Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə25/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, deputatlar muhokamaga kiritilgan har bir qonun loyihasi bo‘yicha o‘zining mustahkam pozitsiyasini ko‘rsatgan taqdirdagina, saylovchilar ishonchini oqlay oladi.
O‘tgan chaqiriqda quyi palataga kiritilgan har bir qonun loyihasi bo‘yicha joylarda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shundan so‘ng 400 dan ziyod qonun loyihasidagi mingga yaqin qoidalar fuqarolarimiz bildirgan takliflar asosida takomillashtirildi. Misol uchun, «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Deputatlar qonunlarni «nomigagina ko‘rib chiqib, bir ovozdan ma’qullash» degan eski amaliyotdan voz kechib, ularni jiddiy va batafsil muhokama qilishni o‘rganmoqda. Aholi tomonidan bildirilgan fikrlar, tanqidiy mulohazalai inobatga olinib, 16 ta qonun loyihasi rad etildi va tashabbuskor idoraga qaytaiildi. Holbuki, 2010 — 2014-yillarda birorta ham qonun loyihasi qaytarilmagan edi.
Siz, hurmatli deputatlar, qonun loyihalarini birinchi navbatda xalq manfaatidan kelib chiqqan holda tahlil qilib, ulami tanqidiy ko‘rib chiqish borasidagi ishlami kuchaytirishingizga ishonaman.
Quyi palata a’zolari shu paytgacha qonun loyihasining konseptual masalalaridan tashqari ulaming Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga, qonunchilik texnikasiga mosligini ta’minlash bilan ham shug‘ullanib kelgan. Aslida deputatlar sifatsiz loyihalami maromiga yetkazish bilan band bo‘lmasdan, asosiy e’tibomi qonunlar xalq manfaatini qanchalik ifoda etishiga qaratishi kerak.
Shu o‘rinda qadimgi Rimning mashhur shoiri Publiliy Siming bir fikrini eslash joiz deb bilaman. «Qonunlar kuchli boMgan joyda, xalq ham kuchlidir», deb yozgan edi u.
Darhaqiqat, xalq vakillari bo‘lgan deputatlar o‘z vakolatiga asoslanib, jasur, talabchan va qat’iyatli bo‘lishi, fuqarolaming manfaatiga xizmat qilmaydigan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Har bir qonunning, ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘zi, oyog‘i, ijrosi bo‘lishi lozim. Qonun qabul qilindimi, albatta, hayotda o‘zgarish bo‘lishi kerak.
Ayni vaqtda masalaning ikkinchi tomonini ham о‘ylash kerak, ya’ni parlamentga sifatsiz qonun loyihalarini kiritgani uchun awalo tashabbuskor idoralar va Adliya vazirligining roli hamda mas’uliyatini oshirish zarur. Agar tashabbuskor idora qonun loyihasining ahamiyatini deputatlar oldida asoslab bera olmasa, Qonunchilik palatasi loyihani ko‘rib chiqishni rad etishi lozim, deb hisoblayman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə