qo‘llanma talabalarning seminar darslarini o‘zlashtirishga yaqindan yordamberib, ularda odob, ahloq, go‘zallik va nafosat hamda to‘g‘ri fikrlash qobiliyatlarining o‘sishiga yordam beradi. Shuningdek, talabalarga adabiyotlarni to‘g‘ri tanlash, mavzu mohiyatini anglash, mustaqil tayyorgarlik ko‘rish kabi vazifalarni amalga oshirishda uslubiy ko‘rsatma asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur fandan tuzilgan uslubiy qo‘llanma fan dasturi asosida tayyorlandi. Ushbu qo‘llanmani kelajakda to‘ldirilgan va boyitilgan holda chop etish zaruriyatini hisobga olib sizlardan fikr va mulohazalaringizni kutamiz.
Ushbu fanni o‘qitishdan asosiy maqsad talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni singdirish, kreativ tafakkur elementlarini shakllantirish, mantiqiy fikrlashni o’rgatish orqali ularni ma’naviy qashshoqlashuvdan uzoqlashtirish, inson va jamiyat hayotidagi mohiyatni tushuntirish. Talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak falsafiy dunyoqarashga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanni o‘rganish, uning mazmunini mukammal o‘zlashtirishda talabalar eng avvalo milliy ma’naviy qadriyatlarni, inson va jamiyat hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan strategiya, mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy-ma’naviy tiklanish borasida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim. Ushbu mustaqil ishni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma “Falsafa” fani namunaviy va ishchi dasturlari asosida tayyorlandi.
Talabalar mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorlanishlarida quyidagi internet saytlaridan foydalanishlari mumkin:
1. “Xalq so‘zi” gazetasi –www.info XS.Uz.
2. “Turkiston” gazetasi – www.turkiston sarkor.uz.
3. “Ma’rifat” jurnali – www.ma’rifat –inform.
4. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali – www.rzult academy freenetuz.
5. “Moziydan sado” jurnali – www.moziy dostlink.Net
6. www.press-servise.uz.
7. www.literature.uz
8. www.Ziyonet.uz.


Yüklə 156,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə