Shаrq va G‘arb mutаfаkkirlаri nоtiqlik хususidа



Yüklə 5,43 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü5,43 Kb.
#135899
1-amaliy nutq o\'stirsh 2-kurs

Shаrq va G‘arb mutаfаkkirlаri nоtiqlik хususidа (Allomalarning madaniy nutq haqidagi fikrlari)


Sharqda va`zxonlik-balog’a, balog’at (chechanlik, notiqlik) deb yuritilgan va notiqlik san`ati rivojlanishi bilan nutq oldiga qo‘yilgan talablar ham murakkablashib bordi. Buyuk allomalardan Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino,Abu Abdulloh al-Xorazmiy ,Mahmud Koshg’ariy, Zamaxshariy, Abu Ya`qub Sakkokiylar ham tilga, lug’atga so`z odobi, grammatika va mantiqshunoslik ilmiga doir asarlar yozganlar, boshqa sohalarga doir yozgan asarlarida ham nutq madaniyati masalalariga katta e`tibor berganlar.
Abu Rayhon Beruniy
Butun umrini ilm-fanga baxshida etgan olim Xorazmdagi notinchliklar tufayli bir muddat Jurjonda-shoh Qobus huzurida istiqomat qiladi ilmiy asarlar yaratadi. Qobusga bag’ishlab “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlarini yozdi.
Bu munozaralar jarayonida inson rostni yolg’ondan ajratib oladi, rostni yolg’ondan ajratadigan mezon yaratadi. Bu mantiq fani hisoblanadi.
Olimning fikricha –grammatika, aruz va mantiq shu zaruriy ehtiyoj hosilasi, mevasi. Inson nutqi o`z tuzilishiga ko`ra rost va yolg’onni ifodalashi mumkin. Bu munozaraga sabab bo`ladi.
Beruniy nutqning nazm va nasr ko`rinishlari borligini ko`rsatadi. Beruniy balog’a san`atini arab tiliga xosligi haqida gapirib, bunday nutq texnikasi arablar uchun fazilat ekanligini bayon etadi. Chunki arab tilida balog’a (notiqlik) ning mavjudligi Qur`on targ’ibotida arab nutqining ziynati sanaladi. Notiqlik san`atidan foydalangan kishining yuqori mansabga erishuvi va boshqa bir kishining kambag’allikka yashashiga balog’a aybdor emas deb aytadi. Boshqa tillarda balog’ani egallaganlarning obru topmasliklariga sabab, balki balog’aning arablar tilidan boshqa tillarga ko`chirishda bozor yurishmaganidir, ya`ni notiqlik ilmini har tomonlama chuqur o`rganmaganligidir deydi. Shuningdek, Beruniy “Hindiston” asarida hindlarda Voyakarona deb ataladigan til ilmi borligini, bu ilm-ular so`zlarini tuzatadigan nahv, xat yozishda balog’atli, nutq so`zlashda fasohatli, yetuk va usta qiladigan ishtiqoq ilmidan iboratdir deb ma`lumot beradi.
Abu Nasr Farobiyning asli ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Ulug’ Tarxon bo`lib, u “Sharq Arustusi”, “Muallimi soniy” hisoblangan.
Olim butun umri mobaynida 160 dan ortiq asar yaratgan. Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga tarjima qilingan
Toshkentdagi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq faylasuflarining asarlaridan jami 107 risolani jamlagan, Forobiyning 16 risolasini o`z ichiga olgan “Hakimlar risolalari” to`plami mavjud.
Olim grammatika, mantiq she`riyat ilmlar fanlardan to`g’ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga so`z vositasida to`g’ri tushuntirish, aqliy tarbiya berish uchun xizmat qilishini ta`kidlaydi. 
Husayn Voiz Koshifiy Navoiyning zamondoshi bo`lib, nutq odobiga doir “Futuvvatnomayi sultoniy” asarini yozadi. Bu asarda nutq madaniyatiga oid fikrlar bildiriladi, so`z qudrati batafsil ochib beriladi.“Agar so`z senikimi yoki sen so`znikimi, deb so`rasalar, aytgil: men so`zniki va so`z menikidir, chunki so`z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan va mevani daraxtdan ajratib bo`lmaydi”, deb yozadi olim. Aytilgan so`z odam uchun farzandi jigarbandiday, ota-ona farzandidan topolmagani singari, inson ham o`z so`zidan tonolmaydi. Farzand ham ota-onadan tonolmagani singari, so`z ham notiqniki hisoblanadi.
T-sexemasi
V.D.Kudryavtsev
T.A.Degtereva
Qiziqarli daqiqa
Ruchkaning yozishdan boshqa 10 ta funksiyasini yozing?
Yüklə 5,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə