Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə29/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Uchinchi. Parlament va deputat so‘rovining ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘rish kerak.
О tgan chaqiriqda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi mansabdor shaxslarga 28 ta yoki 2010-2014-yillarga nisbatan 7 barobar ko‘p parlament so‘rovi yuborildi.
Parlament va deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaganlik yoki ko‘rib chiqish muddatini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Shunga qaramasdan, afsuski, ayrim hollarda deputat so‘roviga rahbaming o‘zi emas, balki uning o‘rinbosari, hatto boshqarma boshliqlari javob qaytarmoqda.
O‘zingiz ayting, qani bu masalada xalq vakilining obro‘si? Parlamentga va deputatga bo‘lgan hurmat shumi? Bunday salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli parlament va deputat so‘roviga vazirlik va idoralar birinchi rahbarlarining shaxsan o‘zlari javob berishi shartligini qonunda belgilashni taklif qilaman.
To‘rtinchi. Saylovchi va deputatning o‘zaro munosabatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etadigan vaqt keldi. Jumladan, parlament va deputat so4rovlarini shakllantirish mexanizmini
takomillashtirish zarur.
O'tgan chaqiriqda turli masalalar yuzasidan 856 ta deputat so rovi yuborilgan. Lekin so‘rovlarda saylovchilar manfaati qanchalik o‘z aksini topdi, ulaming nechtasi fuqarolar tashabbusi asosida shakllantirildi, degan savollar meni o‘ylantinnoqda. Shuning uchun jamoaviy murojaatlar asosida Internet tarmog i vositasida patlament va deputat so'rovini shakllantirish amaliyotini yo Iga qo yis ozl1^- Bu orqali biz aholini qiynayotgan masalalaming parlamentda ко nb chiqilishiga erishamiz.
2019-yilda deputatlar tomonidan 8 mingdan ortiq xonadon, 3 mingdan ziyod ijtimoiy soha va 2 mingga yaqin ishlab chiqarish obyektiga borilib, qariyb 150 ming fuqaro bilan muloqot o‘tkazildi. Odamlami tashvishga solayotgan ijtimoiy muammolami hal etish maqsadida deputatlar har oyning oxirgi haftasida o‘z saylov okrugida bo‘lishiga doir tartib yo‘lga qo‘yildi. Albatta, bu ishlami tizimli ravishda davom ettirish kerak.
Ayni vaqtda savol tug‘iladi - axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi kunda saylovchi o‘zining vakiliga murojaat qilishi uchun uning okrugga bevosita kelishini kutib o‘tirishi shartmi? Shu sababli xalq bilan muloqot tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, deputatlami o‘z saylovchilari bilan bogMash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalami ishga tushirish lozim. Toki ana shu tizim orqali saylovchi deputatning kundalik ishini kuzatib borish, qonun loyihalarini muhokama qilish va ular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘Isin. Ya’ni deputat faoliyatiga uning saylovchilari bevosita baho bersin. Ana shundagina fuqaro va parlament o‘rtasida xalqimiz bizdan kutayotgan haqiqiy ko‘prik paydo bo‘ladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə