Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


-modda. Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish



Yüklə 180,5 Kb.
səhifə9/11
tarix29.03.2023
ölçüsü180,5 Kb.
#103547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shartnoma tuzish

1-modda. Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror:
1) ratifikatsiya qilinadigan shartnomalarga nisbatan — Oliy Majlis tomonidan;
2) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
3) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
4) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomaning vaqtincha qo‘llanilishi
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini u kuchga kirgunga qadar vaqtincha qo‘llashi mumkin, agar shartnomada bu hol nazarda tutilgan bo‘lsa yoki shartnomani imzolagan tomonlar bilan shunday shartlashuvga erishilgan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini vaqtincha qo‘llash to‘g‘risidagi qaror xalqaro shartnomani imzolash haqida qaror chiqargan organ tomonidan qabul qilinadi.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kirishi va amal qilish muddati
Xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kiradi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qo‘shimcha shartlar
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki shartnomalarga qo‘shilish vaqtida shartnoma shartlari va xalqaro huquqning tegishli normalariga rioya qilingan holda shartnomalarga doir qo‘shimcha shartlar qo‘yilishi mumkin.
Qo‘shimcha shartlar qanday qo‘yilgan bo‘lsa, shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin.

Xo’jalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo’lmagan miqdorda oldindan to’lab qo’yish albatta nazarda tutilgan bo’lishi kerak.


Xo’jalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda o’tkazilganidan so’ng e’lon qilingan o’zlarining namunaviy yoki tipovoy shartlariga (shakllariga) amal qilishlari mumkin.
Kontraktatsiya shartnomasi qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi. Kontraktatsiya shartnomasida boshqa talablar bilan bir qatorda yetkazib berilayotgan qishloq xo’jaligi mahsuloti uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan kam bo’lmagan miqdorda avans to’lovlari nazarda tutilgan bo’lishi lozim.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo’lib qoladi.
Taraflar o’zlari tuzgan xo’jalik shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo’llaniladi deb belgilab qo’yishga haqlidirlar.
Xo’jalik shartnomasining amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Xo’jalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, xo’jalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o’zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
2. BOB. Taraflardan birining xo’jalik shartnomasini buzishi

Yüklə 180,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə