|
Sharq adabiyotshunosligi, adabiy aloqalar va millatlararo“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarbsharq-adabiyotshunosligi-adabiy-aloqalar-va-millatlararo“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy
konferensiya
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
233
w
www.oriens.uz
June
2022
dostonlari materiallari asosida o‘zbek va koreys qahramonlik eposlari qiyosiy
tahliliga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. (manba:“12news.uz”)
Xususan, ikki doston quyidagi xususiyatlari bilan bir-biriga oʻxshaydi.
Alpomish va Jumong juda koʻp noyob qobiliyatlarga ega. Masalan, ikki qahramon
ham kamondan bexato oʻq uza olishi bilan mashhur. Alpomish oʻzining mardligi va
jasorati tufayli Barchinni qutqarib, el-yurti, yori va xalqining oriyatini, manfaatini
himoya qiladi. Jumong ham barcha qiyinchiliklarni yengib, oʻzi orzu qilgan saltanatni
bunyod etadi.Jumong obrazida ham koʻpgina ijobiy xususiyatlar mavjud. Ularning
aksari ilohiylik vositasida aks ettirilgan. Alpomishning fazilatlari esa tabiiy va
ishonarli. Shuning uchun bugungacha uning sifatlari oʻzbek oʻgʻlonlariga ibrat boʻlib
keladi. Birgina misol: Alpomish Qalmoq eli zindonida edi. Doʻsti Qorajon daragini
topib keladi va chohga arqon tashlaydi. Chirmoviqqa osilib chiqayotgan alp negadir
yarim yoʻlda arqonni kesib, zindonga qaytadi. Alpning ori keladi, ertaga yuzimga
solmasin deydi. Mana sizga haqiqiy yigitning or-nomusi. Qadimgi turkiylar
an‘anasiga koʻra, kishining jamiyatda tutgan mavqeyi va koʻrsatgan jasoratlariga
qarab ism ham oʻzgartirilgan. Har ikki dostonda ham qahramonlarga ism qoʻyish
jarayoni alohida ahamiyatga ega. Ular qaysidir jasorati tufayli ikkinchi bir ulugʻ
nomga sazovor boʻladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, jamiyatda inson kamolotining shakllanishi
badiiy soʻz va uning qudratiga bevosita bogʻliq. Bir mamlakat adabiyoti ikkinchi
mamlakat adabiyotiga taʼsir etmasdan qolmaydi. Sharqning oʻziga xosligi ham
shundadir. Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ham adabiyot taʼminlaydi desam
adashmagan boʻlaman. Sharq adabiyotshunosligini oʻrganish inson boʻlish demakdir.
Zero bir necha ming yillik tarixga ega boʻlgan buyuk xazina hamisha ruhiyatni
oziqlantiradi. Yana eʼtiborli jihati Sharq adabiyoti bir-biriga chambarchas bogʻliq,
birini birisiz tasavvur qila olmaymiz. Har biri oʻzgasiga taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi.
Ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Sharq adabiyotshunosligining ushbu uygʻunligi
xalqlarning maʼnaviy qiyofasi birligidan dalolat beradi, uni oʻrganish orqali esa hayot
mohiyatini anglash mumkin. Tarjima asarlarning koʻpayishi, ular bilan tanishishdagi
eng oson yoʻldir. Shuning uchun ham bugun Sharq tillarini oʻrganish va oʻrgatish
davlat ahamiyatiga molik masaladir. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining
Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy
salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori nafaqat zamon ehtiyoji, balki
ayni damda ruhiyatning ehtiyojidir. Zeroki, qaysi mamlakat insonlarini koʻnglini
|
|
|