Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


Huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash



Yüklə 180,5 Kb.
səhifə10/11
tarix29.03.2023
ölçüsü180,5 Kb.
#103547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shartnoma tuzish

2.1.Huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash
Xo’jalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo’lsa, taraflarning uni o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Xo’jalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki xo’jalik shartnomasining shartlarini bir taraflama o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Taraflardan birining talabi bilan xo’jalik shartnomasi xo’jalik sudining qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xo’jalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining xo’jalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u xo’jalik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli bo’lgan narsadan ko’p darajada mahrum bo’ladigan qilib zarar yetkazishi xo’jalik shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko’rsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo’lmaganida esa o’ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, xo’jalik shartnomasini o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o’rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi nizolar qonun hujjatlari belgilangan tartibda xo’jalik sudi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan - hakamalar sudi tomonidan ko’rib chiqiladi.
FKning 8-moddasi talabiga ko`ra, shartnomalar taraflar o`rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to`la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo`lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini, to`lov amaldagi qanday shakllarda bo`lishini mutloqo o`zi, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo`l qo`yilmaydi1. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o`zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya'ni, xalq tili bilan aytganda, “shartnomaning puldan qimmatligi”), unda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko`ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo`jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to`laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to`lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag`batlantiradi, o`z navbatida taraflarning mas'uliyatini oshiradi, xo`jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu esa o`z navbatida jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo`l-ko`lligiga garovdir.
Shu ma'noda sohani tezkor va ta'sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida” qonun 2 qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular o`z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda.
Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o`zaro kelishuvidir.
Shartnoma atamasi uch ma'noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki moddiy manfaatlar to`g`risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to`g`risida o`zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma'nosida ishlatiladi. Bu yerda u o`zining birinchi ma'nosi – yuridik fakt sifatida ko`riladi va o`rganiladi.
Yodingizda bo`lsa, yuridik fakt tushunchasi “Fuqarolik-huquqiy munosabat” mavzusida batafsil berilgan edi. Unda yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va harakatlarga bo`lingan edi. Yuridik harakatlar o`z navbatida huquq yo`l qo`ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi ko`rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi, sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo`la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim deyilsa ham, ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo`lmaydi.
Demak, shartnoma bitimning bir ko`rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan bitimga oid qoidalar, jumladan, FKning 9-bobidaga qoidalar tadbiq etiladi. Shu bilan birga, shartnoma o`ziga taalluqli bo`lgan boshqa maxsus normalar bilan ham masalan, “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek ularni bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to`g`risida”gi Nizom3 bilan ham tartibga solinadi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar qonunlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, FKda belgilangan majburiyatlar haqidagi umumiy qoidalar (FKning 234-352-moddalari) qo`llaniladi.
Ikkidan ortiq taraflar tuziladigan shartnomalarga ham agar bunday shartnomalar shartnomalarning ko`p taraflamalik xususiyatiga zid bo`lmasa, shartnoma to`g`risidagi umumiy qoidalar qo`llaniladi.
Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. Agar boshqa yuridik faktlar umumiy qoida bo`yicha huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish bilan tugallansa, shartnoma mazkur yuridik faktlardan farq qilib, huquqiy munosabatni belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishdan tashqari yana huquq normalari bilan belgilangan doiralarda huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydi.
Shartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida shartnoma taraflarning xatti-harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo`lgan-bo`lmaganligini ham tekshirish imkoniyatini beradi4.
Shartnoma tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart – taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan o`zaro kelishuvlaridir. Taraflarning har qaysisi tomonidan shartnoma bo`yicha olinadigan huquq va burchlar har xil bo`lsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir narsaga nisbatan egalik huquqi o`tkaziladi yoki biron-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k.
Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq natijani mazkur shartnoma tuzishda taraflarning o`z oldilariga qo`yilgan asosiy maqsaddan ajratish kerak. Masalan, metallurgiya zavodi mashinasozlik zavodi bilan muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali po`latni yetkazib berish to`g`risida shartnoma tuzadi. Bu yerda taraflar o`zaro kelishuvlarining bevosita natijasi metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma bilan belgilangan muddatlarda va muayyan shartlarga binoan ma'lum miqdorda po`lat yetkazib berish hisoblanadi. Shartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun umumiy bo`lib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha ko`rsatkichlarini bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat bo`ladi. Binobarin, har ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni o`zlarining burchlari deb biladilar.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. Ba'zi hollarda shartnoma shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan va san'at asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinosenariyalar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir.
Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va burchlarinigina chunonchi, mualliflik haqi to`g`risidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik uchun javobgarliknigina belgilamay, balki shaxsiy-nomulkiy huquqlarni ham, masalan, muallif o`z asarida nomini ko`rsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga o`zgartirish kiritishga ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi.

2.2.Shartnomalarning turlari


Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o`rtasida huquq va majburiyatlarning o`zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalarga bo`linadi.


Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo`lib, hech qanday majburiyat bo`lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo`ladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o`z vaqtida qarz beruvchiga qarzga bergan pul summasini talab qilish huquqiga ega.
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega bo`ladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo`yicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo`lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to`lashi zarur bo`lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasi tuziladigan shartnomalarning ko`pchiligi ikki tomonlama bo`lib, yuqorida ko`rsatilgan oldi-sotdi shartnomasidan tashqari mahsulot yetkazib berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa shartnomalardan iborat.
Ko`p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo`lib, unda taraflar uch va undan ortiq bo`ladi. Ularda bir paytning o`zida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo`lishi xarakterlidir. Masalan, franshizing, lizing shartnomalari.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo`linadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani uchun ijara haqi to`lashga majbur bo`ladi. Bunday haq baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa ko`plab shartnomalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning mazmuni-mohiyatidan o`zgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay, biron-bir mulkni topshirish, biron ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo`yicha mulk egasi o`z mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo`linadi.
Konsensual shartnomalar huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvlari asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi. “Konsensual” so`zi lotincha “konsensus” so`zidan olingan bo`lib, “kelishuv” ma'nosini bildiradi. Konsensual shartnomaga misol qilib oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko`rsatsa bo`ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat ko`pchilik shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga kiradi.
Real shartnomalar bo`yicha huquq va majburiyatlar taraflar o`zaro kelishgan va shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi.
“Real” so`zi latincha “res” so`zidan olingan bo`lib, “ashyo” ma'nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini ko`rsatish mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo`yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo`ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug`urta shartnomasini ko`rsatish mumkin. Uchinchi shaxs shartnomada alohida taraf bo`lib hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida ko`rsatilganidek, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o`zgacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, uchinchi shaxs shartnoma bo`yicha o`z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o`zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o`zgartirishlari mumkin emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo`lsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol ko`rsatilmagan bo`lsa, majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi ko`rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Agar uchinchi shaxs o`ziga shartnoma bo`yicha berilgan huquqdan voz kechsa, shartnoma tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga xilof kelmasa, bu huquqdan o`zi foydalanishi mumkin.
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qo`shilish shartnomasi va dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo`linadi.
Tashkilot tarafidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o`z faoliyati xususiyatiga ko`ra o`ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirish shart bo`lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, jamoat transportida yo`lovchi tashish, aloqa xizmati, elektr quvvati bilan ta'minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va boshqalarni) belgilab qo`yadigan shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko`rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari).
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste'molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berishi, xizmatlar ko`rsatishi, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo`la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo`l qo`yilmaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida haridor (mijoz) uni sud orqali shartnoma tuzishga majbur qilish imkoniyatiga (FKning 358-moddasi) ega. Maishiy pudrat, yo`lovchi tashish, haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari ommaviy shartnomalardir.
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta'riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo`shilish yo`li bilan qabul qilishi mumkin bo`lgan shartnoma qo`shilish shartnomasi deyiladi. Bunday shartnomalarga misol qilib havo va temir yo`l transportida yuk va yo`lovchilar tashish shartnomalarini ko`rsatish mumkin. Odatda, bunday shartnomalar mazmuni hamma uchun deyarli bir xil bo`lib, oldindan belgilab qo`yiladi va binobarin, mijoz uning shartlarini boshqacha tuzishni taklif etish imkoniyatiga ega emas. Biroq qo`shilish shartnomasi mijozning o`z ixtiyori, erki va irodasi bilan shartnomaga qo`shilishini bildiradi. Bunday shartnomalarni aslo bir tomonlama bitim deb hisoblash mumkin emas. Qo`shilish shartnomasini bekor qilish yoki shartnomalarini o`zgartirish asoslari FKning 360-moddasida nazarda tutilgan.
Dastlabki shartnoma bo`yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to`g`risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim shartlarini belgilab qo`yish imkonini beradigan shartlar bo`lishi kerak. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomani tuzish muddati ko`rsatilgan bo`lishi lozim, agar ko`rsatilmagan bo`lsa, dastlabki shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart (FKning 361-moddasi). Birjalarda tuziladigan turli xil shartnomalar jumladan, forvard, fyuchers, opsion bitimlar – dastlabki shartnomalardir.
Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo`lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo`linadi. Shartnomaning narsasi to`g`risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko`ra kelishib olinishi zarur bo`lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Ba'zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan belgilanadi. Chunonchi, “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunning 10-moddasida, “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishini monitoringini olib borish tartibi to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning II bandiga muvofiq, shartnomalarda quyidagilar ko`rsatiladi:
–shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo`yicha);
–shartnomaning umumiy summasi;
–tomonlarning huquqlari va o`zaro majburiyatlari;
–mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish – qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);
–idishga, markirovka qilishga, o`rash-joylashga qo`yiladigan talablar;
–hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to`lov, pochta va yuklab jo`natish rekvizitlari;
–shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi;
–nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham ko`rsatiladi.
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni mayda (joriy) ta'mirlash shart qilib ko`rsatilsa ham, ko`rsatilmasa ham bo`ladi, chunki bu shart to`g`risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko`rsatma berilgan.
Tasodifiy shartlar umumiy huquq me'yorlari bilan tartibga solinmagan masalalar bo`yicha o`zaro kelishuv bo`lib ko`riladi. Chunonchi, ijaraga olingan mulkni ta'mirlash muddati to`g`risidagi masala tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi.
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo`llaniladi (FKning 359-moddasi).
Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko`rsatilganidek, agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo`lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr – shartnoma tuzishga taklif qilish davri, bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to`g`risidagi taklifni qabul qilish, bu aksept, taklifni qabul qiluvchi akseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to`g`risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan bo`lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi to`g`risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan hisoblanadi. Oferta yo`llagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma tuzilishi uchun taraflar o`zaro kelishuvining o`zigina kifoya emas. Bu kelishuv tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo`lishi shart. Shartnomalarning shakli FKning 366-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq bo`lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma'lum bir shakl belgilab qo`yilmagan bo`lsa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro`yxatidan o`tkazilishi shart bo`lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro`yxatdan o`tkazilishi zarur bo`lganda esa – shartnoma ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Yüklə 180,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə