Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Rabindranath Thakur
ham shu davrda ijod qildi. U “Gitanjali” 
(“Qurbonlik qoʻshiqlari”) turkum sheʼrlari uchun 1913­yili adabiyot sohasida Nobel 
mukofotiga sazovor boʻldi.
Shunday qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Hindistonning iqtisodiy va siyosiy 
hayotida muhim oʻzgarishlar yuz berdi. Sekinlik bilan boʻlsa­da, kapitalizm rivojlandi. 
Milliy­ozodlik harakati paydo boʻldi va ingliz mustamlakachiligi hukmronligiga qarshi 
kurash yagona gʻoyasi ostida birlashdi.
Madaniyat
1. Sharq mamlakatlarida boshlangan iq tiso diyotni modernizatsiyalashning 
qan day ziddiyatli tomonlari mavjud edi?
2. Meydzi islohotlari Yaponiya uchun nimalar berdi? Mazkur islohotlarni 
sohalarga ajratib, jadval holatiga keltiring.
3. Xitoyda Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob qanday yakunlandi?
4. Hindiston milliy kongressi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashish 
uchun asosiy eʼtiborini qaysi jihatlarga qaratdi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
“Yopiq” mamlakat – ...
1912-yili Sun Yatsen...
BILIB OLING
Mustaqil tarzda Rabindranath Thakur ijodi bilan 
tani shing. Uning ijodida Hindistondagi hayotning qay
­
si jihatlari qamrab olingan? Fikringizni esse tarzida 
yozing.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Rabindranath Thakur


38
 7-
 
mavzu
Islom sivilizatsiyasi 
mamlakatlarida 
anʼanaviylik va islohotchilik 
oʻrtasidagi kurash
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Qaysi jahon dinlarini bilasiz?
2. Islom dini qachon va qayerda vujudga kelgan?
3. Jahon madaniyatiga islom sivilizatsiyasi nimalar bergan?


39
I
slom sivilizatsiyasi tarixida XIII–XIV asrlardan bosh-
langan intellektual tushkunlik XVI asrga kelib iqtisodiy 
va siyosiy inqirozni ham boshlab berdi. Bir paytlar jahon 
taraqqiyotining yalovbardori boʻlgan islom sivilizatsiyasi 
XVII asrga kelib chuqur intellektual inqirozga yuz tutdi 
va islom mamlakatlaridagi taʼlim va madaniyat markaz
-
larining koʻpchiligi tor fikrli mutaassiblar va murosasiz 
jaholatparastlar oʻchogʻiga aylanib qoldi. XIX asr oxiri – 
XX asr boshlariga kelib islom sivilizatsiyasi mamlakatlari 
Gʻarbdan ancha orqada qolib ketgan edi.
B
ir vaqtlar Usmoniylar imperiyasi islom dunyo-
sining eng qudratli davlati boʻlib, u sultonning 
yakka hukmronligiga asoslangan monarxiya edi. Iqti-
sodiyotining asosini juda qoloq qishloq xoʻjaligi tashkil 
qilganligi uchun ochar chiliklar boʻlib turardi. Usmo
-
niylar hukumatining islohotchilik kursi ham puchga 
chiqdi. Barcha harakatlarga qaramasdan, XIX asrning 
oxirgi choragiga kelib Turkiya yarim mustamlaka, chet 
el kapitaliga qaram mamlakatga aylanib qolgan edi. 
Ana shunday vaziyatda jamiyatning 
ilgʻor qatlam
-
lari orasida mavjud holatga qarshi norozilik kayfiyati 
kuchaya boshladi. 1865-yili Ista
nbulda maxfiy siyosiy 
tashkilot tuzilib, uning aʼzolari oʻzlarini “yangi usmoniy
-
lar” deb atadilar. Yevropada bu tashkilot “Yosh Turkiya”, 
uning ishtirokchilari “yosh turklar” nomini oldi. Ularning 
harakati tufayli Turkiyada islohotlar boshlandi.
Tarix fanidagi 
bilimlaringizga 
tayanib anʼanaviylik 
va islohotchilik 
tushunchalariga 
taʼrif bering.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə