Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71

bullosa  bo’lishi  mumkin  yoki  burun  yondosh  bo’shliqlarini  latent  kechuvchi  yal-
lig’lanishi bo’lishi mumkin. 
 
-
 
Burun  to’sig’i  orqa  qismini  shilliq  qavatini  gipertrofiyasi-  ko’pincha  bu 
pastki burun  chig’anog’ini orqa  qismini gipertrofiyasi bilan  birga  kechi  mumkin. 
Orqa rinoskopiyada burun to’sig’ining orqa qismida ikki tomondan o’ziga xos xo-
sila ko’rinadi. Xoana tomonga osilib turadi, nafas olib chiqarganda harakatlanadi. 
Burun to’sig’ining “dumchalari yoki qanotchalari” deb nom olgan.
 
-
 
Burun  to’sig’i  shilliq  qavatining  gipertrofiyasi-  juda  kam  uchraydi,  burun 
to’sig’i shilliq qavati yostiqsimon qalinlashadi. Jarayon ikki taraflama bo’ladi.
 
Tashxis. Tipik hollarda qiyinchilik tug’dirmaydi, lekin atipik turlarida qiyinchilik 
tug’diradi. 
Davolash.  Umumiy  va  mahalliy  olib  boriladi.  Jarrohlik  davolash  usuli  gipertrofi-
ya’ning  darajasi  va  joylashgan  joyiga  qarab  tanlanadi.  Agar  pastki  burun 
chig’anog’ining  oldingi  va  orqa  qismlarini  gipertrofiyasi  shish  yoki  vazokon-
striktor  faoliyati  saqlangan  bo’lsa  dezintegrasiya  usullari  yaxshi  samara  berishi 
mumkin (yuqorida qayd etilgan). Lekin bu usllarga ehtiyotkorlik bilan yondashish 
kerak,  sababi  galvanizasiya  yoki  lazer  bilan  kuydirilsa  eshitish  nayining  burun-
halqum teshigini chandiqlanib obliterasiyaga olib kelishi  mumkin. Galvanokausti-
ka o’rta  burun chig’anog’ining gipertrofiyasida ishlatilmaydi.  O’rta  burun  yo’lini 
jarohati  va  infisirlanishiga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Pastki  burun  chig’anog’ining 
oldingi  va  orqa  qismlarini  fibroz  yoki  polipoz  gipertrofiyalarida  konxotom,  kesu-
vchi ilmoqlar yordamida, yoki burun pichoqlari yordamida konxotomiya jarrohlik 
amaliyoti bajariladi. 
2.7.3.
 
Surunkali atrofik rinit. 
Surunkali  atrofik  rinit  (rhinitis  atrophica)-  burun  shilliq  pardasining  chega-
ralangan  yoki  tarqoq  nospesifik  o’zgarishi  bo’lib,  uning  asosida  yallig’lanish  ja-
rayoni emas, balki distrofik jarayon yotadi. 
Shilliq  qavatning  qadoqsimon  hujayralari  tuksizlanib,  silindlik  epiteliy  yassi 
epiteliyga  aylanadi,  natijada  shilliq  ishlab  chiqaruvchi  bezlar  va  qon  tomirlarning 
faoliyati buziladi. Atrofiya jarayoni asosan burun to’sig’ining oldi qismiga (chega-
ralangan)  yoki  burun  bo’shlig’ining  barcha  maydonlariga  (diffuz),  ba’zan  faqat 
nafas olish maydoniga tarqalishi mumkin. 
      Etiologiyasi.  Burlamchi  atrofik  rinit  tarqoq  xarakterga  ega  bo’lib,  umumiy 
kasallikning (masalan, temir tanqisligi kamqonligi) belgisi sifatida namayon bo’lib, 
jarayon burun-halqum va hiqildoq sohasiga tarqaladi. Atrofiya jarayoning rivojlan-
ishida  turli  yuqumli  kasalliklar  (qizamiq,  gripp,  bo’g’ma  ,  skarlatina)  va  tashqi 
muhit omillari (quruq va issiq havo) ta’sirida shilliq pardaning epiteliy qatlamining 
faoliyati  pasayadi.  Infeksion  nazariya  tarafdorlari  kasallik  burun  bo’shlig’ida 


mavjud bo’lgan patogen mikroflora ta’siri natijasida yuzaga keladi deb hisoblaydi-
lar.  Boshqa  olimlarning  fikricha  kasallikni  dori  darmonlar  yetishmovchiligi  bilan 
bog’liq deb ta’kidlaydilar. Bundan tashqari chang, gaz, bug’, tamaki, silikat va se-
ment  change  ham  atrofik  rinitning  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi.  Ba’zan  kasallik 
konxotomiya yoki burun jarohatidan so’ng rivojlanadi, Kasallikning rivoflanishida 
qaytalangan  o’tkir  rinit  va  endokrin  buzilishlar  muhim  ahamiyatga  ega.    Bundan 
tashqari  irsiy  bog’liqlikni  aytib  o’tish  kerak.  Atrofik  rinit  ozenani  boshlang’ich 
davri bo’lishi mumkin (Rudenko V.P., 1981). 
      Belgilari.  Bemor  burunda  quruqlikni  his  etishiga,  unda  po’stloqlar  xosil 
bo’lishiga, burun orqali nafas olish qiyinligiga, hid sezish susayganligiga yoki uni 
butunlay yoq’olganligiga, vaqti-vaqti bilan burundan qon oqishiga shikoyat qiladi. 
Odatda  qon  oqishi  o’z-o’zidan  yoki  burun  old  tamponadasi  qo’yilgandan  so’ng 
toxtaydi (1.26. rasm). 
 
Old rinoskopiyada burun bo’shlig’ining shilliq pardasi oq-pushti rangda, quruq va 
yupqalashganligi,  burun  yo’llari  kengayganligi,  umumiy  burun  yo’lida  qalin 
sarg’ish-yashil ajralma borligi, ayrim maydonlarda ajralma po’stloqlar xosil qilib, 
shilliq  pardaga  yopishganligi  ko’rinadi.  Ba’zan  burun  to’sig’ining  old  qismida 
tog’ay teshilganligi ko’zga tashlanadi. 
      Davolash.  Umumiy  va  mahalliy  davo  chora  tadbirlari  olib  boriladi.  Umumiy 
davoga  vitaminoterapiya,  umumiy  stimullovchi  dori  vositalar(  aloe  sharbati,  aloe 
tabletkalarda,  aloe  temir  bilan,  fitin,  rutin).  Burun  shilliq  qavatini  mikrosirkulya-
siyasini  yaxshilovchi  preparatlar  va  shilliq  qavatni  oziqlanishini  yaxshilovchi 
preparatlar,  angioprotektorlar  (ksantinol  nikotinat,  pentoksifillin,  agapurin). 
Ma’lumki  yuqori  nafas  yo’llarini  va  OIT  shilliq  qavatlarida  ham  atrofik 
o’zgarishlar bo’lib, bularda bezlar faoliyati buzulgan bo’ladi. Shuning uchun bun-
day  bemorlarga  temir  moddalar  tayinlanadi  (ferrum-  lek,  temir  tuzlari).  Umumiy 
davoga klimato-, balneoterapiya usullari kiradi. Bemorlarga ishqorli 2-3% li dengiz 
tuzi  eritmasi  bilan  ingalyasiya  buyuriladi.  Mahalliy  davoga  burun  shilliq  qavatini 
modda  almashinuvini  yaxshilovchi,  silindrik  epiteliyni  regenerasiyasini,  qadoqsi-
1.26.rasm. Surunkali atrofik rinit.     
( B.S. Preobrajenskiy bo’yicha 1963.) 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə