|
Sharq adabiyotshunosligi, adabiy aloqalar va millatlararo“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarbsharq-adabiyotshunosligi-adabiy-aloqalar-va-millatlararo“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy
konferensiya
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
229
w
www.oriens.uz
June
2022
Ключевые слова: арабская и персидская литература, конфуцианство,
социалистический реализм, чистая литература, симфоническая гармония,
суфийские уроки, классическая литература.
ABSTRACT
This article covers the spiritual riches of the Eastern literature, especially the
Uzbek, Arabic, Chinese, Korean and Japanese peoples, the history of literature,
examples of creativity. At the same time, we encounter similarities, differences and
peculiarities of each oriental literature with Uzbek literature. What is the modern
interpretation of ancient oriental literature? What changes are taking place in
modern Uzbek, Arabic, Chinese, Korean, and Japanese literature, and to what extent
is it influential? You can get answers to questions such as. In this article, we will see
how important literature is in every aspect
Keywords: Arabic and Persian literature, Confucianism, socialist realism,
pure literature, symphonic harmony, Sufi lessons, classical literature.
KIRISH
Sharqning yuragi...
Adabiyot insonlarni tarbiyalaydigan, ruhiyatini oziqlantiradigan, taʼbir joiz
boʻlsa "koʻzlarini ochadigan" beqiyos kuch, inson aqliy va ruhiy omiling mahsulidir.
Buyuk maʼrifatparvar yozuvchi Abdulla Qahhor aytganidek, “Adabiyot atomdan
kuchli…” Agar uning kuchi “oʻtin yorish”ga sarf qilinmasa, adabiyot pokiza va
muqaddas ish boʻlib qolsa, hech shak-shubha yoʻqki, badiiy soʻzning kuch-quvvati
ortib boradi.
Soʻz insonni tarbiyalaydi. Uni fikr mushohadasiga yoʻnaltiradi. Jamiyatda
inson ruhining muhandislari butun millat, kerak boʻlsa dunyo xalqlarining yuragidagi
tugʻyonlarini uygʻoya oladi. Zero, badiiy soʻz qudrati katta. Bunga beeʼtibor davlat
taqdiri tanazzulga yuz tutadi. Oʻzbek adabiyoti esa dunyo adabiyoti vallamatlaridan
desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Odatda, Sharq adabiyoti deyilganda, koʻz oldimizda Navoiy, Lutfiy, Xorazmiy,
Bobur, Jomiy kabi siymolar gavdalanadi. Bu bejiz emas. Darhaqiqat ular buyuk
uygʻonish davrida nasr va nazmda samarali va sermahsul ijod qilishgan. Biroq, Sharq
Movarounnahr yoki Xuroson yoxud Fors olami bilan cheklanib qolmaydi. Sharq
adabiyotiga koreys, xitoy, turk, arab, yapon, hind kabi millatlarning maʼnaviy
boyliklari ham kiradi.
Ushbu xalqlar adabiyoti hamisha oʻzining gʻoyaviy klassik ahamiyati bilan
ajralib turadi. Qadimgi sharq adabiyoti axloqiy-didaktik ruhi bilan sugʻorilgan
|
|
|