Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə39/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchidan, Hukumat qonun, farmon va qarorlar ijrosini to‘g‘ri tashkil etib, amalga oshirilayotgan islohotlarning har bir tuman va qishloqqa, hatto olis va chekka hududlargacha yetib borishini ta’minlashi zarur.
Biz qancha mukammal qonun, farmon va qarorlar qabul qilmaylik, agar ular joylarda yetarlicha amalga oshirilmasa, shuncha mehnat va sa’y-harakatimiz natijasi sezilmay qolaveradi. Shuning uchun vazirlik va idoralar hamda joylardagi hokimliklar ishini oqilona va samarali yo‘lga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining bosh vazifasi bo‘lishi lozim.
Endi har bir topshiriqning ijro etilgani qog‘ozga qarab emas, erishilgan pirovard natijaga qarab baholanadi.
Shu bois, barcha darajadagi ijro organlarida intizomni kuchaytirish, belgilangan vazifa va topshiriqlar natijadorligini tanqidiy tahlil qi- lishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish zarur.
Bunda Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi bir oy muddatda ijro- ni nazorat qilish borasidagi yondashuvlarini tubdan takomillashtirishi lozim. Vazirlik va idoralaming quyi tuzilmalari bilan birgalikdagi faoliyati ustidan vertikal nazorat ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Eng asosiysi, Hukumat markaziy idoralaming Qoraqal- pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda hokimliklar bilan hamkorligini va ularo‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini ta’minlash uchun mas’ul va javobgar bo‘ladi. Buning uchun mamlakatimiz darajasida qarorlar qabul qilishda hokimliklaming ishtirokini oshirish lozim. Ya’ni ishlab chiqilayotgan qaror loyihalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ham kelishish tartibini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchiman, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi va ma naviy hayotga oid qonun hujjatlari ijrosi bilan bog liq bare a muammolar o‘z yechimini Hukumat darajasida to- pishi kerak. Xususan, turistlar oqimini ko‘paytirishda havo, temir- yo 1 transport! xarajatlarini kamaytirish, biletlar narxini arzon qilish, yo liar sifati va infratuzilmasini yaxshilash kabi qator muammolar mavjud. Ulaming yechimi yuzasidan Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligi о rtasida yagona siyosat va yondashuv bo‘lishi kerak.
Yoki investitsiya kiritish va unga to‘siq bo‘layotgan tur- li muammolar bir vaqtda muhokama qilinib, o‘sha joyning o‘zida ulaming yechimlari topilishi zarur. Shu bois, Hukumat a’zolari eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha haftada kamida bir marta yig‘ilib, xalqimizni qiynagan muammolami o‘rtaga tashlab, yuzma-yuz o‘tirib, muhokama qilishlari, ulaming yechimini tezkor- lik bilan, ahil va yakdil jamoa bo‘lib hal etib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan, lekin yig‘ilmasdan va real muhokama o‘tkazmasdan qaror qabul qiladigan komissiya va ishchi guruhlami tugatish vaqti yetdi.
Yana bir masala - ijro hokimiyati idoralari qabul qilingan qarorlaming bajarilishi yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish orqali va boshqa shakllarda keng jamoatchilik fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi kerak. Shu bilan birga, elektron portal, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar tashkil etib, aholi bilan «qayta aloqa» tizimini yo‘lga qo‘yish lozim.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə