Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə23/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

4 - SH. Mirziyoycv. 4-jild
Awalambor, birinchi o‘rinbosar Qonunchilik palatasining xalqaro parlamentlararo tashkilotlar bilan aloqalarini rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga ko‘maklashish, parlamentlararo diplomatiyani amalga oshirishga mas’ul bo‘lishi kerak.
Ma’ lumki, Konstitutsiyaga muvofiq, Qonunchilik palatasining eng muhim vakolatlaridan biri - bu xalqaro shartnomalami ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilish hisoblanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Hukumat tomonidan izchil bajarilishini nazorat qilish ham Spiker birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerak.
Masalan, Qonunchilik palatasi bundan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha vazirlar hisobotlarini eshitishni yo‘lga qo‘yishi lozim.
Yana bir muhim masala - O‘zbekiston inson huquqlariga oid 70 dan ortiq xalqaro shartnomaga qo‘shilgan. Shu yo‘nalishda BMTning ustav organlarida Hukumatimiz muntazam ravishda milliy hisobotlar berib kelmoqda.
Inson huquqlarini himoya qilishda Qonunchilik palatasi rolini oshirish, xalqaro tashkilotlar tavsiyalari ijrosini tashkil etish, «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va ijro etish ham quyi palataning diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda jahon parlamentarizmida ilg‘or tajriba bo‘lmish, ya’ni nodavlatnotijorattashkilotlari va fuqarolikjamiyati institutlarini qo‘llab-quwatlash amaliyoti xalqaro darajada e’tirof etilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum. Shu bois, Spikeming birinchi o‘rinbosari tomonidan ushbu nomdagi Parlament komissiyasi faoliyatining izchil muvofiqlashtirib borilishi muhim, deb hisoblayman.
Xabaringiz bor, Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilgan. Bu institut qonun loyihalarini tayyorlashda, ulami muhokama qilishda, qabul qilingan qonunlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda parlament a’zolariga haqiqiy yordamchi bo‘lishi lozim.
Qonun ijodkorligi faoliyatiga ilmiy-innovatsion omilni keng joriy etish ham bundan keyin palataning muhim vazifasi bo‘lib qolishi kerak.
Spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan Akmal Xolmatovich Saidovni nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik vakillari ham qonunchilik sohasida ko‘zga ko‘ringan, uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan yirik mutaxassis sifatida yaxshi bilishadi. U mazkur lavozimda o‘zining boy bilimi, keng dunyoqarashi, professional malakasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatini Vatanimiz ravnaqiga safarbar etadi, degan umiddaman.
Spikerning birinchi o‘rinbosari partiyaviylikdan xoli ravishda umumdavlat, umumxalq manfaatlari yo‘lida ish olib borishi lozim. Shu bilan birga, bugun Spiker o‘rinbosarlari etib saylangan barcha partiyalar fraksiyalari rahbarlarini ham samimiy qutlashga ijozat etgaysizlar.
Bir so‘z bilan aytganda, bugun Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zlarining munosib rahbarlariga ega bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Xalq vakillarini jonajon O‘zbekistonimizni taraqqiy ettirishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirib, parlament faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishda ularga yutuq va omadlar tilaymiz.
Hurmatli maj lis ishtirokchilari!
Barchamizga yaxshi ayonki, deputatlik - bu odamdan juda
katta intellektual salohiyat, tinimsiz mehnat, izlanish va mas’uliyat
talab qiladigan faoliyatdir. O‘zim ham ko‘p yillar deputat bo‘lib ishlaganman, bu vazifaning qanchalik og‘ir va mashaqqatli, shu bilan
birga, sharafli ish ekanini yaxshi bilaman.
Deputat, avvalo, hamisha xalq dardi bilan yashashi, odamlar- ni qiynayotgan muammolami hal qilish uchun fidoyilik ko‘rsatib boshqalarga o‘mak bo‘ lishi lozim. Deputatning qalbi, vijdoni uyg‘oq bo‘lsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyg‘oq bo‘ladi,
butun jamiyatimiz uyg‘oq bo‘ladi.
Bugun biz hamma sohada izlanish va о rganishdamiz. Izlanib yashayotgan, oz maqsadi sari izchil borayotgan inson va jamiyat albatta ijobiy natija hamda yutuqlarga erisha oladi.
Hozirgi kunda - O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqi- chida oldimizda o‘ta dolzarb va murakkab vazifalar turibdi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun avvalo qonun ijodkorligi sohasida ishni butunlay yangicha tashkil etishimiz kerak. Bu borada ayniqsa quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə