Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə27/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchi. Yangi deputatlar ta’sirchan parlament nazoratini olib borish orqali xalq ishonchini oqlashi zarur.
O‘tgan davrda parlament nazoratining yangi shakl va mexanizm- lari hayotimizga kirib keldi. Jumladan, Qonunchilik palatasida hukumat a’zolarining deputatlar savollariga javoblarini eshitish tartibi - «Hukumat soati» instituti joriy etildi. So‘nggi 2 yilda 14 marta «Hukumat soati» o‘tkazilib, ularda 17 ta vazirlik va davlat qo‘mitasi rahbarlari ishtirok etdi.
Bundan tashqari, 2019-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlami quyi palata majlisida ko‘rib chiqish ama- liyoti yo‘lga qo‘yildi. Biroq bunday ishlarimizdan saylovchilarimiz to‘liq rozi, deb aytishga hali erta.
Hech kimga sir emas, ayrim mansabdor shaxslar noma’qul xatti- harakatlari bilan jamiyatda qizg‘in muhokamalarga, ayrim hollarda esa, keskin norozilikka sabab bo‘lmoqda. Ana shunday vaziyatlarda deputatlaming bir chekkada tomoshabin bo‘lib turishini bundan keyin xalqimiz aslo qabul qila olmaydi. Axir, fuqarolar o‘z vakillarini xalq fikrini ifoda etish va ular manfaatlarini himoya qilishi uchun sayla- gan-ku!
El-yurtimiz deputatlar timsolida qonun va axloq-odob mezonlarini buzgan mansabdorlarga qarshi tura oladigan talabchan kurashchini, xalq dardini qo‘rqmasdan ko‘tarib chiqadigan o‘z himoyachisi, o‘z vakilini ko‘rishni istaydi.
Bu borada dastlabki qadamlar tashlanmoqda. Rasul Kusherbayev, Shuhrat Polvonov, Alisher Hamroyev kabi yosh va jonkuyar deputatlar faoliyati saylovchilarga manzur bo‘lmoqda. Masalan, avtomototransport vositalarida kunduz kuni chiroq yoqib yurish bo‘yicha qabul qilingan qaror deputatlar tashabbusi bilan o‘zgartirildi.
jz un ay о a ami faqat ijobiy baholashimiz kerak. Shu tariqa biz ta sirc^ an par ament orqali samarali ijro hokimiyati faoliyatini у о Iga qo у is ga ens amiz. Shu sababli xalq orasida munozaraga saba о ayotgan muammolar yuzasidan mas’ul rahbarlaming parlament va mahalhy kengashlarga tushuntirish berish tartibini yo‘lga qo‘yish kerak.
Parlament nazorati natijalaridan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish masalasi ham e tiborimiz markazida bo‘lishi shart. Shu munosabat bilan palata majlislarini, har bir tadbir haqidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda keng va tizimli yoritishni kuchaytirish kerak. Bunday amaliyot parlament faoliyatida nafaqat ochiqlikni ta’minlashga, balki barcha davlat idoralari mas’uliyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə