52
1914
-yil 28-iyunda Avstriya-Vengriya taxtining vorisi – shahzoda Frans
Ferdinand va uning xotini Bosniyaning Sarayevo shahrida “Mlada
Bosna” (“Yosh Bosniya”) tashkilotining aʼzosi Gavrilo Prinsip tomonidan otib oʻldirildi.
Gavrilo Prinsipning bu qilmishi mudhish oqibatlarga olib keldi. Avstriya-Vengriya
imperatori Vilgelm II oʻz hukumatidan bu qotillikka javoban urush eʼlon qilishni talab
qildi. 23iyulda AvstriyaVengriya Serbiyaga ultimatum eʼlon qildi,
uni qabul qilish
Serbiya uchun oʻz mustaqilligini yoʻqotish bilan barobar edi.
Shunga qaramas
-
dan, Serbiya deyarli barcha talablarni qondirishga rozi boʻldi, ammo
28-iyul
kuni
AvstriyaVengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi.
Serbiyani aniq halokat holatiga tashlab qoʻyish Rossiyaning imperiyachilik man
-
faatlariga zarar yetkazardi hamda slavyan va pravoslav birdamligi anʼanalariga xilof
edi. Shu sababli Rossiyada umumiy safarbarlik eʼlon qilindi.
Germaniya hukumati
Rossiyaga ultimatum eʼlon qilib, safarbarlikni toʻxtatishni talab qildi.
Rossiya bu
ultimatumga javob bermadi. Shundan soʻng Germaniya
1-avgust
kuni Rossiyaga,
3-avgust
kuni esa Fransiyaga urush eʼlon qildi.
4-avgust
kuni Angliya Germaniyaga
urush eʼlon qildi.
Urush umumyevropa xarakteriga ega boʻlib, tezda Yevropa chegaralaridan chiqib
ketdi. Yaponiya urushdan Xitoyni boʻysundirishda,
Tinch okeandagi Germaniya
mustamlakalarini egallab olishda hamda Uzoq Sharqda oʻz hukmronligini oʻrnatishda
foydalanmoqchi boʻldi.
Dostları ilə paylaş: