Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71

chig’anoqlarning  venoz  qon  tomirlarining  mushak  tolalari  degenerative  sklerotik 
jarayon  bilan  qamrab  olinmagan.  Burun  dekongestantlarning  ta’sir  qilishi  hali 
saqlangan. Palpasiyada burun chig’anoqlari elastikligi saqlangan bo’ladi.  Ikkinchi 
davr- biriktiruvchi to’qimali gipertrofiya davri-xilpillovchi epiteliy  metoplaziyasi, 
bez apparatini gipertrofiyasi, mushak tolalarini degenerative o’zgarishini boshlani-
shi,  limfositar-  gisteositar  infiltrasiya  va  subepitelial  qavatni  qalinlashishi  kuza-
tiladi  (1.22.rasm).  Bu  o’zgarish  limfa  va  qon  tomirlarni  siqilishiga  olib  keladi, 
to’qima orasi shishadi, shilliq qavati rangi oqish va oqimtir-ko’k rangni egallaydi. 
Bu  davrda  qon  tomir  toraytiruvchi  dori  vositalarining  faoliyati  pasayib  bo’rishni 
boshlaydi. Uchuichi davr- “shish”, “miksamatoz” yoki “ polipsimon gipertrofiya” 
davri-  bunda  tomirlararo  giperkollogenoz  rivojlanadi,  shilliq  qavatining  hamma 
elementlarida  diffuz  infiltrasiya  aniqlanadi,  qon  tomir,  limfa  tomirlarining  devori 
va bez apparati ham diffuz o’zgargan bo’ladi. Burun chig’anoqlarining yuzasi sil-
liqlashgan, ko’kimtir rangda, polipsimon o’zgargan bo’ladi. Patogenezida surunk-
ali yallig’lanish ya’ni, qon va limfa almashinuvining buzilishi, to’qimani kislorod 
almashinuvi  buzilishi,  metobolizm  faoliyatini  buzilishi,  mahalliy  immun  holat 
tushib ketadi va soprofit flora aktivlashadi.  
     Klinikasi.  Subektiv  belgilar.  Xuddi  surunkali  kattaral  rinitning  belgilariga 
o’xshaydi.  Lekin  burun  bo’shlig’ining  ichidagi  strukturalari  gipertrofiya  bolish 
hisobiga burundan nafas olish qiyinlashadi yoki butunlay yo’qoladi. Bemorlarning 
shikoyatlari burun dekongestantlarning ta’sir qilmasligiga, og’iz qurishiga, tushda 
xurrak  otishiga,  doimiy  burundan  shilliq  va  shilliq-yiringli  ajralma  kelishiga,  bu-
run-  halqumda  yot  jism  turganlik  hissi,  yomon  uxlashga,  charchaqlikni  yuqori-
ligiga, hid bilishni pasayishiga yoki uni yo’qolishi bo’lishi mumkin. Burun va bu-
run yondosh bo’shliqlarning qon tomir, limfa sistemasi va oldingi miyada dimlan-
ish bo’lishi hisobiga bemorlarda doimiy bosh og’rishi, hotira pasayishi va jismoniy 
carchash  bezovta  qiladi.  Obektiv  belgilariga.  Bemorning  og’zi  doimiy  ochiq 
bo’ladi, qatshonki unga ma’lum qilinganda og’zini yopadi. Bemor yurganda yoki 
yugurganda  og’iz  orqali  nafas  olishi  hisobiga  kislorod  tanqisligi  bo’lamasligi 
mumkin.  Bemor  tinch  o’tirganda  og’zini  yopib  burundan  nafas  olganda,  ma’lum 
bir  vaqtgacha  nafas  olishi  mumkin.  Bemorni  ovozida  manqalanishlik  belgisi 
bo’ladi ya’ni yopiq manqalanish bo’ladi. 
     Oldingi  rinoskopiyada  yumshoq  gipertrofik  davrda  burun  chig’anoqlari 
o’zgarishsiz  bo’ladi,  shunga  qaramasdan  bemor  “burundan  nafas  olishga  qiyn-
alyapman” deb shikoyat qiladi. Adrenalin bilan  burun chig’anoqlariga surtilganda, 
burun  chig’anoqlari  qisqaradi va  umumiy  burun  yo’li  kengayadi.  Keyinchalik  bu 
reaksiya butunlay yoqoladi. Burun yo’llari o’rta va pastki chig’anoqlarning kenga-
yishi hisobiga berkilib turgan bo’ladi. O’rta burun chig’anog’i bullyoz yoki shish 
ko’rinishda  bo’ladi,  hatto  pastki  burun  chig’anog’igacha  kengayib  tegib  turgan 


bo’ladi. Lekin burun yo’llarida shilliq va shilliq-yiringli ajralmalar aniqlanadi. Bi-
riktiruvchi toqimali gipertrofiya davrida burun pastki chig’anog’ida rangi ko’kimtir 
tusda bo’ladi, gohida polipoz tuzilishga ega bo’ladi.  
      Orqa  rinoskopiyada  pastki  burun  chig’anog’ining  orqa  qismlari  shilliq  qavati 
ko’kimtir tusda, gipertrofiyaga uchragan, shishgan, burun- halqumga osilib turgan   
bo’ladi. Burun shilliq qavatini gipertrofiyaga uchragan va shishgan qismlari burun 
to’si’giga tegib turadi. 
Rentgenografiyada  burun  shilliq  qavatini  qalinlashishi  hisobiga  burun  yondosh 
bo’shliqlarida yorug’lik pasaygan bo’ladi.   
Burundan  nafas  olish  holatini  va  hid  bilish  faoliyatini  tekshirilganda,  bu  faoli-
yatlarni pasayganligini yoki butunlay yo’qolganligini aniqlash mumkin. 
     Asoratlari.  O’tkir  va  surunkali  evstaxiitlar  va  tubootitlarga,  eshitish  nayining 
burun-halqum teshigi obstruksiyaga, burun-halqum shilliq qavatining shishiga, si-
nusitlarga,  adenoidlarga,  tonzillitlarga,  traxeobronxitlarga,  dakreosistitlarga,  kon-
yuktivitlarga sabab bo’ladi. 
    Tashxislash.  Bemorning  shikoyatlariga,  anamnezlariga,  burun  sohasini  instru-
mental tekshiruvlariga asoslanib qo’yiladi. 
    Qiyosiy  tashxis.  Burun  to’sig’i  qiyshiqligi  bilan, burun-  halqum  murtagi  giper-
trofiyasi  bilan,  burun  yo’llari  va  xoana  atreziyasi  bilan,  polipoz  rinit  bilan, 
yomonsifatli o’smalar bilan, burun yot jismi bilan qiyoslanadi.  
    Davolash.  Umumiy  va  mahalliy  olib  boriladi.  Mahalliy-  simptomatik  va  jar-
rohlik usullarida olib boriladi. Umumiy davo surunkali kattaral rinitning davosiga 
mos keladi. Jarrohlik usulidan maqsad burundan nafas olish va hid bilishni tiklash, 
burun  chig’anog’ning  gipertrofiyaga  uchragan  sohani  chandiqli  o’zgartirishga 
qaratilgan. 
“Yumshoq gipertrofiya” davrida quyidagi usullardan foydalaniladi. 
-
 
 Galvanokaustika-  elektr  toki  yordamida  to’qimani  kuydirishdan  iboratdir. 
Buning  uchun  burun  shilliq  qavatiga  5-10%  li  kokain  eritmasi  yoki  5%  li  dikain 
eritmasi  surtiladi.  Chuqurroq  anestesiya  uchun  chig’anoq  ichiga  novokain,  trime-
kain yuborish mumkin. Burun kengaytirgich yordamida galvanokauter uchi pastki 
chig’anoqning  ostiga  kiritiladi.  Shundan  so’ng  galvonakauter  ishlatiladi.  Burun 
shilliq  qavatiga va  chig’anoq  to’qimasi tekkaziladi,  to’qima  kuydiriladi.  Shundan 
so’ng uning yuzasida chuqur kuygan iz qoladi. Gohida shunaqa ikkita iz qoldiriladi 
(1.23 rasm). 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə