Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə31/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchidan, aholini qiynayotgan samarali tizimini yaratishimiz lozim. c 65
5 - SH. Mirziyoycv, 4-jild
Uch yil oldin senatorlar tomonidan, bevosita joylarga chiqqan holda, hududlardagi muammolami o‘rganish va mahalliy kengash- larda muhokama qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Biroq, hozircha bu biz kutgan natijalami berdi, deb ayta olmaymiz. Joylarda hali juda ko‘p muammolar o‘z yechimini kutib turibdi. Masalan, yo‘l qurilishi sohasida jami 184 ming kilometr bo‘lgan avtomobil yo‘llarining 70 ming kilometri yoki 38 foizi qayta qurishga muhtoj.
Odamlaming eng ko‘p e’tiroziga sabab bo‘layotgan kommunal xizmat sohasini oladigan bo‘ Isak, bu borada ham bir qator muammolar kuzatilmoqda. Masalan, mavjud 633 taqozonxonaning25 foizi hamda 4 ming kilometr issiqlik tannog‘ining 75 foizi yaroqsiz ahvolda.
Eng achinarlisi, respublikamizda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi atigi 68 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 60 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda.
Shaharsozlik sohasida mamlakatimizda 1 ming 200 ta aholi punktidan faqat 232 tasi yoki 19 foizi bosh rejasiga ega. Sog‘liqni saqlash sohasida respublikamiz bo‘yicha 13 mingta umumiy amaliyot vrachlari va tor yo‘nalishdagi mutaxassislar yetishmaydi.
2019-2020-o‘quv yilida umumta’lim maktablarida 2 ming 700 dan ortiq pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘Isa, maktablaming jihozlanish darajasi 79 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, 3 mingta maktabda ichimlik suvi tashib keltiriladi, 261 ta maktab esa suv bilan ta’minlanmagan.
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 8,9 foizni, ayollar o‘rtasida 12,5 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda yoshlami ish bilan ta’minlash maqsadida 2 ming 400 ta mehnat yarmarkasi o‘tkazilgan. Shunga qaramasdan, ish izlaganlaming juda kam qismi ishga joylashtirilgan.
Albatta, uzoq vaqt davomida xalq bilan yaqindan muloqot qilinmagani, uning dard-u tashvishlarini atroflicha o‘rganib, hal etish choralari ko‘rilmagani oqibatida mana shunday ijtimoiy muammolar to‘planib qolgani hech kimga sir emas. Biz bu masalalaming
yechimini topish maqsadida muhim dasturlar qabul qilib, shu asosda katta ishlami amalga oshirayotganimizdan, o‘ylaymanki, barchangiz xabardorsiz. Bu muammolami to‘liq bartaraf etish uchun albatta vaqt kerak, ulkan mablag‘ va kuch-imkoniyatlar zarur. Markazda va joylarda ijro organlarining butun faoliyati ana shu masaialarga qaratilayotgani ham sizlarga yaxshi ma’lum.
O‘z navbatida, senatorlarimiz ham bu borada tashabbus va tashkilotchilikni o‘z qo‘llariga olib, aniq takliflar kiritsalar, ayni muddao bo‘lar edi. Shu bois, Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi lozim.
Ayniqsa, Senatning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan indikatorlarga erishilishi ustidan monitoring olib bo- rishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, yuqorida sanab o‘tilgan barcha muammolar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohangdir.
Shuningdek, o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish zarur. Bu amaliyot aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish imkonini beradi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə