Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71

so’ng  ko’z  yosh  qopi  va  burun-  ko’z  yosh  kanali  orqali  burun  shlliq  qavati 
zararlanadi. Gohida retrograd yo’l orqali infeksiya tarqalishi mumkin. 
Mahalliy  va  umumiy  belgilari  farqlanadi.  Mahalliy  belgilariga  burundan  quyuq, 
cho’ziluvchan, yashil rangga o’xshagan qon aralash yiring aniqlanadi. Burun uchi, 
qanotlari  va  yuqori  lab  qizaradi  va  shishadi.  Yiringli  ajralmalar  qotib,  burun 
yo’llarida  qotadi.  Bular burun kirish  qismida  va  yuqori labda  terining  yorilishiga 
va yara xosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Burun shilliq qavatida giperemiya, infiltra-
siya  va  yaralanish  o’choqlarini  ko’rish  mumkin.  Umumiy  belgilariga  harorat 
ko’tarilishi,  nafas  va  oziqlanish  (bola  tana  vazni  kamayishi)faoliyatini  buzilishi. 
Kasallikni kechishi bola hayotining birinchi kunlaridan namoyon bo’lishi mumkin. 
Asorati. Ko’krak yoshidagi bolalarda gonokokkli yiringli oftalmit  kuzatiladi 
Davosi.  Mahalliy  va  umumiy  davo  turlariga  bo’linadi.  Mahalliy  davoga  burun 
bo’shlig’ini  penisillin  guruhidagi  va  antiseptik  moddalar  bilan  yuvishdan  iborat. 
Umumiy  davoga  amfenikolaminlar  (xloromfenikol),  makrolid,  azalidlar  (azitri-
misin,  eritromisin)  va  pensillin  guruhi  (amoksosillin,  oksamp,  flemoksin)  dori 
vositalari 
hamda 
immunomodulyatorlar 
(N-metilglyukomin, 
sikloferon) 
qo’llaniladi. 
 
2.7.
 
Surunkali rinit. 
Surunkali  rinit  (rhinitis  chronika)-  burun  shilliq  pardasining  surunkali 
nospetsifik  yallig’lanishi.  Jarayonni  kechishi  bolalarda  8  haftadan,  kattalarda  12 
haftadan ko’p bo’lgan hollarda surunkali jarayon deb qaraladi. Surunkali rinitning 
5 xil shakli tafovut qiladi.  
1. Surunkali kattaral rinit 
2. Surunkali gipertrofik rinit: 
       A. Surunkali gipertrofik chegaralangan rinit 
       B. Surunkali gipertrfik diffuz rinit 
3. Surunkali atrofik rinit: 
       A. Surunkali atrofik chegaralangan rinit 
       B. Surunkali atrofik diffuz rinit 
1. Vazomotor rinit: 
       A. Allergik shakli 
       B. Neyrovegetativ shakli 
5. Ozena (sassiq tumov) 
Har bir surunkali rinit shakli, o’zining kechishi bo’yicha o’z xususiyatiga ega va 
bularni bir biridan qiyoslash shart bo’ladi.  
 


2.7.1.
 
Surunkali kattaral rinit. 
 Surunkali  kattaral  rinit  (rhinitis  cataralis  chronica)-  burun  bo’shlig’i  shilliq 
qavatining turg’un qizarishi, shishi va infiltrasiyasi, ayrim joylarda epiteliy meta-
plaziyasi bilan kechgan yallig’lanish jarayoni. Bolalarda bu shaklli rinitning kelib 
chiqishiga, surunkali adenoidit va  surunkali tonsillit  sabab bo’ladi. Surunkali  kat-
taral rinitni keltirib chiqaruvchi omillarga gipovitaminoz, mikroelemementlar yet-
ishmasligi,  allergiya,  diatezlar,  adipoza-  genital  distrofiyalar  va  boshqalar  misol 
bo’lishi mumkin. Kattalarda surunkali kattaral rinitni keltirib chiqaruvchi omillarga 
kasbiy kasalliklar, chekish, alkogolizm, narkomaniya misol bo’ladi. Patogenezida 
burun bo’shlig’ida kislorod miqdorini pasayishi yotadi. Mikrobiologiyasida piogen 
florani polimorfizmi bilan xarakterlanadi. Surunkali kattaral rinit bolalarda va kat-
talarda turlicha kechadi. 
   Bolalarda surunkali kattaral rinitning kechishi
   Belgilari: burundan doimiy ajralma kelishi, yuqori lab terisini doimiy yorilib tu-
rishi,  manqalanish va ovozni xiralashishi, tez-tez shamollash, laringitlar, traxeitlar, 
ishtaha pastligi, umumiy holsizlik va boshqalar. Surunkali kattaral rinitni uzoq vaqt 
cho’zilishi  yuz  skeletini  dismorfiyasiga,  tishlar  qatorini  buzilishiga,  ko’krak 
qafasini shakillanishini buzilishiga sabab bo’ladi. Bunday bolalar doimiy rangpar 
ko’rinadi,  jismoniy  va  aqlan  rivojlanishda  orqada  qoladilar,  kattaral  salpingootit 
fonida  eshitish  pastligi  kuzatiladi.  Rinoskopiyada  shilliq-yiringli  ajralma  aniqla-
nadi,  burun  kirish  qismida  yiringli  qatqaloqlar  aniqlanadi,  gohida  burun  kirish 
qismi shilliq qavati va yuqori labni doimiy yuzaki zararlanib turishi giperemiyaga 
va  burun  kirish  qismini  epiteliyni  qalinlashishiga  sabab  bo’ladi.  Burun  shilliq 
qavati giperemiyalashgan, shishgan, burun chig’anoqlari kattalashgan, shilliq qava-
ti  yiringli  ajralmalar  bilan  qoplangan,  bu  esa  o’z  navbatida  surunkali  sinusit  ja-
rayonga  qo’shilganligidan  dalolat  beradi.  Surunkali  kattaral  rinitda  burundan  ke-
ladigan  ajralma  hidsiz  bo’ladi,  lekin  hidli  bo’ladigan  bo’lsa  bu  surunkali  sinusit 
yoki surunkali adenoidit bo’rligidan dalolat bo’ladi. 
     Tashxis.  Yuqorida  aytib  o’tilgan  belgilarga  asoslanib  qo’yiladi.  Surunkali  kat-
taral  rinitni  burun  bo’shlig’i  yot  jismi,  surunkali  sinusit,  ozenani  birinchi  fazasi, 
surunkali adenoidit bilan qiyosiy tashxislanadi. 
     Asorati.  Surunkali  kattaral  rinit  o’tkir  va  surunkali  sinusitlar,  eshitish  nayi  va 
o’rta  quloq  kasalliklari,  burun  poliplari,  burundan  qon  ketishi,  o’tkir  laringit, 
tonzillitlar, traxeobronxitlar kabi asoratlar berishi mumkin. Bolalar burunni yaxshi 
qoqishni  bilmaganliklari  uchun  burundan  ajralgan  ajralmalarni  yutadilar,  natijada 
oshqozon  ichak  traktini  zararlanishiga  ya’ni  surunkali  gastrit,  gastroduodenitga, 
kolit  va  appendisitga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Bolalar  yiringni  yutaverganliklari 
uchun tillari yaltiroq, qorinlari dam, qusish, ko’ngil aynash, qo’lansa hidli ich ket-
ish belgilari bezovta qiladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə