Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71

 
 
 
-
 
Krio jarrohlik usulda ta’sirlash- (-195,8°C) gacha suyultirilgan azotdan iborat 
krioaplekator yordamida bajariladi. Bundan usulda to’qima muzlaydi, asseptik ne-
kroz rivojlanadi va to’qimani bitmasligiga ya’ni keyinchalik chandiqlanishiga jlib 
keladi. Bu usul faqatgina pastki burun chig’anog’ining polipoz o’zgarganida amal-
ga oshiriladi.  
-
 
Lazerli destruksiya- quvvati 199 Vt ga teng bo’lga jarrohlik lazeri yordamida 
pastki  burun  chig’anog’i  kuydiriladi.  To’qimaga  lazer  omilining  ta’siri, 
fokuslangan  lazer  nurining  uzunlik  diapasoni  0,514-  10,6  mkm  ga  teng  bo’lishi 
kerak.  Keng  tarqalgan  turi  uglikislotali  turi  yoki  CO
2
-lazerlaridir.  Jarrohlik  ama-
liyoti  aplekatsion  anestesiya  usulida  olib  boriladi  va  qonsiz  usul  hisoblanadi. 
(Plujnikov M.C 1990). 
-
 
Ultratovushli  destruksiya-  O’tkir  uchli  uzun  konussimon  poyanakli,  quvvatli 
generator  orqali  ultratovushlarni  harakatga  keltiruvchi,  ularni  mexanik  ultrativush 
tebranishga aylantiruvchi va to’qima tarkibini buzuvchi  qurilma hisoblanadi (Na-
katis Ya.A., 1986). Buning uchun amplitudasi 10-50 mkm va 20-75 kGs chastotali 
tebranishlardan  foydalaniladi.  Applikatsion  anestesiyadan  keyin  ultratovushli  jar-
rohlik asbobini destruksiya uchun pastki burun chig’anog’ining tagiga kirgaziladi 
va keragicha ultratovush yuborilib destruknsiya qilinadi. 
-
 
Mexanik  usulda  chig’anoq  ichi  dezintegrasiyasi-  oddiy  usul  hisoblanib, 
yuqoridagi usullardan foydaliligi bo’yicha qolishmaydi. Bu usulning mohiyati, bu-
run pastki chig’anog’ining oldingi qismidan kesiladi. Shu kesilgan sohadan mexan-
ik  destruksiya  uchun  raspator  kirgaziladi  va  qo’l  bilan  harakatga  keltiriladi.  Shu 
bilan burun chig’anog’ining shilliq qavatini ko’p qismi saqlanib qolinadi. Jarrohlik 
oldingi tamponada bilan yakun topadi va tamponada bir kun turadi.   
“Biriktiruvchi  to’qimali  gipertrofiyada”  qatshonki  qon  tomirlarda  mushak  appa-
ratini  faoliyati  buzulmagan  bo’lsa,  yuqoridagi  amaliyotlar  yaxshi  foyda  beradi. 
Dezintegrasiya  usuli  qon  tomirlarni  toraytiruvchi  dori  vositalari  burun 
1.23 rasm. Galvanokauterlarning turli shakllari. 


chig’anoqlariga qanday ta’sir qilishiga qarab tanlanadi. Agar burun chig’anoqlarida 
yaqqol gipertrofiya belgilari bo’lsa va qon tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari 
naf bermasa, burun chig’anoqlarini rezeksiyasi usuli qo’llaniladi. 1.24 rasmda bu-
run chig’anoqlarini rezeksiya qilish uchun ishlatiladigan ayrim asboblar tasvirlan-
gan.  Pastki  burun  chig’anog’ini  olib  tashlash  uchun  maxsus  pichoqlar,  kesuvchi 
ilmoqlardan foydalanilsa, poliplarni olib tashlash uchun- yuluvchi ilgaklardan foy-
dalaniladi. 
 
 
 
 
 
 
Pastki burun chig’anog’ini rezeksiyasi jarrohlik amaliyoti ikki bosqichda olib bori-
ladi.  Buning  uchun  mahalliy  applikatsion  va  infiltratsion  anestesiya  qo’llaniladi. 
Shilliq  qavatga  og’riqsizlantiruvchi  dori  vositasi  surtilgandan  keyin,  burun 
chig’anog’iga 1-2 ml 2% li novokain eritmasiga 2-3 tomchi 0,1% li adrenalin erit-
masi qo’shilgan aralashma yuboriladi. Birinchi bosqich burun pastki chig’anog’ini 
oldingi qismidan suyakkatsha kesiladi (1.25 rasm (1)). Keyin gipertrofiya bo’lgan 
sohaga  kesuvchi  ilgak  kirgaziladi  va  chig’anoq  kesiladi  (1.25  rasm  (2)). 
Chig’anoqning orqa dipertrofiya qismini olib tashlash kesuvchi ilgak orqali amalga 
oshiriladi  (1.25  rasm  (3)).  Bu  usuldan  keyin  qonash  ehtimoli  yuqori  bo’ladi, 
shuning uchun Voyatshekni xalqali oldingi tamponadasi bajariladi, ayrim hollarda 
orqa tamponada ham bajarishga ham to’g’ri keladi. 
 
1.24 rasm. Burun chig’anoqlarini rezeksiyasi va polipotomiya uchun asosiy jarrohlik asboblari.; 
1- Ruauil-Mahu qisqichi, gipertrofiya bo’lgan shilliq qavatni kesish uchun; 2- konxotomiya uchun tish-
li pichoq; 3- O’rta burun chig’anog’ini ekstraksiya qilish uchun Luc qisqichi; 4- O’rta burun yo’ladan 
va  hid  bilish  zonasidan  polipni  olish  uchun  Escat  qisqichi;  5-  Lermoyer  ni  polip  oladigan  ilgaki;  6- 
Ruault ni  polip oladigan ilgaki; Lubet- Bardom ni egiluvchan kyuretkasi. 


 
 
 
b.
 
Surunkali gipertrofik chegaralangan rinit. 
Surunkali  gipertrofik  chegaralangan  rinitda  burun  shilliq  qavatida  faqatgina 
ma’lum  sohalardagina  gipertrofik  o’zgargan  shilliq  qavatni  ko’rish  mumkin 
bo’ladi. Joylashgan joyiga qarab surunkali gipertrofik chegaralangan rinit turlicha 
bo’ladi:  Pastki  burun  chig’anog’ini  orqa  qismlarini  gipertrofiyasi,burun 
chig’anoqlarining  oldingi  qismlarini  gipertrofiyasi,  burun  to’sig’i  orqa  qismini 
shilliq qavatini gipertrofiyasi, burun to’sig’i shilliq qavatining gipertrofiyasi.
 
-
 
Pastki burun chig’anog’ini orqa qismlarini gipertrofiyasi- sabablari surunkali 
gipertrofik diffuz rinitning sabablari bilan birxil. Lekin bularni ichida asosiylari bu-
run-halqun  murtagini  surunkali  yallig’lanishi,  g’alvirsimon  labirintning  surunkali 
yallig’lanishi, asosiy bo’shliqni yallig’lanishi va allergiya hisoblanadi. Bunda be-
morlarning  shikoyatlari  burundan  nafas  chiqarishni  qiyinligiga  bo’ladi,  sababi 
chig’anoqning  gipertrofik  qismi  klapan  vazifasini  bajarib  xoanani  yopib  turadi. 
Talaffuz  manqalangan,  yopiq  tipdagi  manqalanish  kuzatiladi.  Bemorlar  burun-
halqumda  yot  jism  turganligi  hissiyotini  sezadilar,  doimiy  ular  pishqirab  halqum 
tomonga harakatlantiradilar. 
Oldingi rinoskopiyada ko’rinish o’zgarishsiz bo’lishi mumkin. Orqa rinoskapiyada 
xoanani qisman yoki to’liq berkitib turuvchi go’shtsimon, polipoz o’zgargan xosi-
lani ko’rish mumkin. Ularni rangi pushtidan ko’kimtirgacha bo’lishi mumkin. Yu-
zasi  esa  silliq  bo’lad  yoki  papillomaga  o’xshash  bo’ladi.  Jarayon  ikki  taraflama 
bo’ladi, lekin assimetrik bo’ladi.  
-
 
Burun  chig’anoqlarining  oldingi  qismlarini  gipertrofiyasi-  orqa  qismlarini 
gipertrofiyasiga nisbatan kamroq uchraydi. Ko’pincha o’rta chig’anoqda uchraydi.  
Sabablari  xuddi  yuqorida  aytib  o’tilganidek.  Uni  bir  taraflama  bo’lishi  concha 
1.25 rasm. Pastki burun chig’anog’ini oldingi (1,2) va orqa (3) qismlarini rezeksiya qilish. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə