Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish



Yüklə 180,5 Kb.
səhifə3/11
tarix29.03.2023
ölçüsü180,5 Kb.
#103547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shartnoma tuzish

1.2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish
1-modda. Qonunning vazifalari
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2-modda. Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda shartnomaning o‘z qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, to‘xtatiladi, to‘xtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish va denonsatsiya qilishning ushbu Qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli va nomlanishidan qat’i nazar, O‘zbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim bo‘lgan hollarda, manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda shunday aktni qabul qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritadilar.
3-modda. Xalqaro shartnoma tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir.
4-modda. Xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari
Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday ko‘rinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin.
Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar bo‘ladi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar bo‘lishi, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab shartnomalar muddatli va muddatsiz bo‘ladi. Xalqaro shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin.

Yüklə 180,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə