Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Topshiriq Konspekt, test tayyorlash, taqdimot tayyorlash



Yüklə 156,43 Kb.
səhifə6/15
tarix11.12.2023
ölçüsü156,43 Kb.
#144047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
mustaqil ish (2)

Topshiriq
Konspekt, test tayyorlash, taqdimot tayyorlash.

2.3 Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari
Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-manaviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Aristotel ko‘rsatishicha, alohida fanlar borliqning ayrim tomonlarini o‘rgansa, falsafiy bilish borliqning eng umumiy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Falsafa keng ko‘lamdagi kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‘oyalarni sintezlashtiradi.




topshiriq
Konspekt, slaydlar tayyorlash

2.4 Fan, falsafa va dinning o‘zaro aloqadorligi
Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.
Topshiriq
Konspekt, krossvord tayyorlash


3-Mustaqil ta’lim topshiriqlari
3.1 Bilim inson ma’naviy kamoloti omili.
Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish va boshqalar kiradi. Psixik xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi.


Yüklə 156,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə