Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


topshiriq Konspekt, test namunaga qarab test tuzish 1.3 Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari



Yüklə 156,43 Kb.
səhifə4/15
tarix11.12.2023
ölçüsü156,43 Kb.
#144047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
mustaqil ish (2)

topshiriq
Konspekt, test namunaga qarab test tuzish
1.3 Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‘ziga xos tarzda kechgan. Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, Hindiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini ko‘ramiz. Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.


topshiriq
Konspekt, slaydlar tayyorlash.

1.4 Borliq falsafaning fundamental kategoriyasi


Olam va odam munosabatlari. Siz bilan)iz yashayotgan shu dunyo o‘zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go‘zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam haqidagi tasawurlar ham bolmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon boladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir. U mavhum tushuncha, ya’ni abstraksiyadir. Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta’minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib yetdi va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi. Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vujudga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bolgan. Olam, eng avvalo, tor ma’noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o‘simlik va hasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy olam va boshqa shu singari ko‘plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bolgan narsa va hodisalar nomi bilan ataladi.


Yüklə 156,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə