44
Y
angi davrning eng sharmandali hodisalaridan biri qul-
chilik va qul savdosi boʻldi. Qul savdosi Buyuk Britaniya,
Fransiya, AQSH kabi davlatlarda rasman XIX asrning
birinchi
yarmidayoq taqiqlangan edi. 1889–1890-yillardagi Bryussel
konferensiyasi qul savdosini taqiqladi va Afrikadan qullarni
maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi.
Qul
savdosi u bilan shugʻullanuvchilar
va savdogarlarga
juda katta foyda keltirardi. Yevropa va Amerikadagi shaharlar –
Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam,
Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal
rivojlanishi va gullabyashnashi qul savdosi bilan bogʻliq edi.
Qariyb
toʻrt asr ichida yevropaliklar Amerikaga 15–16 million qul
olib kelishdi. Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul sav-
dosi jarayonlarida taxminan 60–70 million kishi halok boʻldi. Qul
savdosi Afrikaning sillasini quritish evaziga Yevropa va Amerika
mamlakatlarining iqtisodiy gullab-yashnashiga xizmat qildi.
XIX
asrning 70yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir
oqibatlaridan biri psixologik holat boʻldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning
degradatsiyasi
(tanazzulga uchrashi) yuz berdi. Qulchilikning eng gʻayriinsoniy koʻrini
shi –
rasizm
(irqchilik) mafkurasi shakllandi. Toʻrt asr davomida koʻpchilikning, avvalo
yevropaliklarning tasavvurida qul deganda afrikalik, yaʼni qora tanli odam aks etadigan
boʻlib qoldi. Koʻplab avlod Gana, Songay, Benin, Monomotapa kabi oʻziga xos sivilizatsi
-
yalar haqida maʼlumotga ega ham boʻlmasdan, Afrikani faqat qul savdosi va qul tushun
-
chalari orqaligina tasavvur qildi. Qul savdosi Afrika xalqlarining notarixiyligi, yuqori aqliy
qobiliyatga ega emasligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy konsepsiyalarni keltirib chiqardi. Yevro
-
paliklar Afrikani zabt etish va mustamlakalarga boʻlib olishdagi oʻzlarining gʻayriinsoniy
va axloqsiz harakatlarini oqlash uchun bu konsepsiyalardan ustalik bilan foydalandilar.
1884
–1885-yillardagi Ber lin kon-
fe rensiyasi
Af ri ka ni mus tam-
lakaga aylantirish davridagi muhim voqea-
lardan biri boʻldi.
Konferensiya Yevropa
davlatlari ishtirokida “Qora qitʼa”
taqdirini
muhokama qilishga bagʻishlangan birinchi
maxsus yigʻilish boʻldi. Yigʻilish
Germaniya
va Fransiya tashabbusi bilan chaqirilib,
unda 12 ta Yevropa davlati hamda AQSH
va Turkiya qatnashdi. Konferensiyada Afri-
kaga Yevropa davlatlari mustamlakachilik
Berlin konferensiyasi
Sizningcha, qul savdosining
Afrika uchun eng ogʻir oqibatlari
qaysi jihatlarda koʻrinadi?
Dostları ilə paylaş: