Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə26/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Uchinchidan, quyi palata deputatlari tashabbusi asosida ishlab chiqiladigan qonunlaming salmog‘ini oshirish lozim.
2015-2019-yilIarda deputatlaming qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanishi son jihatidan oshganini ta’kidlash lozim. Xususan, 2010-2014-yillarda 37 ta qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokamaga kiritilgan bo‘lsa, o‘tgan chaqiriqda bu ko‘rsatkich 2,5 barobar oshib, 88 taga yetdi. Biroq, bunday qonun loyihalarining salmog‘i quyi palataga kiritilayotgan loyihalaming
U“\ S0J11Sa nisbatan hanuz pastligicha qolmoqda, ya’ni J аП oshmayapti. Shu sababli deputatlarimizni o‘z
say oyc i anng dolzarb muammolarini chuqur tahlil qilgan holda yanada tashabbuskor bo‘lishga chaqiraman.
To rtinchidan, hurmatli xalq vakillari qonunlami qabul qilishda ulaming kelgusida ishlashini ta’minlaydigan chora-tadbirlami ham ko‘rishi lozim.
Qonunlarda belgilangan ayrim qonunosti hujjatlarming o‘z vaq- tida qabul qilinmasligi - ulaming amalda «ishlamay qolishi»ga, bu esa, fuqarolar va tadbirkorlaming haqli e’tiroziga sabab bo‘ Imoqda. Misol uchun, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirganiga bir yildan oshgan bo‘lsa-da, uning amalda qo‘llanishi ko‘plab savollami yuzaga keltirmoqda.
Shuning uchun qonunlami qabul qilish jarayonida ular bilan bog‘liq barcha qonunosti hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ishlab chiqilishini ta’minlash - palataning besh yil davomidagi asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi lozim. Shundagina biz «qonunni qabul qilish bilan parlamentning ishi yakunlandi», degan eskicha qarashdan voz kechamiz.
Bundan tashqari, biron-bir qonun loyihasini qabul qilishda tashabbuskor bo‘lgan parlament fraksiyasi shu qonunni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Qonunchilik palatasi yil yakuniga ko‘ra joriy yilda qabul qilingan har qaysi qonun xalq tomonidan qanday baholangani, qaysi qonun aholiga naf keltirayotganini, qaysi qonun esa ishlamay turganini aniq tahlil qilishi va tegishli xulosalar chiqarishi lozim. Bu esa elektorat bilan ta’sirchan muloqotni yo‘lga qo‘yishga va parlamentimiz faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Beshinchidan, qonun loyihalarining xalqaro shartnomalarga, xalqaro reytinglardagi o‘mimizni yaxshilash bo yicha tavsiyalarga mosligini o‘rganish amaliyotini keng joriy etish lozim. Chunki, xalqaro shartnomalar va reytinglar mazmunida xonjry davlatlammg ilg‘or tajribasi o‘z aksini topgan.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo Isak, qonun ijodkorligi faoliyati «qonunning birdan bir manbayi va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shart» degan ustuvor tamoyilga asoslanishi kerak.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Quyi palataning parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatida ham o‘z yechimini kutayotgan qator masalalar mavjud.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə