Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

kon-
sessiya
lar olish va Tehronga pul qarz berish kabi 
usullardan keng foydalanildi. Natijada Fors Yevropa 
davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib bordi.
Mamlakat iqtisodiyotidan tashqari davlat bosh-
qaruvining baʼzi sohalari ham chet elliklarning 
nazoratiga oʻtib ketdi. 1879­yili rus ofitserlari 
boshchiligida tuzilgan kazaklar polki keyinchalik 
brigadaga aylantirildi va Fors armiyasining yagona 
jangovar qismi sifatida shoh rejimining Rossiyaga 
qaramligini kuchaytirishga xizmat qildi.
Mamlakatdagi 
ogʻir ahvol va 
Muzaffariddin 
shohning siyosati 1905–1911-yillardagi burjua- 
demokratik inqilobiga olib keldi va u milliy-ozodlik 
harakati bilan qoʻshilib ketdi. Inqilob jarayonida maj
-
lis (parlament) tuzildi, konstitutsiya qabul qilindi. Bu 
oʻzgarishlarga qaramasdan, oxir­oqibatda qojarlar 
hokimiyati tiklandi va mamlakat Rossiya hamda Angliya tomonidan taʼsir hududlariga 
boʻlib olindi. Natijada Fors kuchli davlatlarning yarim mustamlakasiga aylantirildi.
Xullas, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Yevropa davlatlari, AQSH va Yaponiyaning 
mustamlaka chilik ekspansiyasi eng avj olgan davr boʻldi. Islom dunyosi ham yirik hu
-
dudlarga egalik qilayotgan metropoliyalar tomonidan deyarli toʻliq boʻlib olindi; Turkiya, 
Fors singari mamlakatlar iqtisodiy zulm ostida qoldi, yarim mustamlakalarga aylantirildi.
FORS DAVLATI
Bu davrda Turkiya va 
Fors davlati uchun umu
­
miy boʻlgan anʼanaviylik 
va islohotchilik oʻrtasida
­
gi kurash jamiyat rivoji 
uchun qanday ahamiyat 
kasb etgan?
Mazkur kurashlar 
Turkiya va Fors davlati 
uchun nimalar berdi?
TARIXIY 
MUSHOHADA


42
Bu davrda boshqa mustamlakalar 
singari islom mamlakatlarida ham iqtiso-
diy hayotning nisbatan barqarorlashuvi 
yuz berdi. Infratuzilmalarni yaratish faol 
olib borildi: temiryoʻllar, dengiz portlari, 
irrigatsiya inshootlari qurildi. Islom mam-
lakatlarida mustamlakaсhi hukumatlar 
tomonidan bir qator eskirgan urf- odat 
va holatlar (qul savdosi, bolalar savdosi
koʻpxotinlik) bekor qilindi. 1870–1914­yil
-
lari mustamlakalar, jumladan, islom 
mamlakatlariga investitsiyalar kiritish 
ham keskin ortdi. Turkiya, Misr va Yaqin Sharq mamlakatlariga kiritilgan investitsiya-
lar hajmi barcha investitsiyalarning 50–60% ini tashkil qildi.
Islom 
mamlakatlarining madaniy rivojlanishida anʼanaviylik bilan modernizm 
oʻrtasidagi keskin kurash asosiy rol oʻynadi. Agar bir qator boshqa mamlakatlar, 
masalan, Yaponiyada anʼanaviylik va modernizmni uygʻunlashtirgan oʻziga xos muhit 
shakllangan boʻlsa, islom mamlakatlarida Gʻarbning madaniy taʼsiriga qarshi kuchli 
harakatlar olib borildi.
Mustaqil tarzda dunyo sivilizat
­
siyalari tarixi bilan tanishing. Har 
bir sivilizatsiyaning kishilik jamiyati 
taraqqiyoti uchun qo
ʻ
shgan hissasi
­
ni tahliliy qamrab oling. Fikringizni 
esse tarzida yozing.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə