Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə38/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

6 - SH, Mirziyoyev, 4-jild
etiladi. Jumladan, iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish, diversifikatsiya asosida eks- port hajmini keskin oshirish, sohaga agrar va suvni tejaydigan yuqori texnologiyalami joriy etishga qaratilgan, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya qabul qilindi.
Eng muhimi, bu ishlarimizning bosh maqsadi - feraier va dehqonlaming manfaatdorligini yanada oshirish, qishloqlarda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari va yangi ish o‘rinlari barpo etishdan iborat.
Boshoqli donning o‘rtacha hosildorligini 75 sentnerga yetkazish, umumiy ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekin maydonlarini 12 foizga kengaytirish lozim.
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik, ta’bir joiz bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining asosiy lokomotivlari bo‘lishi kerak.
Meva-sabzavotchilikda eksport hajmini 2025-yilda kamida 5 milliard dollardan oshirish, buning uchun kooperatsiya va klaster tizimini jadal joriy etish, mahsulotni saqlash, tashish va qayta ishlashning yaxlit va zamonaviy infratuzilmasini tashkil etish va yanada kengaytirish lozim.
Chorvachilikni rivojlantirish maqsadida zamonaviy chorva komplekslari va oilaviy kooperatsiyalar barpo etish, ilm-fan va yuqori texnologiyalarga asoslangan holda chorva naslini 60 foizga yaxshilash uchun barcha choralami ko‘rish zarur.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida Hukumat oldida mahsulot ishlab chiqarish hajmini kelgusi besh yilda 2,5 barobar oshirish vazifasi ham turibdi.
Global sharoitda, ayniqsa, mintaqamizda yildan yilga kamayib borayotgan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralami ko‘rish talab etiladi.
Kelgusi besh yilda sug‘oriladigan yerlaming kamida 30 foiziga tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish va boshqa suv tejaydigan texnologiyalami joriy etish zarur. Shuningdek, suv hisobini yuritish tizimini tatbiq qilish hamda suv balansini muntazam ravishda olib borish kerak.
Davlat-xususiy sheriklikni keng joriy etish hisobidan suv inshootlari ekspluatatsiya va investitsiya xarajatlarini kamida 15 foizga qisqartirish choralarini kolrish lozim.
Zamonaviy texnologiyalar hisobidan raqobatdosh va ilg‘or qish- loq xo jaligi texnikalarini yetarli darajada ishlab chiqarish orqali former va klasterlami texnika bilan ta’minlash ko‘rsatkichini hozirgi 45 foizdan kamida 70 foizga yetkazish zarur.
Bu borada import qilinayotgan mahsulotlami o‘zimizda ishlab chiqarish hamda ulaming tashqi bozorlarga chiqishini alohida nazoratga olish kerak.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish yo‘lidagi eng katta xavf- xatarlardan yana biri - bu neft-gaz va energetika tarmog‘idagi mavjud muammolar bilan bog‘liq.
Hukumat bu sohalami transformatsiya qilish, ularga xususiy sek- tomi faol jalb etish, hisob-kitobni joy-joyiga qo‘yish orqali ortiqcha yo‘qotishlami to‘liq qisqartirish va talon-torojliklaming oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralami ko‘rishi zarur.
Neft-gaz sohasida 2025-yilda yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 5,2 million tonnaga oshirish, buning uchun bu yil 4,1 milliard dollarlik 5 ta obyektni ishga tushirish kerak.
Kelgusi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishni kamida 80 milliard kilovatt soatga yetkazish, shuning kamida 20 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ta’minlash talab etiladi. Shuningdek, 2020-yilda elektr energiyasi bo‘yicha 7 million, 2022-yilda tabiiy gaz bo‘yicha 3,5 million iste’molchilami hisobga olish va ulaming avtomatlashgan nazorat tizimiga ulanishini ta’­minlash uchun Hukumat zarur chora-tadbirlami ko‘rishi kerak.
Mamlakatimizda mavjud tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish uchun barcha amaliy choralami ко rishimiz zarur. Bu­ning uchun Hukumat geologiya sohasini tubdan isloh qilish bo yicha qabul qilingan dasturiy hujjatlar ijrosini to liq bajarishi shart.
Tog‘-kon sanoatida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va yirik investitsiya loyihalari hisobidan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2025-yilgacha 1,5 barobar ko'payt.rish lozim.
Mavjud xomashyo bazasini to‘liq safarbar etish, chet eldan olib kelinayotgan mahsulotlami o‘zimizda chiqarishni ko‘paytirish, eks- port hajmini oshirish hisobidan qurilish materiallari ishlab chiqarishni shu davrda 3 barobar ko‘paytirish eng muhim vazifalardan biridir.
To‘qimachilik va charm-poyabzal sanoati sohalarida mahalliy xomashyoni to‘liq qayta ishlash va eksportni keskin oshirish zarur. Bu borada 2025-yilda to‘qimachilik va charm sanoatida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarishni 4-5 barobar oshirib, 8 milliard dollarlik eksportni ta’minlash kerak.
Yuqori texnologiyalar asosida elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish, maishiy texnika va sanoat elektr uskunalari, kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim. Buning uchun bu yil ishlab chiqarishni 1,5 barobar oshirib, eksport hajmini 2022-yilgacha 500 million dollarga yetkazish talab qilinadi.
Avtomobil sanoatida 2023-yilgacha yengil va yuk avtomobillari hamda avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 360 ming donaga yetkazish, shundan kamida 100 ming donasini xorijga eksport qilish soha mas’ullari uchun asosiy vazifa bo‘ladi.
Kimyo sanoatida nafaqat mavjud mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quwatlarini modemizatsiya qilish, balki polimer, kichik tonnajli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish kerak.
Hukumatdan chet el investorlari bilan birga tabiiy gazni chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi yirik loyihalami amalga oshirish talab etiladi. Shuningdek, Hukumat kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dastuming to‘liq bajarilishini ta’minlab, tarmoqda mineral o‘g‘it ishlab chiqarish ulushini 76 foizdan 33 foizga kamaytirishni o‘zi uchun asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab olishi lozim.
Farmatsevtika sohasida kelgusi 5 yilda mahalliy dori vositalari ishlab chiqarish hajmining ichki bozordagi ulushini 45 foizdan 70 foizga oshirish va eksportni 100 million dollarga yetkazish zarur.
Biz xorijiy turistlar sonini 12 million nafardan oshirish vazifasini belgilab olganmiz. Buni amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, infratuzilmalami yaxshilash, mehmonxonalar sonini ko‘paytirish,
transport tarmoqlarini rivoj 1 antirish va xizmatlar sifatini yuksaltirish Hukumat va hokimliklaming asosiy diqqat-e’tiborida bo‘lishi lozim.
Yuqorida aytilgan barcha rejalami ro‘yobga chiqarish hisobidan ishsizlikni 7 foizga kamaytirib, yiliga kamida 500 mingta ish joyi yaratish, aholi daromadini 2 barobar oshirish - yangi Hukumat oldidagi muhim vazifadir.
Ijtimoiy sohadagi islohotlar ham Hukumat oldiga aniq vazifa- lami qo ymoqda. Jumladan, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini hozirgi 74,6 yoshdan 76 yoshga yetkazish va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichini hozirgi 10 promilledan 1,5 barobar kamaytirib, 7 promillega tushirish lozim. O‘lim ko‘rsatkichini saraton kasalligi bo‘yicha hozirgi 73 foizdan 65 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha esa bugungi 41 foizdan 30 foizga tushirish ustida sog‘liqni saqlash vazirligi jiddiy chora-tadbirlar ko‘rishi kerak.
Bundan tashqari, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish kabi og‘ir hayotiy masalalami uzil-ke- sil hal etish lozim.
Shu bilan birga, zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan uy-joylarda yashaydigan aholi sonini 65 foizga yetkazish ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Bu borada Hukumatdan, ipoteka krediti berishning yangi tartibiga binoan, xususiy pudrat tashkilotlarini rivoj lantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab- quwatlashning aniq mexanizmlarini joriy etish talab etiladi. Bu masala bo‘yicha barcha viloyat, tuman va shahar hokimlarining mas’uliyatini oshirish zarurligini alohida ta’kidlamoqchiman.
Issiqlik ta’minoti sohasida joriy yil Toshkent shahrida, 2022-yilga qadar Namangan, Jizzax, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish zarur.
Barchamiz bir fikmi chuqur tushunib olishimiz kerak: biz о z oldimizga qo‘ygan ana shunday ustuvor vazifalar — juda murakkab va haqiqatan ham ulkan manalardir.
Shu bilan birga, vaqt o‘tgani sayin dunyo ham о zgarmoqda, odamlarimizning yaxshi yashashga bo Igan talablari ham ortib bormoqda. Endi kechagi natija bilan xalqimizni rozi qila olmaymiz.
Bugungi kun har kuni izlanish, yangilik yaratishni talab etmoqda. Faqat ana shunday talablar asosida ish olib borib, xalqimizning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin.
Vazirlar Mahkamasi ushbu vazifalar ijrosini to‘la ta’minlash uchun ish uslubini tubdan takomillashtirishi, o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi kerak.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə