|
Sharq adabiyotshunosligi, adabiy aloqalar va millatlararo“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarbsharq-adabiyotshunosligi-adabiy-aloqalar-va-millatlararo“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy
konferensiya
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
231
w
www.oriens.uz
June
2022
barqaror o‘rta asr madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa,
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning tezlashuvi va jahon madaniyati bilan bo‘lgan
aloqalarning kengayishi singari omillar ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Bugungi arab
adabiyoti bir mamlakat emas, balki Misr, Suriya, Iroq, Tunis, Marokash, Saudiya
Arabistoni kabi xalqlarning maʼnaviy boyliklarini oʻz ichiga oladi. Bu degani birgina
arab tili orqali ushbu davlatlar hayoti va madaniyatini anglash mumkin. Yangi arab
adabiyotining o‘ziga xos ahamiyatini to‘g‘ri baholab, muntazam o‘rganish, uning
milliy merosini toʻgʻri tatbiq etish, boshqa Sharq mamlakatlaridagi adabiy
jarayonlarni o‘rganishda poydevor vazifasini o‘taydi. Zeroki u butun Osiyoga oʻz
taʼsirini oʻtkazgan.
Oʻzbekiston va Xitoy adabiyoti oʻziga xosligi, yangi zamon Xitoy adabiyoti.
Xitoy adabiyoti Ibroniy va hind tillari bilan bir qatorda tug'ilishidan buyon
uzluksiz davom etayotgan eng qadimiy adabiy an'ana va jarayonlardan biridir. Agar
Xitoy sivilizatsiyaning dastlabki elementlarini rivojlantirgan joylardan biri deb
hisoblasak, bu qarash boshqacha bo'lishi mumkin ham emas. Bevosita Xitoy
adabiyoti deganimizda koʻz oldimizda eng birinchi Konfutsiy gavdalanadi. Konfutsiy
(xitoycha
孔子
, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va
siyosiy arbob boʻlgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va
Vetnam xalqlarining oʻy-fikri va hayotiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.(Wikipedia)
Konfutsiy hikmatlari Sharq adabiyotining pand-nasihat yoʻnalishida yozilgan yirik
maʼnaviy merosdir. Ushbu jihati bilan Xitoyning qadimgi adabiyoti Movarounnahr
va Xurosonda mavjud boʻlgan adabiy qarashlarga oʻxshaydi. Misol uchun buyuk
maʼrifatparvar shoir Alisher Navoiy ham oʻz ijodini, eng avvalo, insonni komil
boʻlishiga bagʻishlagan, shuningdek asarlariga didaktik ahamiyat va eʼtibor qaratgan.
Konfutsiy hikmatlarini Alisher Navoiyning birgina "Xamsa" asari tarkibiga kiruvchi
"Hayrat ul-abror"ga qiyoslashimiz mumkin. Konfutsiyning "Jarohat uchun adolatni,
ezgulik uchun faqatgina ezgulikni qalqon biling"(Sevara Alijonova tarjimasi) hikmati
"Hayrat ul-abror"ning uchinchi maqolati-Salotin bobiga toʻgʻri keladi. Yoxud
Xitoyga boʻlgan munosabatni Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" asarida Farhodning
tugʻilishida ifoda etadi, yani uning mamlakatini Chin deb ataydi. Ushbu jihatlar har
ikkala millatning bir-biriga azaldan yaqinligiga dalolat beradi. Yangi zamon Xitoy
adabiyoti bir necha xususiyatlari bilan bugun farq qiladi. 20-asr davomida xitoy
adabiyoti zamonaviylikka qo'shila boshladi, ammo bu jarayon 1949 yildagi inqilob
bilan to'xtatildi. 70-yillarning oxiriga qadar adabiyot "sotsialistik realizm" bilan
ajralib turardi va eng zamonaviy tendentsiyalarga ega bo'lmagan edi. Bu holat so'nggi
o'n yilliklarda o'zgarib, Xitoy adabiyoti Osiyo ichida va tashqarisida katta erkinlik
|
|
|