Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71

mon  hujayralarni  faoliyatini,  bez  faoliyatini,  kapillyar  va  limfa  qon  tomirlarini, 
nerv to’qimasini yaxshilashga qaratilgan. Bemorning burni fiziologik eritmaga yod 
qo’shib  (200  ml  fiziologik  eritmaga  6-8  tomchi  10  %  li  yodning  spirtli  eritmasi 
qo’shiladi)  kuniga  1-2  marta  yuviladi.  Vaqti-vaqti  bilan  burun  bo’shlig’i  shilliq 
pardasiga yod- gliserin aralashmasi, 1% li lyugol eritmasi surtiladi (kuniga 1 mahal 
10 kun davomida). Sitralning 1-2% li yog’li eritmasi burun bo’shlig’iga 5 tomchi-
dan kuniga 2 mahal (bir hafta mobaynida), A va E (aevit) dorilarining yog’li erit-
malari, 
aloe 
sharbati, 
kolanxoe 
va 
propolis 
tomiziladi. 
Burun 
bo’shlig’igayyengilishqor eritmasi (masalan Toshkent ma’danli suvi) bilan tez-tez 
purkab turish yaxshi natija beradi. 
Biq  qator  mualliflar  surunkali  atrofik  rinitda  har  xil  tarkibida  polimer  tutgan  dori 
vositalarini  buyurganlar.  Masalan:  karboksimetilsellyuloza  natriyli  tuzi  (natriy-
KMS).  Z.S.  Piskunov  va  T.A.  Pankrusheva  quyidagi  malham  tarkibini  tavsiya 
qilganlar: 
-
 
Riboflavin 0,1; glyukoza 0,3; natriy- KMS 2,9; distirlangan suv 94 ml; 
-
 
1%  li  natriy  adenozintrifosfat  eritma  50  ml;  natriy-KMS  3  g;  distirlangan 
suv 47 ml; 
-
 
1% li gumizol eritmasi 97 ml; natriy-KMS 3g.  
2.7.4. Vazomotor rinit. 
L.B. Daynyakning tasnifi bo’yicha kasallik 2 turga bo’linadi. 
1. Vazomotor rinitning neyrovegetativ shakli. 
2. Vazomotor rinitning allergik shakli. 
 
1.
 
 Vazomotor rinitning neyrovegetativ shakli
Kelib  chiqishiga  sabab  markaziy  va  vegetativ  nerv  sistemasini  organik  va 
funksional o’zgarishlari, endokrin junksiya’ni buzilishi ahamiyatga ega. Uzoq vaqt 
davomida  umumiy  va  mahalliy  ta’sirga  ega  dorilarni  qo’llash,  burun  to’sig’i 
qiyshiqligi kasallikning rivojlanishiga yordam beradi. 
      Klinika.  Bemorda  vaqti-vaqri  bilan  yoki  doimiy  burun  bitishi,  burundan 
doimiy  suvga  o’xshash  ajralma  kelishi,  xuruj  davrida  esa  eng  bezovta  qiladigan 
shikoyatlar-  burunda  qichishish,  aksa  urush,  burunning  tubida  bosimni  his  qilish, 
bosh  og’rig’i  bezovta  qiladi.  Bemorda  kun  davomida  aksa  urush  va  rinoreya  be-
zovta qiladi. Yuqoridagi belgilar to’satdan paydo bo’lib, to’satdan yo’qoladi,   bir 
kunda  bu  holat  10  martadan  ko’p  uchrashi    mumkin.  Kechki  mahal  bemor  ux-
laganda,  parasimpatik  nerv  faoliyati  ustun  bo’lganligi  uchun  bu  holat  doimiy 
bo’ladi.  Vazomotor  rinitning  bu  turiga  bemor  qaysi  tomonga  yonboshlab  uxlasa 
shu tomonida burun bitihsi kuzatiladi, ikkinshi tomoni bilan esa erkin nafas oladi. 
Bu fenomen vazokonstruktor faoliyatni pastligidan dalolatdir. V.F. Undris va K.A. 


Drennova ning ma’lumotlariga ko’ra, funksional holatni uzoq davom etishi organik 
holatga sabab bo’ladi, ya’ni to’qima oralig’i o’sadi va gipertrofik rinit rivojlanadi 
va doimiy dekongestantlarni qo’llanilishiga sabab bo’ladi. 
  
Oldingi rinoskoriyada pastki burun chig’anoqlarini kengayganligini ko’rish mum-
kin,  Voyatshek  “ko’kimtir  va  oq  dog’lar”  veb  atagan.  (1.27  rasm).  Pastki  burun 
chig’anog’ini tugmali zond bilan paypaslab ko’rilganda zond shilliq qavatni jaro-
hatlamasdan  yumshoq  botadi.  Patognomik  belgisi  bo’lib  qon  tomir  toraytiruvchi 
dori vositalari burun chig’anog’iga surtilganda, burun chig’anoqlari tezda qisqari-
shi hisoblanadi. Hid bilishini buzilishi burundan nafas olish faoliyatini buzulish da-
rajasiga bog’liq bo’ladi.    
      Davosi.  Asosan  siptomatik  olib  boriladi.  Qon  tomirlarni  toraytiruvchi 
xususiyatga  ega  bo’lgan  simpatomimetiklar  (sanorin,  naftizin,  efidrin  va  boshq) 
buyuriladi.  Yangi  avlod  dori  vositalariga  oksimetazolin  (nazivin,  nazol),  tetragi-
drozolin  gidroxlorid  (tizin),  ksimetozolin  gidroxlorid  (ksimetazolin,  ksimelin). 
Barcha  yuqorida  aytib  orilgan  dori  vositalari  α-  adrenomimetik  ta’sirga  ega, 
peroferik  qon  tomirlarni  toraytiradi,  burun  shilliq  qavati  shishini,  giperemiyasini, 
ekssudatsiyasini kamaytiradi.   
        Bundan tashqari burun chig’anoqlarini kumushning nordon azotli tuzlari bilan 
kuydirish  va  jarrohlik  amaliyoti  (pastki  burun  chig’anoqlarini  qon  tomir  chigal-
larini  mexanik  va  ultratovushli  shilliq  osti  destruksiyasi,  pastki  burun 
chig’anoqlarini galvanokaustikasi) bajariladi. 
        Patogenetik  davoga  vegetativ  nerv  sistemasini  simpatik  va  parasimpatik 
tolalarini  ta’sirini  normallashtirish,  mikrosirkulyatsiya’ni,  fermentativ  faoliyatni, 
hujayralarni membranasini yaxshilash maqsadida fizioterapevtik usullardan foyda-
laniladi.  
Umumiy davolarga yuqorida sanab o’tilgan sabablar davolashga qaratilgan bo’ladi. 
 
 
2.
 
Allergik rinit.  
1.27. 
rasm.Vazomotor 
rinitning 
neyrovegetativ 
shakli. 

B.S. 
Preobrajenskiy bo’yicha 1963.) 
 


“Allergiya”  terminini  birinvhi  bo’lib  avstriyalik  pediatr  C.P.  Pirquit  1906  yilda 
tavsiya  qilgan.  Bunday  hodisaga  bolalarga  davolash  maqsadida  bo’g’maga  qirshi 
zardobni yuborgandan keyin noma’lum reaksiyaga shohid bo’ladi. Atipik (allergik) 
reaksiyalarni  keltirib  chiqaruvchi  moddalar  allergenlar  deb  ataladi.  Allergenlar 
ekzogen  (kimyoviy  moddalar,  oziq  ovqat  mahsulatlari,  o’simliklar,  oqsil  birikma-
lari, mikroorganizmlar va bosh) va endogen (allergiyasi bor organizmning hayotiy 
mahsulotlari,  modda  almashinuvida  xosil  bo’lgan  mahsulotlar,  mikroblarni  or-
ganizmga ta’siri natifasida yuzaga kelgan kasalliklar) bo’ladi. Bundan tashqari al-
lergenlarning manbai bo’lib surunkali o’choqli infeksiyalar, zardob va vaksinalar, 
ko’p miqdordagi dori vositalari, maishiy va epidermal allergenlar bo’lishi mumkin. 
     Allergenni organizmga kirishi allergik reaksiyaga sabab bo’ladi. Reaksiya ikki 
xil bo’lishi mumkin. 1) spesifik reaksiya- 3 bosqichda kechadi; immunologik, me-
diatorlar  xosil  bo’lishi  bosqichi  va  patofiziologik  yoki  klinik  belgilarni  namoyon 
bo’lish bosqichi. 2) nospesifik ( psevdoallergik, noimmunologik) reaksiya- allergen 
bilan  birinchi  bor  ta’sirlanganda  sensibilizatsiyasiz  yuzaga  keladi.  Bularga  faqat 
allergik  reaksiya’ni  ikkinchi  va  uchunchi  bosqichlari  xarakterli.  Allergik  rinit  al-
lergik  reaksiya’ni  I-chi  tipiga  taaluqlidir.  Bu  tipga  yana  anafilaktik  shok,  eshak 
yemi, atopik bronxial astma, pollinoz va Kvinke  
shishi misol bo’ladi.  
     Etiologiya va patogenez. Allergik rinit mavsumiy va doimiy bo’ladi. 
1)
 
Mavsumiy allergik rinit- O’simliklar gullashi bilan bog’liq bo’lib, uni ba’zan 
“pichan tumovi”  yoki  “pichan  terlamasi” deb  ataladi.  Kasallik  har  yili  u  yoki  bu 
o’simlik  gullashi  davrida  takrorlanib  turadi.  Uzoq  vaqt  davom  etgan  va  ko’p 
marotaba  takrorlanadigan  mavsumiy  allergik  rinit  doimiy  allergik  rinitga  o’tishi 
mumkin.  
Nafas  olinganda  burun  bo’shlig’i  shilliq  pardasiga  turli  yot  jism  zarratshalari 
o’rnashib  qoladi.  Allergen  molekulalari  tez  so’rilish  xususiyatiga  ega  bo’lganligi 
uchun, bir necha daqiqadan so’ng bemorlarda o’ziga xos klinik belgilar yuzaga ke-
ladi.  Allergenni  immunoglobulinga  (IgE)  mansub  tanatshalar  bilan  o’zaro  ta’siri 
natijasida  allergik  reaksiya  yuz  beradi.  Ushbu  reaksiya  biriktiruvchi  to’qima 
labrositlarida  (semiz  hujayralarida)  va  bazofillarda  sodir  bo’ladi,  keyin  biologik 
faol  moddalar,  xususan  gistamin,  araxidon  kislotasining  metabolitlari,  serotonin, 
asetilxolin, trombositlarni faollashtiruvchi omil, leykotreyinlar ajralib chiqadi. Bi-
ologik faol moddalar qon tomirlarni kengaytirish, qon tomirlar o’tkazuvchanligini 
oshirish  xususiyatiga  ega  bo’lganligi  sababli  burun  bo’shlig’i  shilliq  pardasi 
shishib,  bemorda  burun  bitishi,  aksirish,  burundan  shilimshiq  ajralma  oqishi  bel-
gilari kuzatiladi. 
Mavsumiy allergik rinitni patognomik belgilari o’tkir tumovning mavsumiy xuruji 
va konyuktivit hisoblanadi. Gohida og’ir hollarda bronxial astma qo’shilishi mum-


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə